Toshkent tibbiyot akademiyasi ergashev u. Y. Xirurgik kasalliklar



Download 7,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/202
Sana16.06.2022
Hajmi7,8 Mb.
#677996
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   202
Bog'liq
fayl 2066 20211105

Diagnostik tekshirish usullari. 
Meʼda shirasi analizi. Tekshiruv nahorda 
oʼtkaziladi. Meʼda ingichka zond bilan zondlanadi va yigʼilgan suyuq¬lik 
aspiratsiya qilinadi. Soʼngra 1 soat mobaynida suyuqlikni doimiy aspiratsiya qilib, 
kislotaning 
bazal 
ishla¬nishi 
tekshiriladi. 
Kislotaning 
bazalishlanishi 
koʼrsatkichlari boʼyicha vagus tonusi va uning sekretor apparatga taʼsiri toʼgʼrisida 
bilvosita xulosa chiqarish mumkin. 
Maksimal gistamin (pentagastrin) testi — sekretsiyani oʼrganishning eng 
ahamiyatli usullari: meʼda shirasining ajralishi boʼyicha shilliq parda 
patomorfologiyasi holatiga baho berish mumkin. Gistaminning qoʼshimcha taʼsiri 
boʼlishi mumkinligini hisobga olib, oldindan antigistamin preparatlar yuboriladi. 
Meʼda suyuqligi 1 soat ichida (0,024 mg/kg dozada gistamin yuborilgandan keyin 
30 minut oʼtgach) aspiratsiya qilinadi. Sekretsiya hajmi, umumiy kislotalik va ozod 
xlorid kislota titrlash birliklarida, xlorid kislota debiti mmol/soat hisobida quyidagi 
formula boʼyicha aniqlanadi: 
NS1 debiti = meʼda shirasi hajmi(ml)x NS1 titr birligi 
1000 
Maksimal gistamin (pentagastrin) testlarining quyidagi normatavlari farq 
qilinadi: soatlik ajralishi – soatiga 180 - 220 ml; kislotaning bazalishlanishi –
soatiga 18 - 20 mmol; yoshi ulgʼaygan va keksa odamlar uchun ular birmuncha 
past - soatiga 15 - 20 mmol. Normada bazal sekretsiya koʼrsatkichlari: soatlik 
ajralishi - soatiga 50 - 100 ml; kislotaning bazal ishlanishi - soatiga 4,5— 5,5 
mmol. 
Meʼda yarasida sekretsiya koʼrsatkichlari normotsid yoki gipoatsid, 12- 
barmoqli ichak yarasida - giperatsid (soatiga 40 - 45 mmolgacha), sekretsiyaning 
birmuncha yuqori koʼrsatkichlarida (gipersekretorlar) Zollinger - Ellison sindromi 
boʼlishi mumkinligi hakida oʼylash lozim (bunday hollarda zardob gastrinini 
oʼrganish zarur). 
Xollander insulin testini qoʼllanishda 10 kg tana ogʼirligiga 2 TB hisobidan 
venaga insulin yuboriladi, unda meʼda shirasini 2 soat ichida yigʼiladi (har 15 
minutda 8 portsiya). Test qondagi qand miqdorini nazorat qilgan holda oʼtkaziladi. 


312 
Bu testni qoʼllanish adashgan nervning meʼda sekretsiyasiga taʼsirini tadqiq qilish 
imkoniniberadi. Biroq, u Key testiga qaraganda kam maʼlumotberadi, uni hozirgi 
vaqtda ham qoʼllaniladi. Yoshi ulgʼaygan va keksa odamlarda meʼda sekretsiyasini 
tekirishda Key testi bilan chegaralanish lozim (122-rasm). 
122-rasm. 
Radiotelemetriya va pH-metriya. Birinchi usulda meʼdaga pH muhiti 
oʼzgarishini qayd qiladigan mitti kapsula - radiouzatgich oʼrnatiladi, u maʼlumotni 
qabul qilib qayd etadigan moslamaga uzatadi va lentaga egri chiziq koʼrinishida 
yoziladi. 
Bernar zondi (1968) bilan pH ni intragastral aniqlash usuli ham bor. Bu usul 
bemorlar uchun ogʼirroq boʼlsada, biroq pH ni tanada ham, antral boʼlimda ham 
birdaniga aniqlashga imkon beradi. 
Аspiratsion usul bilan meʼda shirasida pH ni aniqlash oʼrtasidagi muhim farq 
shundaki, birinchi holda NS1 tekshiriladi, ikkinchisining yordamida esa pH ning 
haqiqiy qiymatlari bevosita meʼda devorida uning turli boʼlimlarida bir vaqtning 
oʼzida aniqlanadi. Bu usullar bir-biriga raqobatchi emas, balki biri ikkinchisini 
toʼldiradi. Yoshi ulg’aygan va keksa odamlarda, shuningdek ogʼir yotgan va 
zaiflashgan bemorlarda bu usullardan bittasini qoʼllash mumkin. 


313 
Meʼda va 12-barmoqli ichakning yara kasalligi patologiyasidagi rejali va 
shoshilinch xirurgiyada tekshirishning rentgenologik usullariga - obzor 
rentgenografiya (ozod gaz borligini aniqlashda yara teshilganiga shubha boʼlganda 
yoki yara perforatsiyasida), pnevmogastrografiyaga (shubhali hollarda meʼdaga 
2—3 l gaz insuflyatsiya qilinib takror rentgenografiyada) katta ahamiyat beriladi. 
Meʼda va 12-barmoqli ichakni kontrast rentgenologik tekshirish nahorda 
oʼtkaziladi. Bunda bariy sulfat qabul qilishdan oldin meʼdada evakuatsiya yoki 
gipersekre¬tsiya buzilishlari sodir boʼlganidan dalolat beradigan talay mikdordagi 
suyuqlikni aniqlash mumkin, uni zond bilan chiqarish kerak. Ozroq mikdordagi 
bariy aralashmasi qabul qilingandan soʼng shilliq parda relefi aniqlana¬di, soʼngra 
“tigʼiz”toʼldirishda shakli, joylashishi, katta-kichikligi, konturlari, soʼriluvchanligi, 
boʼshalishning borishi va boshlanish muddatlari, patologik oʼzgarishlar (toʼlish 
nuqsonlari, «tokcha» simptomi), gaz pufagi holati, uning deformatsiyasi, ogʼriq 
nuqtalari aniqlanadi. Dina-mik, flyuorografik, kinematografik tekshiruv elektron-
optik oʼzgartirgichdan foydalanib olib borilganda meʼda motorikasini, uning turli 
boʼlimlarini va evakuatsiya muddatlarini qayd qilish mumkin. 
Qator hollarda ikki va uch marta kontrastlashdan foydalaniladi. Ikki marta 
kontrastlash ikkita variantda qoʼllanilishi mumkin:
1) meʼdaga kontrast aralashma va gaz kiritish;
2) meʼdaga gaz kiritish va pnevmoperitoneum holatida bilan tomografiya 
oʼtkazish. 
Uch marta kontrastlash - bu meʼdaga gaz kiritish, pnevmoperitoneum va 
kontrast aralashma ichirishdan iborat (123-rasm). 
Duodenografiya 12-barmoqli ichak holatini batafsil oʼrganish uchun (asosan 
pankreatobiliar sohasi holatini va jarayonini oʼrganish uchun) oʼtkaziladi.
Gastroduodenofibroskopiya — meʼda va 12-barmoqli ichak tomonidan 
patologiyani aniqlashning eng koʼp maʼlumot beradigan usuli boʼlib, fibrotolali 
optika yorda¬mida oʼtkaziladi. Ertalab nahorda bajariladi, biroq shoshilinch 
hollarda zarurat boʼlganda sutkaning har kanday vaqtida meʼda boʼshalishidan 
soʼng oʼtkazilishi ham mumkin.


314 
123-rasm. Oshqozon kontrast rentgenografiyasi. 
Tekshirishning bu zamonaviy turlari yordamida shilliq pardada boʼlgan har 
qanday arzimagan oʼzgarishlar: eroziya, yirtilish, yara, boshlangʼich bosqichdagi 
oʼsmalar aniqla-nadi, biopsiya qilish imkoniyati borligi xavfli oʼsmalar va meʼda 
yarasini differentsial diagnostika qilishda bu usulning nihoyatda qimmatli 
ekanligini koʼrsatadi. Bu usul operatsiya qilingan meʼda shilliq pardasi, choklar, 
ingichka ichak holati toʼgʼrisida yetarlicha aniq tasavvur beradi. Bu usul meʼdada 
kam shikastlaydigan alterna¬tiv operatsiyalar qilishga, operatsiyadan keyingi erta 
davrda davo tadbirlari (qon ketishini toʼxtatish, toʼsiq, sohasiga zondlar kiritish va 
boshqalar) oʼtkazishga imkon beradi. 


315 
Laparoskopiya shubhali hollarda yara perforatsiyasini qorin boʼshligʼining 
boshqa aʼzolari patologiyasidan differentsiatsiya qiladi, xavfli jarayonning 
tarqalganligini aniqlab beradi, biopsiya olishga imkon beradi. 

Download 7,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish