343
Ras.135
Mexanik sariqlikda teri qoplami sarg’imtir-yashil bo’ladi, o’t yo’llarini
bekitib qo’yadigan o’smalarda esa yersimon rangda bo’ladi. O’t-tosh kasalligiga
bog’liq obturatsion sariqlikda kasallik boshlanayotganda jigar sanchig’iga o’xshash
o’ziga xos xurujsimon og’riqlar paydo bo’ladi, ba’zan sariqlik o’tkir xoletsistit
zamirida vujudga keladi.
136-rasm. A- jigardan tashqari o’t yo’li atreziyasi. B- o’t yo’li kistasi
Pankreatoduodenal soha o’smalarida sariqlik og’riq
sezgilarisiz paydo
bo’ladi.
Teri qichimasi, ayniqsa bilirubin darajasi baland bo’lganda kuchli bo’ladi.
344
Pankreatoduodenal sohasida o’smalari bo’lgan bemorlarning yarmida Kurvuaz’ye
simptomining musbatligi aniqlanadi. Axlat oqchil rangli, o’t yo’llari butunlay
yopilsa axolik bo’ladi. Siydik to’q, rangli. Bevosita va bilvosita bilirubin
konsentratsiyasi, ayniqsa pankreatoduodenal sohaning obturatsion o’smalarida
keskin oshgan bo’ladi.
Sariqlikning biror turining klinik kechish xususiyatlari sariqlikni qo’zg’atgan
kasallik xarakteriga bog’liq. Bu hol sariqlik turlarini
differensial diagnostika
qilishda qo’shimcha qiyinchiliklar tug’diradi. Sariqlikni diagnostika qilishning
yuqorida ko’rsatib o’tilgan klinik va laboratoriya usullaridan tashqari, sariqlikning
har xil turlarini differensial diagnostikasi uchun zarur va qimmatli axborot olishga
imkon beradigan rentgenologik, endoskopik, radiologik, ul’tratovush
bilan
tekshirish usullariga katta o’rin beriladi.
Mexanik sariqlik butun gepatobiliar sistemadagi o’zgarishlar va
organizmning bir qator umumiy og’ir buzilishlari bilan o’tadi, bemorlar holatining
og’irligi sariqlik darajasi va davomliligiga proporsional ravishda ortadi, bu qator
yangi patologik holatlar paydo bo’lishiga olib keladi, shu sababli davolash natijasi
yomonlashadi va o’lim darajasi ko’payadi. Jigar funksional holatining
dekompensatsiyasi nisbatan tez o’tkir jigar yetishmovchiligi
avj olishiga olib
keladi. I. M. Matyashin ma’lumotlariga binoan o’t yo’llari obturatsiyasidan 10-14
kun o’tgach jigar funksiyasi shu qadar buziladiki, xirurgik operatsiya qilish g’oyat
xatarli bo’lib qoladi va yuqori o’lim darajasi bilan o’tadi.
Mexanik sariqlikni davolashda dekompressiv aralashuvning muddatlari va
turlari, profilaktika qilish yo’llari va operatsiyadan keyin jigar yetishmovchiligini
davolash muhim masala hisoblanadi. Operatsiya o’t pufagi gipertenziyasini
davolashning eng ta’sirchan chorasi hisoblanadi Biroq narkoz,
operatsion jarohat
jigar yetishmovchiligi rivojlanishi va klinik ifodalangan formaga o’tishi sababli
bemorlarning ahvolini qiyinlashtiradi. Ko’rsatib o’tilgan jihatlar xirurglarni
mexanik sariqlik bilan og’rigan bemorlarda radikal operatsiyalarni 2 bosqichda
o’tqazish kerak degan fikrga olib keladi: birinchi bosqichda jigar funksional
holatini va bemorlarning umumiy ahvolini yaxshilaydigan operatsiya, ikkinchisida
345
radikal
operatsiya
qilish
taklif
etiladi.
Hozirgi
vaqtda
laparoskopik
xoletsistostomiya, o’t yo’llarini
nazobiliar drenajlash, endoskopik transduodenal
papillotomiya kabi ehtiyot qiladigan usullar qo’llaniladi (Ras. 137).
137-rasm. 1-Ichki transduodenal xoledoxaduodenostomiya. 2- Transduodenal
papillasfinkterotomiya va papillosfinkteroplasyika.
Teri orqali jigar orqali xolangiostomiya sariqlik, xolangit hodisalarini
kamaytirish yoki tugatish, antibiotiklarni tanlash va maxalliy antibakterial davolash
uchun o’tni ekish, xayfli o’smalarni ximiyaviy preparatlar bilan davolash imkonini
beradi. Undan operatsiyani ko’tara olmaydigan bemorlarda o’t chiqaruvchi
yo’llarni tashqi yoki ichki drenajlashning doimiy usuli
sifatida foydalanilishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: