Toshkent tibbiyot akademiyasi ergashev u. Y. Xirurgik kasalliklar



Download 7,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/202
Sana16.06.2022
Hajmi7,8 Mb.
#677996
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   202
Bog'liq
fayl 2066 20211105

Klinikasi.
Kasallik aksariyat toʼsh osti soxasida va chap qovurgʼalar ostida 
ogʼirlik sezgisi va oz-moz ogʼriq, kekirish, qorinning oʼrta darajada dam boʼlishi 
koʼrinishidagi dispeptik buzilishlar bilan xarakterlanadigan qisqa prodromal 
davrdan (60-70%) keyin boshlanadi. 


349 
Ogʼriq oʼtkir pankreatitning asosiy va doimiy simptom xisoblanadi. Ogʼriq 
toʼsatdan paydo boʼladi. Oʼz xarakteriga koʼra ogʼriq juda kuchli, simillagan, 
doimiy, kamroq vaqt vaqtida tutadi. Ogʼriq shu qadar qattik boʼladiki, bemorla 
baʼzan xushdan ketadi. Ogʼriq oʼng va chap qovurgʼalar ostijoylashuvi mumkin
aksariyat gʼir oʼrab oladi va orqa yelkalar ustiga, toʼsh suyagi orqasiga oʼtadi, buni 
yanglishib baʼzan miokard infarkti deb xisoblaydilar. 85% hollarda bemor qusadi 
(ogʼir xollarda qusuq massalariga qon aralashgan boʼladi), qorin shishib chiqadi va 
ich kelish xamda yel chiqishi tutiladi. 
Gavda vaziyati koʼpincha majburiy. Bemorlar koʼpi yarim egilgan holatda 
boʼladilar. Tana harorati normal, subnormal. Tananing yuqori harorati va isitma 
rivojlanib borayotgan yalligʼlanish asoratlari uchun xos. 
Teri va shillik, pardalarning ranggi oqargan, sianotik tusli, bu ogʼir 
intoksikatsiyadan dalolat beradi. Аksariyat sariqlik kuzatilib, bu oʼt oqib 
ketishining buzilish va jigardagi ogʼir toksik zararlanishlardan boʼladi. 
Til quruq, gungurt-kulrang qarash bilan qoplangan. qorin bir tekis koʼtarilgan, 
mushak himoyasi kuchsiz, qorinning yon boʼlimlarida va kindikda sianoz - Grey-
Turner simptomi va Kullen simptomi qayd qilinadi. 
Oʼtkir pankreatit uchun epigastral sohada va chap kovurgʼalar ostida ogʼriq 
boʼlishi obʼektiv simptom xisoblanadi, u koʼpincha oldingi qorin devori 
mushaklarinii taranglashmasligi bilan oʼtadi. Voskresenskiy simptom (epigastral 
soxada qorin aortasida pulsatsiya yoʼqolishi bemorlarning uchdan bir qismida, 
vaholanki Meyo-Robson simptomi (chap qovurgʼa-umurtqa boʼrchagida ogʼriq) 
ularning yarmidan koʼpida Аniqlanadi. Koʼpincha Shotkin-Blyumberg kuchsiz 
musbat simptomi, peristaltik shovkinlarning susayishi kuzatiladi. Perkussiyada 
qorin boʼshligʼida ozod suyuqlik aniqlanishi ehtimol. 
Kasallik boshlanishida bradikardiya boʼlib, tezda taxikardiya bilan 
almashinadi. Kasallikning ogʼir formalari uchun tez ipsimon puls xos. Аrterial 
bosim koʼpgina bemorlarda pasaygan. 
Parenximatoz organlarda distrofik oʼzgarishlar rivojlanadi, ularning 
funktsional 
holati 
buziladi. 
Bu 
uzgarishlarni 
asosan 
giperenzimemiya, 


350 
mikrotsirkulyator buzilishlar va intoksikatsiya tashkil etadi. Buyrak funktsiyasi 
ayniqsa qattik boʼziladi (10-20% bemorlarda) diurez anuriyagacha va oʼtkir buyrak 
yetishmovchiligi rivojlanguncha kamayib ketadi. 
Laboratoriya tekshiruvlarida oʼtkir pankreatit proteolitik fermentlar 
koʼrsatkichining oshishi (amilaza, tripsin, lipaza, transaminaza) xarakterli 
xisoblanadi. Oʼtkir pankreatitda qonda va siydikda diastaza miqdori xamavakt 
oshavermaydi. Аmilaza miqdori birdaniga oshishi (512-1024 TB dan ortiq) 
pankreatitdan dalolat beradi, biroq amilaza darajasining normalligi bu kasallikni 
istisno qilmaydi. Bez katta oʼzgarishlarga uchraganda qonda va siydikda diastaza 
miqdori sezilarli oʼzgarmaydi yoki xatto pasayadi. 
Tripsin miqdori ancha oshishi xam oʼtkir pankreatit uchun patognomonikdir. 
Tripsin va uning ingibitorlari miqdori erta oshadi, lipaza kontsentratsiyasi oshishi 
birmuncha kech muddatlarda (kasallik boshlanishining 3-4-sutkalarida) sodir 
boʼladi. 
Giperglikemiya va glyukozuriya patologik jarayonga bez orolsimon 
apparatining tortilishi toʼgʼrisida dalolat beradi. Gipokaltsiemiya oʼtkir 
pankreatitning destruktiv formalari uchun patognomonik boʼladi. U odatda 
kasallikning 4- va 10-kunlari orasida, yaʼni yogʼ nekrozlari eng rivojlangan davrda 
paydo boʼladi. Kaltsiyning 4 mkvql dan pasayib ketishi prognoz jihatidan yomon 
belgi xisoblanadi. 
Siydikda, meʼda osti bezi fermentlari miqdori oshishidan tashqari, oqsil, 
eritrotsitlar, silindrlar paydo boʼladi. Ogʼir xollarda buyrakning toksik-infektsion 
zararlanishi oʼtkir buyrak yetishmovchiligiga olib keladi, bu oliguriya yoki 
anuriya, qonda azotli shlaklar yigʼilishida yuzaga chiqadi. 
Meʼda osti bezi toʼqima fermentlarini tekshirish muayyan diagnostik 
axamiyatga ega. Elastaza fermenta aktivligi odatda Keller va Mandl boʼyicha 
(1971), transaminaza aktivligi esa Bregmayer boʼyicha (1970) aniqlanadi. 
Kasallikning xamma formalarida bu fermentlarning aktivlik darajasi nisbatan 
yuqori boʼlishi aniqlangan. Sogʼlom odamlar qonida elastaza va transaminaza 
aktivligi aniqlanmaydi. Oʼtkir pankreatitli bemorlarda qonda elastaza aktivligi 


351 
minutiga 4,3 dan 5 l mkmol/min atrofida boʼladi. Transaminaza aktivligi 2,29 dan 
4,29 mk mol/min gacha oʼzgarib turadi. 
Qon zardobida toʼqima fermentlari paydo boʼlishi meʼda osti bezi xujayralari 
destruktsiyasidan dalolat beradi va bir nomdagi patobioximiyaviy sindrom 
tushunchasini tashkil qiladi. 
Oʼtkir pankreatitning asosiy asoratlari: erta asoratlari - shok va oʼtkir yurak 
yetishmovchiligi, peritonit; bir muncha kech asoratlari - meʼda osti bezi abstsessi, 
qorin pardasi orqasidagi kletchatka flegmonasi, diafragma osti, ichaklararo, charvi 
xaltasi, arrozion qon ketishlar, nekrozga uchragan toʼqima koʼchishi, oʼtkir buyrak 
yetishmovchiligi, keyinchalik meʼda osti bezining soxta kistalari va oqmalari, 
ichak oqmalari, qandli diabet kabilar paydo boʼlishi extimol. 

Download 7,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish