316
buyrak usti bezi adenomasi); jigar, buyrak, oʼpkaning surunkali kasalliklari, qon
aylanishining oʼtkir va surunkali buzilishlari.
Meʼda va 12-barmoqli ichakda yara defekti hosil boʼlishiga agressiya omillari
(xlorid kislota, pepsin, motorika buzilishlari, shilliq parda shikastlari, ovqatlanish
omillari va tashqi muhit taʼsirlari) va himoya omillari (shilliq parda rezistentligi,
ishqoriy sekretsiya, antroduodenal kislota «tormozi», ovqat xarakteri va boshqalar
oʼrtasidagi dinamik muvozanatning buzilishi imkon beradi.
Yara kasalligi paydo boʼlish mexanizmining
murakkabligi hisobiga
olinadigan boʼlsa, qonservativ davolashning ham, operatsiya usulini tanlashning
ham qiyinligi oʼz-oʼzidan ravshan boʼladi.
Patologik anatomiyasi. Meʼda va 12-barmoqli ichak shilliq pardasi va
birmuncha chuqur joylashgan devorlarining defekti (nuqsoni) yara deyiladi, uning
oʼlchamlari va chuqurligi har xil boʼlishi - yuza yaradan (shilliq parda
chegarasida), to uning hamma qatlamlarini qamrab oladigan chuqur (perforativ va
penentratsiya qiladigan) yaralargacha,
bir necha millimetrdan, to «gigant»
yaralargacha(3-5 sm va undan katta) boʼladi. Meʼda yaralari asosan kichik
egrilikda, kamroq- tanasida va katta egriligida, 12-barmoqli ichakda - uning
piyozcha qismida, kamroq- postbulbar qismida joylashadi. Yara bitgandan keyin
meʼda piyozcha qismi shaklini buzadigan chandiq qoldiradi, baʼzan chiqish qismi
torayishiga - stenoziga olib keladi.
12-barmoqli ichakning yara kasalligi odatda navqiron va oʼrta yoshda
boshlanadi, biroq 60 dan oshgan odamlarda paydo boʼlishi
ham mumkin
(«kechikkan» yaralar). Kechishining davriyligi, mavsumiy (bahor-kuzda) qoʼzishi,
kunduzgi maromi, tungi ogʼriqlar va ovqat yeyilgandan keyin tinchiydigan och
ogʼriqlar, jigʼildon qaynashiga xos boʼladi. Ogʼriq maromi ifodalangan: ochlikda -
ogʼriq boshlanadi, ovqat yeyilganda - yengillashadi, ochlikda - yana ogʼriq
bosh¬lanadi. Bu «uch fazalilik» jarayonning yaqqol12- barmoqli ichakda
joylashganidan darak beradigan asosiy diagnostik-anamnestik belgi hisoblanadi.
Ogʼrik xarakteri, doimiyligi oʼzgarganda, orqa, yelka, kurakka oʼtganda yara
penentratsiyasihaqida oʼylash lozim.
317
Odatda jarayon qoʼzigan davrda paydo boʼladigan qusish bemorga birmuncha
yengillik beradi, u nordon, unda ovqat aralashmasi boʼlmasligi mumkin. Qusuqda
ovqat boʼlishi, ayniqsa qusishdan bir muncha oldin yoki qusish oldidan ovqat
yeyilgan boʼlsa, bu holda stenoz bilan bogʼlik boʼlgan
evakuatsiya buzilishi
toʼgʼrisida fikr yuritish mumkin.
Bemorlarning umumiy holati, odatda, kam oʼzgaradi yoki umuman
oʼzgarmaydi. Bemorda ozib ketish kuzatilmaydi, bu aksariyat bemorning ogʼriqni
yoʼqotish uchun ovqat yeb turishiga intilishi bilan bogʼlik boʼladi. Stenoz paydo
boʼlganda va ovqat oʼtkazuvchanlikning buzilishlarida ozib ketish qayd qilinadi,
xolos.
Duodenal yara diagnostikasida, umumiy qabul qilingan tekshirishlardan
tashqari, meʼda sekretsiyasini tekshirishga katta ahamiyat beriladi. Kislotalilikning
yuqoriligi (bu meʼdaning boshqa kasalliklarida ham uchrasada) bazal davrda ham,
gistamin va insulin bilan ragʼbatlantirishdan keyin ham 12-barmoqli
ichak yarasi
uchun xos.
Ragʼbatlantirilgan kislotalilik koʼrsatkichlarining yuqoriligi – gipersekretsiya
(soatiga 40 mmoldan yuqori) yara teshilishi (perforatsiya) yoki qon ketishi kabi
asoratlar boʼlishi mumkinligini koʼrsatadi, KBI (kislotaning bazal ishlanishi) ning
yuqori koʼrsatkichlari Zollinger - Elisson sindromiborligi mumkinligidan dalolat
beradi. Bu holda qondagi gastrin mikdorini tekshirish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: