Toshkent tibbiyot akademiyasi ergashev u. Y. Xirurgik kasalliklar



Download 7,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/202
Sana16.06.2022
Hajmi7,8 Mb.
#677996
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   202
Bog'liq
fayl 2066 20211105

Me’dаning yarа kаsаlligi 
Meʼda yarasining 3 turi farq qilinadi (Jonson, 1965):
I turi - meʼda kichik egriligi yaralari - meziogastral yaralar;
II turi - meʼda va 12-barmoqli ichakning koʼshma yaralari; 
III turi - prepilorik yaralar. Koʼpincha (60% hollarda) I tipga oid yaralar va 
20% da II va III tiplarga oid yaralar uchraydi. 
Meʼda yaralarining kelib chiqish sabablari xilma-xil. Bosh sababchilaridan 
biri meʼdadan passajni buzilishi natijasida roʼy beradigan duodenogastral reflyuks, 
piloroduodenal segment motorikasi buzilishi, pilorusdagi yetishmovchilik 


318 
hisoblanadi. 12-barmoqli ichak ichidagi moddalar (lizoletsitin, oʼt kislotalari) 
meʼda shilliq pardasi himoya barerini buzadi, vodorod ionlarining jadal teskari 
diffuziyasi esa shilliq pardaning bevosita jarohatiga, atrofik gastrit boshlanishiga 
olib keladi. Mikro- va makrotsirkulyatsiya buzilishlari, shilliq parda ostidagi qavat 
chigali boʼlmasligi, kichik egrilik sohasidagi shilliq parda tomirlarining tugallanish 
xarakteri meʼda yarasining eng koʼp joylasha-digan joyini izohlab beradi. Meʼda 
yaralarida xlorid kislota miqdorining past koʼrsatkichlari vodorod ionlarining 
teskari diffuzlani-shi, qoplama hujayralar massasi kamayib ketgan atrofik gastrit 
bilan tushuntiriladi. 
Meʼda va 12-barmoqli ichakning qoʼshma yaralari birlamchi duodenal yara, 
pilorostenoz va evakuatsiya bu¬zilishlari natijasida antral staz roʼy berishi bilan 
bogʼlik, bu antral boʼlimning choʼzilishiga, gastrin ajralib chiqishiga, 
gipersekretsiyaga va keyinroq, meʼda yarasi hosil boʼlishiga olib keladi. 
Prepilorik yaralar (III turi) paydo boʼlishining patogenetik mexanizmlari 12-
barmoqli ichak yaralari¬ning paydo boʼlishiga oʼxshashdir. 
Meʼda yara kasalligining klinik manzarasi koʼp jihatdan yara joylashgan 
joyga, dastlabki umumiy statusga, yoshga, asoratlar paydo boʼlishiga bogʼliq. 
Kardial ogʼriqlar xanjarsimon oʼsiq sohasidagi ogʼriq bilan kechadi, u bel 
sohasiga, chap yelkaga, yurak sohasiga oʼtadi, shu sababli bu ogʼriqni 
stenokardiyadagi ogʼriq deb oʼylaydilar. Ogʼriq ovqat yeyish bilan bogʼlik boʼladi, 
ovqat yeyishdan 20-30 minut oʼtishi bilan paydo boʼladi. 
Mediagastral yaralar aksariyat 40 dan oshgan kishilarda paydo boʼladi. Аsosiy 
belgisi - ovqat yeyilgandankeyin 30-60 minut oʼtgandan keyin ogʼriq paydo 
boʼlishidir. Ogʼriq paydo boʼlish muddatining yaraning joylashuviga bevosita 
bogʼliqligi qayd qilinadi. Ogʼriq odatda 1-1,5 soat, yaʼni ovqat meʼdadan chiqib 
ketguncha davom qiladi. Ogʼriq xarakteri, paydo boʼlish muddati, kuchi va 
davomliligi ovqatga, uning miqdoriga, sifatiga bogʼliq, keyinchalik esa ogʼriq 
ovqat xarakteridan qatʼi nazar, har gal ovqat yeyilgandan keyin paydo boʼladi. 
12-barmoqli ichakning yara kasalligidan farqli ravishda meʼda yaralaridagi 
ogʼriqlar «ikki fazali» boʼladi: ovqat - ogʼriq, tinch sharoit - yengillashuv. 


319 
Katta egrilikdagi yaralar kam uchraydi, koʼpincha xavfli boʼladi, charviga, 
yoʼgʼon ichakka, taloq va jigarning chap boʼlagiga oʼtadi. 
Pilorus yaralari (IIIturi) klinik jihatdan 12-barmoqli ichak yaralariga 
oʼxshash, biroq malignizatsiyalanishga moyil (2-3% hollarda). 
Yoshi ulgʼaygan va keksa odamlarda yaralaraturik, koʼpincha asoratlar 
rivojlanishi bilan oʼtadi. 60 yoshdagi bemorlarda paydo boʼlgan yaralar «eski», bu 
yoshdan keyin paydo boʼlgan yaralar «kechikkan» yaralar deyiladi. Meʼda yaralari 
uchun «qarilik» yaralari xos, ular oʼtkir boshla-nadi, yassi, yirik boʼladi, yaradan 
qon ketishiga moyil boʼladi, ularning sababi - atrofik jarayon, tomir patologiyasi.
Meʼda va 12-barmoqli ichakning yara kasalligi simptomatikasi keksa 
kishilarda kam ifodalangan - kuchli ogʼriq, boʼlmaydi (diametri 3 sm dan katta 
«gigant» yaralardan tashqari), sikllilik, mavsumiylik yoʼq, kamqonlik, ozib ketish 
ifodalangan. 12- barmoqli ichak¬ning «kechikkan» va «eski» yaralarida meʼda 
shirasi kislotaliligining koʼrsatkichlari saqlanib qolgan yoki hatto yuqori 
raqamlarda boʼladi. 
Oʼsmirlarda yara kasalligi ogʼriq, qusish, duodenal yaraning bir yoki bir 
necha asoratlari rivojlanishi: yara teshilishi, penetratsiya, stenoz, qon ketishi 
holatlari kuzatiladi. 

Download 7,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish