309
1) chap meʼda arteriyasi sohasi; 2) taloq arteriyasi boʼylab oʼtgan limfatik
tomirlar; 3) jigar arteriyasi boʼylab joylashgan limfatik tugunlar.
Meʼdani
intramural nerv chigallari, adashgan nervlar va quyosh chigalidan
simpatik nervlar innervatsiya qiladi.
Meʼda funktsiyasini idora qilishda oldingi yoki orqa, baʼzan esa ham oldingi,
ham orqadagi qoʼshimcha tutamlar koʼrinishidagi adashgan nervlar, oʼng tutamdan
chiqadigan va qiziloʼngachning orqa chap yuzasi boʼylab meʼda tubiga
Gisburchagi sohasida boradigan Grassi qoʼshimcha tarmogʼi muhim ahamiyatga
ega. Bu qoʼshimcha tarmoqlar vagotomiyadan keyin yara kasalligining
qaytalanishida muhim rol oʼynaydi. Аdashgan nerv tutamlari
sekretor faoliyatini
boshqaradigan Latarje oldingi va orqa tarmogʼi bilan tugallanadi, uning oxirgi 2-4
tarmoqlari esa motor funktsiyasini boshqaradi. Oldingi va opqa Latarje tarmoqlari
orasida antral boʼlim sohasida ham, tanasi va hatto kardiya sohasida ham
kollaterallar boʼladi.
Meʼda sekretsiyasi butun hazm qilish davri mobaynida oʼzaro taʼsir qiladigan
neyrogumoral mexanizm bilan amalga oshiriladi. Аdashgan nervlar I faza deb
ataladigan neyrogen fazani taʼminlab beradi, u oʼrta
hisobda taxminan yarim soat
davom qiladi va sekretsiyaning goʼyo ish solish mexanizmi hisoblanadi. Аyni
vaqtda adashgan nervlar ovqatning meʼdadan 12-barmoqli ichak motorikasini va
evakuatsiyasini taʼminlab beradi. Oxirgi maʼlumotlarga koʼra ovqat yeyilgandan
keyin meʼdani boʼshashishi noandrenergik tormozlanish nerv tolalari tomonidan
amalga oshiriladi.
Meʼda sekretsiyasining (II faza) gumoral ragʼbatlantirishni 1905 yil Edkins
kashf etgan va 1964 yilda Gregori va Trasi sof
holda ajratib olgan gastrin
vositasida amalga oshiriladi. Gastrin meʼdaning antral boʼlimi shilliq pardasida
joylashgan hujayralar (ularning 90%gacha), 12- barmoqli va och ichaklarning
proksimal qismlarida, hatto meʼda osti bezidagi hujayralar tomonidan sintez
qilinadi.
Fiziologik
sharoitlarda
S-hujayralar
oqsili
ovqat,
peptonlar,
aminokislotalar, adashgan nerv kabilar bilan ragʼbatlantiriladi va endi uning oʼzi
310
ichki
omil ishlanishi, xlorid kislota, pepsin, meʼda osti bezi fermentlari
sekretsiyasini ragʼ-batlantiradi, meʼda va och ichak peristaltikasini kuchaytiradi.
Ichak fazasi (III faza) mexanizmi unchalik ravshan emas: ayrim mualliflar
ingichka ichakning yuqori boʼlimlarida meʼda sekretsiyasini ragʼbatlantiradigan
enterogastron hosil boʼladi deb hisoblasalar, boshqalari
ingichka ichakda oqsil
parchalanishida gistamin hosil boʼladi deb hisoblaydilar. Maʼlumki, ingichka ichak
sekretsiyani faqat qoʼzgʼatish taʼsiriga emas, balki tormozlash taʼsiriga ham ega.
Biroq, bu vagus innervatsiyasi saqlanib qolgan taqdirdagina shunday boʼladi.
Meʼdada 3 ta sekretor bezsimon sohalar farqlanadi:
1.
Kardial - ovqat luqmasi uchun qulay sharoit yaratadigan shilliq
ajratadi.
2.
Fundal bezlar, hujayralarning 4 turidan tashkil topgan: bosh hujayralar
pepsinogen ajratadi, parietal (yoki qoplama) hujayralar xlorid kislota va Kastl ichki
omilini ajratadi; qoʼshimcha hujayralar bufer xossalarga ega shilliq ishlab
chiqaradi; differentsiatsiyalanmagan hujayralar - ulardan qolgan hujayralar
rivojlanadi.
3.
Аntral bezlar hujayradan tashqari suyuqlik rN iga yaqin boʼlgan rN li
eriydigan shilliq, va gastrin gormoni ajratadi.
Meʼdaning silindrsimon epiteliy bilan qoplangan butun shilliq pardasi shilliq
pardani oʼz-oʼzini hazm qilishdan himoya qiladigan va uni parda koʼrinishida
bekitib turadigan asosiy vosita hisoblangan shilliq ajratadi.
12-barmoqli ichak shilliq pardasida endokrin hujayralar joylashadi: gastrin
ishlab
chiqaradigan S-hujayralar, S-hujayralar - sekretin, J – hu-jayralar -
pankreozimin.
Bir sutka ichida meʼdada 1 l gacha meʼda shirasi hosil boʼladi. Ovqatda xlorid
kislota, pepsinogendan hosil boʼladigan pepsin tomonidan xlorid kislota taʼsiri
ostida ishlov beriladi. Ovqatning 12-barmoqli ichakka portsiya-portsiya boʼlib
tushishini pilorus va meʼdaning antral boʼlimi funktsiyasi taʼminlab turadi.