Toshkent tibbiyot akademiyasi ergashev u. Y. Xirurgik kasalliklar



Download 7,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/202
Sana16.06.2022
Hajmi7,8 Mb.
#677996
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   202
Bog'liq
fayl 2066 20211105

XX. O’tkir peritonit 
 
O’tkir peritonit - visseral va pariyetal qorin pardalarining yallig’lanishi bo’lib, 
u inson organizmi kasallanishining og’ir umumiy va mahalliy belgilari bilan o’tadi, 
hamda qisqa vaqt ichida hayotiy muhim a’zolar va sistemalar faoliyatining 
birmuncha jiddiy, ortga qaytmas buzilishlariga olib keladi. Bu holat, qorin 
bo’shlig’i a’zolarining turli o’tkir kasalliklari va jarohatlarining eng og’ir 
asoratlaridan biri hisoblanadi. Qorin pardasi jarohatlanishlari odatda ikki turda: 
ochiq va yopiq bo’ladi. 
Ochiq jarohatlanishlar (kesib kiruvchi, teshib o’tuvchi jarohatlar), odatda 
ichki a’zolarning jarohati yoki yaralanishi bilan birga uchraydi, hamda bu holat 
shoshilinch xirurgik operatsiya (laparotomiya va qorin bo’shlig’i a’zolari 
reviziyasi) ni o’tkazish zaruratini taqazo etadi. Ochiq jarohatlarning klinik kechishi 
va belgilari, ichki a’zoga yetkazilgan jarohat turi va hajmiga bog’liq bo’ladi. 
Qorinning yopiq jarohatlarida, ko’pincha qorin pardasining jarohatlanishlari ichki 
a’zolarning shikastlanishi bilan birga uchraydi. Jarohatlanish turi va hajmiga ko’ra 
ichga qon ketishi, posttravmatik yoki postgemorragik shok, peritonit kabi belgilar 
majmuasi birinchi o’rinni egallaydi. Qorin bo’shlig’iga bakteriyalarning tushishi 
bilan bog’liq bo’lgan bakterial (mikrobli) peritonitlardan tashqari, qorin 
bo’shlig’iga, qorin pardasiga agresiv ta’sir ko’rsatadigan turli 
xil 
infeksiyalanmagan agentlar: qon, siydiq, o’t, pankreatik shira - tushishidan kelib 
chiqadigan aseptik (abakterial) peritonitlar farq qilinadi. 
Klassifikatsiyasi (B.D. Savchuk 1979 yil)
I. Mahalliy peritonit: 
1 Chegaralangan – qorin bo’lig’ining bitta yoki ikkitagacha anatomi 
sohalarida aniq chegaralangan yallig’lanish (yiringlash) jarayonining bo’lishidir. 
Bu abssess tushunchasiga to’g’ri keladiyu 
2 Chegaralanmagan – qorin bo’lig’ining bir yoki ikkitadan ko’p bo’lmagan 
anatomik sohalarini egallab, atrof to’qimalardan aniq chegara (kapsula) bilan 
ajralmagan holdagi yallig’lanish (yiringlash) jarayonidir. 


379 
II. Tarqalgan peritonit: 
1 Diffuz – qorin bo’shlig’ining ikkitadan beshtagacha anatomik sohalarini 
qamrab olgan yallig’lanish (yiringlash) jarayonidir. 
2 Tarqalgan peritonit – qorin bo’shlig’ining beshtadan ortiq anatomik 
sohalarini, ko’pincha esa butun qorin bo’shlig’ini egallagan yallig’lanish 
(yiringlash) jarayonidir. 
Rasm 1 Qorin bo’shlig’ining anatomik sohalari Qorin bo’shlig’iga 
yig’iladigan ekssudat xarakteriga ko’ra: seroz, seroz-yiringli, yiringli, fibrinoz-
yiringli, gemorragik, ixoroz, anaerob, siydik, o’t yoki me’da osti bezi shirasiga xos, 
yoinki quruq bo’lishi mumkin. 
Kelib chiqishi bo’yicha peritonit: 
-birlamchi peritonit – juda kamdan kam uchraydigan turi. Bunda kasallikning 
boshlanishiga inson organizmida bo’lgan biror-bir infeksiya sabab bo’lishi 
mumkin. Infeksiyani quyidagi tushish yo’llari mavjud: 
gematogen; 
limfogen; 
kriptogen; 
yiringli jaroyonning yorilishi (abssesning atrofidagi a’zolar va tuqimalardan 
ozod qorin bo’shlig’iga yorilishi). 
- ikkilamchi peritonit: 
- appendikulyar; 
- xoletsistopankreatit; 
- perforativ (oshqozon va 12 barmoq ichak yara kasalligi, Kron kasalligi va 
b.); 
- travmatik (qorin bo’shlig’idagi kavak a’zolarining jarohatlanishi yoki 
jarohatlanmagani bilan o’tadigani); 
- nekrotik (ichakning o’tkir tutilishida, me’da-ichak yo’llari flegmonasida, 
mezenterial limfa tugunlari yiringli yallig’langanda, qorin bo’shlig’i a’zolarining 
kam uchrayigan yallig’lanishida (Mekkel divertikuli); 


380 
- operatsiyadan keyingi (me’da, ingichka va yo’g’on ichaklar, o’t yo’llari va 
boshqa a’zolaridagi operatsiyalardan keyingi); 
- ginekologik (naylar, tuxumdonlar, bachadon yallig’langanda, nay 
yorilganda, bachadon perforatsiyasida, bachadon tug’ruq payti shikastlanganda, 
tuxumdon kistalari va o’smalari buralib qolganda). 
Ko’pchilik hollarda peritonit polimikrob kasallik hisoblanadi. Bakteriyalar 
orasida - ichak tayoqchasi (B. coli) guruhi asosiy o’rin tutadi, biroq so’ngi 
paytlarda oddiy protey va boshqa shartli patogen bakteriyalar ahamiyati ko’proq 
bo’lmoqda, anaeroblar roli sezilarli oshdi. Pnevmokokklar va Kox tayoqchalari 
kamroq uchraydi. 
Peritonitning klinik kechishida o’tkir yiringli peritonit rivojlanishining uch 
bosqichi tafovut qilinadi. 
1- Peritonitning reaktiv bosqichi (yallig’lanishda dastlabki 24 soat, perforativ 
peritonitda 12 soat) – ko’proq mahalliy belgilar yuzaga chiqqan bosqich: keskin 
og’riq sindromi, mushaklarning taranglashishi, qayt qilish (qayt qilish), majburiy 
holat va b. Umumiy belgilar: pul’sning 120 martagacha tez urishi, arterial qon 
bosimi (AQB) ning oshishi, nafas 
olishning tezlashuvi va boshqa belgilari, intoksikatsiyaga nisbatan ko’proq 
og’riq shoki uchun xos. 
2- Peritonitning toksik bosqichi (yallig’lanishda 24 - 72 soat, perforativ 
peritonitda 24 soat) – mahalliy belgilarning so’nishi va intoksikatsiyaga xos 
umumiy reaksiyaning yaqqol ustunlik qilishi bilan namoyon bo’ladi: yuz qiyofasi 
o’tkirlashgan, rangpar, bemorda kamharakatlik, eyforiya, pul’s 120 oshgan, AQB 
pasaygan, kech qayt qilish, haroratning yektik xarakteri, qon formulasida yiringli - 
toksik surilish. Toksik bosqich uchun mahalliy belgilardan og’riq sindromining 
pasayishi, qorin mushaklarining taranglashuvi yoki qorinning shishishi, 
metiorizmning ortib borishi xos. 
3- Terminal bosqich (yallig’lanishda 72 soat, perforativ peritonitda 24 soatdan 
ortiq) – qaytishi gumon chegaradagi chuqur intoksikatsiya bosqichi: Gippokrat 
yuzi, adinamiya, ruhiy holat tonusi va harakatlarning pasayishi, aksariyat 


381 
intoksikatsiyadan deliriy, nafas olish va yurak-qon tomir faoliyatining talaygina 
buzilishlari, qo’lansa hidli ko’p qayt qilish, qon formulasidagi keskin yiringli – 
toksik siljish, haroratning tushib ketishi, ba’zan bakteremiya. Mahalliy belgilardan 
peristal’tikaning butunlay yo’qolishi, qorin dam bo’lishi va shishishi, butun qorin 
bo’ylab tarqalgan og’riq kuzatiladi. 

Download 7,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish