Toshkent tibbiyot akademiyasi ergashev u. Y. Xirurgik kasalliklar



Download 7,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/202
Sana16.06.2022
Hajmi7,8 Mb.
#677996
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   202
Bog'liq
fayl 2066 20211105

Differensial diagnostikasi.
Taxminan 85% hollarda qorin bo’shlig’ining 
birorta a’zosidagi patomorfologik o’zgarishlar belgilari bilan parallel holda 
rivojlanadi va tashxis qo’yishni osonlashtiradi. Biroq, o’tkir xirurgik 
kasalliklarning taxminan 15% hollarda mahalliy belgilar noaniq xarakterda bo’ladi, 
ba’zida umumiy belgilar ham noaniq bo’lishi mumkin. Bunday hollarda og’riq 
xuruji xarakteriga alohida etibor berish kerak. O’tkir xirurgik kasalliklarda og’riq 
cho’qqisi, me’da-ichak yo’li faoliyati buzilishlariga qaraganda, bir muncha 
yaqqolroq namoyon bo’ladi. Ikkinchi muhim differensial belgi dispeptik 
belgilarning kanday tabiatga ega ekanligi hisoblanadi. Destruksiya bo’lmaganda 
anamnezdagi qayt qilish kamdan kam bo’ladigan hodisa hisoblanadi, vaholanki. 


383 
destruksiya bo’lganda dispeptik belgilar kasallikni yetakchi belgilari bo’lib 
ahisoblanadi. Shetkin-Blyumberg belgisi muhim belgi hisoblanadi, uning musbat 
bo’lishi, destruktiv jarayonga qorin pardasining aloqadorligi haqida dalolat beradi.
Peritonitning toksik va terminal bosqichida differensial diagnoz, odatda, 
jiddiy qiyinchiliklar tug’dirmaydi, biroq xuddi shu bosqichlarda peritonitni 
davolash ko’pincha kam foydali bo’ladi. Peritonitning boshlang’ich bosqichida 
aniqlash birmuncha qiyin bo’ladi, chunki uning klinik belgilari peritonit manbai 
bo’lgan (o’tkir appenditsit, o’tkir xoletsistit yoki b.) kasallik belgilaridan kam farq 
qiladi.
O’tkir pankreatitda peritonit uchun xos qator belgilarni aniqlash mumkin. 
Ayni vaqtda pankreatitda to’xtamaydigan qayt qilish ta’sirida, qorin old devori 
mushaklari taranglashuvi yaqqol namoyon bo’lmasligi mumkin. Qorin pardasining 
alohida ta’sirlanish belgilari yo’q, kasallik boshlanishida harorat normalligicha 
qoladi. Qon va siydik tahlilida diastaza fermenti miqdorini oshganligi aniqlanadi.
O’tkir mexanik ichak tutilishi klinik jihatdan peritonitdan faqat boshlang’ich 
davrlarida farq qiladi, keyinchalik to’g’ri muolaja bo’lmaganda, ichak 
perforatsiyasi rivojlanadi va ichak tutilishi belgilariga peritonit ham qo’shiladi. 
Agar o’tkir ichak tutilishining boshlang’ich davrida og’riqlar kuchli (xurujsimon) 
xususiyatga ega bo’lsa, peritonit uchun doimiy og’riqlar xos bo’ladi. Ichak tutilib 
qolganda peristal’tika avvaliga keskin kuchaygan, hattoki ba’zan ko’zga ilg’ab 
olinadigan darajada peristal’tika aniqlanadi. Peritonitda ham rentgenologik 
tekshiruvda, ichak tutilishiga xos belgi - Kloyber “kosachalari”ni aniqlash 
mumkin.
Jigar sanchig’i uchun o’ng qovurg’alar ostida, o’ng kurak osti yoki o’ng yelka 
ustiga irradiatsiya beradigan (o’tadigan) xurujsimon og’riqlar, tarkibiga o’t 
aralashgan oz miqdorda me’da suyuqligini qayt qilish xos bo’ladi. O’ng 
qovurg’alar ostida mushak taranglashuvi ba’zan yaqqol emas, qorin pardasining 
ta’sirlanish belgilari bo’lmaydi. Issiq tutish va muolaja jigar sanchig’i xurujini 
tezda yuqotadi. 


384 
O’tkir xoletsistit va peritonit o’rtasida differensial diagnoz o’tkazish ancha 
qiyin kechadi. O’tkir flegmonoz xoletsistitda maxalliy peritonit uchun xos belgilar: 
doimiy og’riqlar, mushaklar taranglashuvi, qorin pardasi ta’sirlanish belgilari
ichak peristal’tikasi aktivligining pasayishi, gipertermiya, leykotsitozni aniqlash 
mumkin. Bemorlarni soat sayin qunt bilan kuzatish, yallig’lanish jarayoni 
ob’yektiv belgilarini – harorat, pul’s tezligi, arterial bosim darajasi, leykotsitozni 
bemor shikoyatlaridagi o’zgarishlarni va ob’yektiv tekshirish ma’lumotlarini 
hisobga olgan xolda, bir necha marta aniqlash vrachga o’t qopchasidagi o’tkir 
jarayonining kechish bosqichini bilib olish, samarali davo o’tkazish va keyingi 
muolajani qanday olib borishga yordam beradi.
Me’da va 12 barmoqli ichak yarasi kasalligi xurujida, ayniqsa yirik kallez 
yoki yoyilgan yaralarda yallig’lanish jarayoniga qorin pardasi qo’shilganda, 
qorinda doimiy kuchli og’riklar, mushaklar taranglashishi, ba’zan musbat 
Shchetkin-Blyumberg belgisini ko’rish mumkin. Ayni vaqtda peritonitdan farqli 
ravishda ovqatdan so’ng og’riqlarning bir oz kamayishi, peristal’tikaning 
yuqolmaganini aniqlash mumkin. Tana harorati normalligicha qoladi, taxikardiya 
xos bo’lmay, bemorning tili nam, qon formulasidagi o’zgarishlar odatda kam 
bo’ladi.
Buyrak sanchig’i qorinda og’riq sezgilari, uning dam bo’lishi, ich kelish va 
yel chiqishning tutilishi bilan o’tishi mumkin, bu peritonitda ham bo’ladi. Biroq 
og’riqlarning o’ziga xos joylashuvi (asosan bel sohasida), ularning xurujsimon 
tabiati va songa, jinsiy a’zolarga berilishi (irradiatsiyasi), og’riqlarning bemor tana 
vaziyatini o’zgartirishiga aloqador emasligi, bemorning bezovtaligi, gipertermiya, 
qorin pardasi ta’sirlanish belgilarining yuqligi, shuningdek siydik tahlilidagi 
o’zgarishlar (gematuriya, leykotsituriya), bu ikala kasallik o’rtasida aniq 
differensial diagnostik tafovut o’tkazishga imkon beradi.
Qorin bo’shlig’i a’zolarining kasalliklariga aloqador bo’lmagan ba’zi bir 
boshqa kasalliklar (bazal plevrit, pnevmoniya, miokard infarkti, qovurg’alarning 
ko’plab sinishi) peritonitga xos belgilar bilan o’tishi mumkin. Bunday hollarda 


385 
ko’krak bo’shlig’i a’zolarini qunt bilan instrumental tekshirish usullari va 
rentgenologik tekshiruvdan foydala- nish yordam beradi.
Keksa yoshdagi shaxslarda peritonitni diagnostika qilish jiddiy qiyinchiliklar 
tug’dirishi mumkin. Bunda ham anamnez yig’ish qiyin, organizm reaktivligini 
pasayib ketishi hisobiga og’riq sezgilari va kasallikning ba’zi ob’yektiv belgilari 
(mushak himoyasi, gipertermiya, leykotsitoz) pasayganligi sababli, kam yuzaga 
chiqishi mumkin.
Bolalarda peritonitni diagnostika qilishda bemor bilan o’zaro muloqat 
yo’qligi, kasallikning qimmatli anamnezini yig’ib bo’lmasligi, tashxis qo’yishni 
qiyinlashtiradi. Bolalarda peritonit ko’pincha yaqqol og’riq sezgilari, qorin 
mushaklarining keskin taranglashuvi, yuqori gipertermiya va leykotsitoz bilan 
giperergik reaksiya tipi bo’yicha kechishini unutmaslik lozim bo’ladi.
Diagnostika qilishda operatsiyadan keyingi peritonitlar alohida qiyinchilik 
tug’diradi, chunki bu dahshatli kasallik operatsiyadan keyingi davrni kechishini 
og’irlashtiradi. Mazkur holda, infeksiyaning asosiy manbai qorin bo’shlig’i 
a’zolari o’rtasida qo’yilgan anastomoz choklarining nobopligi (etishmovchiligi), 
qon yoki ekssudat yig’ilishi, keyin esa ularning yiringlashi hisobiga bo’lishi 
mumkin. Chunki operatsiya vaqtida aseptika qoidalariga qanchalik rioya 
qilinmasin, operatsiya maydoniga mikroblarning tushishini batamom oldini olib 
bo’ladi deb bo’lmaydi. Diagnostika qilishning qiyinligiga sabab shuki, 
operatsiyadan keyingi davrda organizm o’z himoya kuchlarini operatsiya 
jarohatiga javoban safarbar qilganidan, peritonit belgilari yaqqol namoyon 
bo’lmasligi mumkin.

Download 7,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish