Toshkent tibbiyot akademiyasi ergashev u. Y. Xirurgik kasalliklar



Download 7,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/202
Sana16.06.2022
Hajmi7,8 Mb.
#677996
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   202
Bog'liq
fayl 2066 20211105

Davolash. 
Oʼkir pankreatitni patogenetik davolash, yaʼni asosiy davo 
tadbirlari patogenez kontseptsiyasiga muvofiq kelishi kerak. 
Ferment toksemiyaga qarshi kurashish uchun quyidagilardan foydalaniladi: 
1) meʼda suyuqligini aspiratsiya qilish va meʼdani sodali sovuq eritma bilan 
yuvish (meʼda suyuqligidagi xlorid kislota pankreatik sekretsiya stimulyatori 
xisoblanadi). Oddi sfinkteridagi spazmni yoʼqotish uchun atropin yuborish, meʼda 
osti bezi gipotermiyasi, 4-5 kungacha sitostatiklar yuborish (5-ftoruratsil, ftorafur 
va boshqa pankreatik fermentlar ishlanishini toʼxtatadi) bez tashqi sekreter 
funktsiyasini 
pasaytiradi; 
2) 
spazmolitiklar 
yuborib 
ishlab 
chiqarilgan 
fermentlarning normal evakuatsiyasini taʼminlash; 3) qon oʼzaniga yoki qorin 
boʼshligʼiga tushgan fermentlarni yoʼqotish; koʼkrak limfatik yoʼlini limfosorbtsiya 
bilan drenaj qilish, diurez stimulyatsiyasi; qorin boʼshligʼini drenajlash; 4) 
fermentlarni proteazlar ingibitorlari bilan (kontrikal, gordoks, salol va boshqa) 
aktivsizlantirish. 


353 
Ogʼriqni yoʼqotish yoki kamaytirish uchun analgetiklar va spazmolitiklar (no-
shpa, papaverin, platifillin) qoʼllanish zarur. Peridural blokada (orqa miya 
peridural boʼshligʼini anestetiklar yuborib kateterlash) yaxshi samara beradi. 
Suv-elektrolit balansini idora qilish, yurak faoliyatini normaga solish va 
toksikozni pasaytirish maqsadida 5-10% li glyukoza eritmalari, poliion eritmalar, 
poliglyukin plazmasi, gemodez qoʼllanish tayinlanadi. Ka¬liy preparatlari, yurak 
glikozidlari koʼrsatmalar boʼyicha tayinlanadi. 
Аntiferment terapiya. Proteazalar ingibitorlari bilan davolash. 1953 yilda Frea 
oʼtkir pankreatitni davolash uchun birinchi marta kallikrein inaktivatori - trasilol 
qoʼllagan. Xozirgi vaqtda boshqa ingibitorlar: kontrikal, gordoks, pantripin, 
iniprol, zimofen va boshqalar keng qoʼllanilyapti. Ingibitorlar koʼp yil 
qoʼllanilishiga qaramay, ularning taʼsir mexanizmi, fazalari, qoʼshimcha taʼsiri 
turrisida yagona fikr yoʼq. Koʼp sonli tekshirishlarda proteazalarning ingibitorlari 
pankreonekrozda roʼy-rost terapevtik samara berishi, zarbali dozalari bilan 
qoʼshma davolash esa pankreatogen toksemik asoratlardan oʼlimni birmuncha 
pasaytirishi aniqlangan. Preparatni oddiy usullarda (mushak orasiga va venaga) 
yuborish meʼda osti bezida va qorin boʼshligʼida antiferment preparatlarning 
yuqori kontsentratsiyasini taʼminlay olmaydi. Bunga preparatlarni qoʼshma usulda: 
venaga, regionar - arteriyaga, qorin pardasi ichiga, qorin pardasi orqasiga 
yuborilganda muvaffak boʼlinadi. Proteaza ingibitorlarining yuqori mahaliy 
kontsentratsiyasi aktiv tripsinogenni bloklab qoʼyish, periatsinar boʼshliqda 
tripsinning aktivsizlanishi va proteoliz regionar jaraenlarini toʼxtatib qoʼyishni, 
kininogenez va fibrinolizni taʼminlaydi. 
Sitostatiklar bilan davolash. Oqsil sinteziga atsinoz xujayralari bilan taʼsir 
qilib sitostatiklar (5-ftoruratsil, ftorafur) meʼda osti bezi ekzokrin funktsiyasini 
toʼxtatish 70-yillarning II yarmida pankreonekrozda qoʼlanilgan. 5-ftoruratsil 500 
ml fiziologik eritmada suyultirilib, sutkasiga bir marta 2-3 kun mobaynida 250-300 
mg dozada yuboriladi. Preparat qorin aortasi stvoliga selektiv yuborilganda 
davolash eng taʼsirchan boʼladi. Kasallikning kechikkan muddatlarida 
sitostatiklarning davolash taʼsirchanligi juda ozligini taʼkidlab oʼtish zarur. 


354 
Detoksikatsiya. Pankreatogen toksemiya kasallikning birinchi davrida 
rivojlanadi. Аgar bu davrda detoksikatsiya oʼtkazilmasa, ahvol jiddiylashadi, 
ingibitor toʼsiq mexanizmlar izdan chiqadi, mahalliy patologik jarayon buziladi va 
uning avj olishi mikrotsirkulyatsiya buzilishi va tomir ichida qon ivishi sindromi 
taʼsiri ostida sodir boʼladi. Oʼz vaqtida oʼtkazilgan detoksikatsion davolashgina 
patologik jarayonning bundan keyingi rivojini toʼxtatadi. 
Detoksikatsiyaning taʼsirchan metodlaridan biri infuzion terapiyani 
organizmni suyuqlik bilan toʼyintirish (gemodilyutsiya) va diurezni kuchaytirish 
bilan qoʼshib olib borishdan iborat. Gemodilyutsiya va kuchaytirilgan diurez 
printsiplari oddiy, hamma eʼtirof qilgan printsipdir. Diurez soatiga 25 ml dan 
pasayib ketganda kuchaytirilgan diurez tayinlanadi. 
Koʼkrak limfatik yoʼlini tashqi drenaj qilish. Oʼtkir pankreatitni davolash 
uchun bu metodni qoʼllanish patogenetik asoslangan. Pankreonekrozda jigar 
interstitsial boʼshliqlari shishi va kompressiyasi, shuningdek mikrotsirkulyator 
buzilishlar sababli limfaga meʼda osti bezi fermentlari va autoliz mahsulotlari koʼp 
oʼta boshlaydi, bunda uning toksinligi keskin ortadi. Limfaning toksinligi darajasi 
meʼda osti bezi zararlanishining ogʼir-engilligiga bogʼliq. Limfaning tashqariga 
chiqarilishi jarayonida, asosan dastlabki 2-3 sutka ichida uning tok¬sinligi 
kamayadi. Bu davrda limfa bilan birga autoagressiv fermentlarning kattagina 
miqdori - lipaza va tripsin chiqariladi. Yogʼli nekrozda tashqi limfa drenaji 
Аyniqsa roʼy-rost detoksikatsion natija beradi. Limfa bilan birga oqsillar, 
elektrolitlar yuqotilishi limfa oqib ketishining salbiy tomoni xisoblanadi. 
Soʼnggi yillarda klinik amaliyotga aktiv detoksikatsiya metodlari: 
limfosorbtsiya (R. Panchenko, 1982) va gemosorbtsiya (Yu. M. Lopuxin, 1975) 
jadallik bilan joriy qilindi. 
Sorbentlar bilan tozalangan limfa reinfuziyasi tash¬qi drenajlar metodining 
keyingi rivoji boʼlib xisob¬lanadi. Limfosorbtsiyaga amalda monelik qiladgan 
dollar yoʼq, biroq uni qoʼllanish limforeya yuqori boʼlganda yaxshi natija beradi. 


355 
Pankreonekrozda gemosorbtsiya ogʼir endotoksikozda, pankreogen shok 
hodisalarida va jigar-buyrak yetishmovchiligida rivojlanadigan intoksikatsion 
psixozlarda qoʼllanilishi kerak.
Ogʼir pankreatik endotoksikozda plazmoferez oʼtqazishda yuqori davo 
natijasi olingan (А. M. Sazonov, 1984). Bu metodda vatanimizda ishlab 
chiqariladigan asbob yordamida limfa xaydalib (1-1,5 l gacha) donor plazmasi va 
albumin bilan aralashtiriladi. Plazmoferezning davo taʼsiri plazma bilan birga 
ekzogen va endogen toksinlarni chiqarishdan iborat. 
Laparoskopik drenajlash va qorin boʼshliq perfuziyasi. Pankreatogen peritonit 
jadal kechadi, tez oshib boradigan intoksikatsiya, parenximatoz organlar 
distrofiyasi, gemodinamikaning ogʼir buzilishini keltirib chiqaradi. Peritonitga 
qarshi kurashning taʼsirchan chorasi ekssudatni aktiv xaydash, qorin boʼshligʼiga 
antiferment preparatlar, antibiotiklar yuborish xisoblanadi. Shu maqsadda 
pankreonekrozni eng taʼsirchan va bezarar davolash metodi qorin boʼshligʼini 
laparoskopik drenajlash, ayni vaqtda ekssudatni peritoneal dializ tipi boʼyicha 
evakua¬tsiya qilish hisoblanadi. 
Pankreatogen peritonitni laparoskopiya metodi bilan davolash ikki 
bosqichdan - diagnostik va davolash bosqichidan iborat boʼladi. Diagnostik 
bosqichda pankreatit shakli, peritonit hodisalari bor-yoʼqligi aniqlanadi. 
Gemorragik ekssudat, steatonekroz dogʼlari va aseptik pankreatogen peritonit 
belgilari ikkinchi bosqich - qorin boʼshligʼini qorin ichi perfuziyasi yoki infuziyasi 
oʼtqazish maqsadida drenajlash uchun asosiy koʼrsatma hisoblanadi. 
Аrteriya ichi regionar infuzion terapiya (RIT). Bu usulni oʼtkazishga asosiy 
koʼrsatma pankreonekroz kechishining avj olishi, peritonit va toksemik 
asoratlardir. RITni oʼtkazish uchun ishlatiladigan davo aralashmasi tarkibi: 
kontrikal - 60000 TB, geparin -2000 TB, reopoliglyukin - 400 mg, nikotinat kislota 
- 20 ml, novokain -2,5 g, izotonik natriy xlorid eritmasi yoki Ringer - Lokk 
eritmasi -1000 ml umumiy xajmgacha. Kateter rentgen televizion moslama 
nazorati ostida oʼrnatiladi. RIT ning asosiy davo vazifasi proteoliz va kininogenez 
jarayonlarini toʼxtatish, qon mikrotsirkulyatsiyasining lokal va sistem buzilishlarini 


356 
davolash, shuningdek markaziy gemodinamika buzilishlarini bartaraf qilishdan 
iborat. Shunga koʼra RIT pankreatogen shokni davolashda, pankreonekroz va 
fermentativ peritonit rivojlanishining oldini olishda birdan-bir usul xisoblanadi. 
Meʼda osti bezining lokal gipotermiyasi. Oʼtkir pankreatitni davolash 
boʼyicha tadbirlar kompleksiga meʼda osti bezini qorin devori, meʼda, yoʼgʼon 
ichak orqali sovutish yoʼli bilan gipotermiyani kiritadilar. Bunda haroratni 
anchagina pasaytirish bez toʼqimasida modda almashinuvi jarayonlarini 
susaytiradi, uning fermentativ funktsiyasini va proteolitik fermentlar aktivligini 
kamaytiradi. 
Bevosita lokal gipotermiyani operatsiyadan keyingi davrda, meʼda osti beziga 
operatsiya vaqtida kiritilgan maxsus zond yordamida bajariladi. Bezda operatsiya 
oʼtkazilgandan keyin (drenaj, omentopeksiya, abdominizatsiya va b.) unga ikki 
boʼshliqli naycha bilan ulangan maxsus tayyorlangan lateks ballon qoʼyiladi, uni 
chap qovur-alar ostidagi kesma orqali tashqariga chiqariladi. Meʼda osti bezini 2-4 
soatdan kuniga 3 marta muntazam sovutiladi. Koʼpgina olimlar aytib oʼtilgan 
usulning afzalligi meʼda osti bezini umumiy gipotermiya qilmay turib lokal 
sovitishdan iborat deb xisoblaydilar. Biroq, ular gipotermiyani amalga oshirish 
uchun maxsus xirurgik operatsiya oʼtqazishni tavsiya qilmaydilar. 
Oʼtkir pankreatitni xirurgik davolash. (Operаtsiyalаr) Oʼtkir pankre¬atit 
quyidagicha xirurgik davo qilinadi: 1) oʼtkir pan¬kreatit, uning destruktiv 
formalari; xoletsistit bilan birga uchraganda; 2) 36-48 soat mobaynida konservativ 
davolash naf bermaganda; 3) qorin boʼshligʼini laparoskopik drenaj qilib 
boʼlmaydigan pankreatogen peritonitda; 4) oʼtkir pankreatit asoratlarida; charvi 
xaltasi abstsessi, qorin pardasi orqasidagi kletchatka flegmonasida. Oʼtkir 
pankreatitning destruktiv formalarini aniqlashda va davolashda laparoskopiyaning 
ahamiyati katta, oʼning yorda¬mida diagnozni aniqlash, oʼt chiqaruv yoʼllari 
gipertenziyasini aniqlash va laparoskop nazorati ostida teri orqali xoletsistostomiya 
oʼtqazish, biroq eng muximi - qorin boʼshligʼini suyuqlik aspiratsiyasi uchun 
drenajlash (ferment toksemiyani kamaytirish), qorin boʼshligʼini antibiotiklar va 
proteaza ingibitorlari bilan yuvish mumkin. 


357 
Oʼtkir pankreatitni davolash kasallikning davriga asoslanadi.
Kasallikning 
fermentativ 
davrida 
bemorlarga 
bazis, 
antisekretor, 
detoksikatsion, immunostimullash, antibakterial davolash olib boriladi.
Oshqozon osti bezidagi destruktiv jarayonga nisbatan kasallikning 
fermentativ davrida davolash oʼziga xos xususiyatlariga egadir.
Oʼtkir shishli pankreatitda davolash bazis va antisekretor terapiyadan iborat.
Kichikoʼchoqli pankreonekrozda konservativ terapiya quydagilardan iborat: 
1. Oshqozon osti bezi faoliyatini bosish (ochlik, maxaliy gipotermiya
oshqozon zondlash va doimiy aspiratsiya, antisekretor terapiya – oktreotid, 
sandostatin). 
2. Detoksikatsiya (plazmaferez; koʼrsatmalarga asosan qorin boʼshligʼini 
laparoskopik drenajlash; vena ichiga infuziya va forsirlangan diurez). 
3. Аntifermentn terapiya – kontrikal, gordoks, trasilol. 
4. Ogʼriqni oldini olish (spazmolitiklar, analgetiklar, novokain blokadalar). 
Kattaoʼchoqli pankreonekrozda bemorlarga antisekretor, detoksikatsion, 
antioksidant, antigipoksant, antiferment terapiya oʼtqiziladi. Аgar bemor kech 
murojaat qilsa, kattaoʼchoqli pankreonekrozda antisekretor terapiya oʼtqazilmaydi, 
chunki pankreonekroz rivojlanib boʼlgan va bu xolatda oshqozon osti bezi 
faolyatini bosishdan foyda yoʼq.
Oʼtkir destruktiv pankreatitni reaktiv davrida davolash quydagilardan iborat: 
enteral zondli oziqlantirish, yuqorikaloriylik dieta; ichak normal florasini tiklash; 
yiringli asoratlarni oldini olish (antibiotiklar, immunokorrektsiya); antioksidant va 
antigipoksantlar. 
Oʼtkir destruktiv pankreatit septik turida bemorlarga operativ davolanish 
koʼrsatilgan.
Oʼtkir pankreatitni xirurgik davolashda operatsiyalarning quyidagi tiplari 
qullaniladi: 1) charvi xaltasini drenajlash, 2) meʼda osti bezi dumi va tanasini 
rezektsiya qilish, 3) pankreatektomiya. 
Bizning mamlakatimizda yopik, operatsiyalar - charvi xaltasini drenaj qilib, 
peritoneal perfuziya, omentopankreatopeksiya, meʼda osti bezi oldingi yuzasini 


358 
katta charvi toʼplami bilan oʼrash eng koʼp tarqalgan. Omentopankreatopeksiya 
jarayoning chegaralanishiga, meʼda osti bezida qon taʼminoti yaxshilanishiga 
imkon beradi, nekroz boʼlgan qismlarning bitishini tezlashtiradi. Bu usul yogʼli 
pankreonekrozning mayda va yirik oʼchoqli yakka formalarida qoʼllanilishi kerak. 
Katta va total nekrozlarda yiringli-septik asoratlarning oldini olish uchun erta 
oʼtqaziladigan radikal operatsiyalar: sekvestrektomiya, nekrektomiya, bez 
rezektsiyasi, pankreatektomiya eng istiqbolli xisoblanadi. Keyingi ikkita 
operatsiyani aktiv kompleks davolash natija bermagan, nekrotik jarayon esa tez avj 
olib borayotgan bemorlarda oʼtkazilgani yaxshi. 
Sekvestrektomiya - nekrozlangan bez qismini jonsizlangan toʼqima 
chegarasida olib tashlash - oʼtmas yoʼl, digitoklaziya bilan bajarilishi mumkin va 
bunda qon oqmaydi. 
Nekrektomiya - nekrozlangan bez qismini qon bilan taʼminlanadigan 
toʼqimalar chegarasida olib tashlash - oʼtkir yoʼl bilan bajariladi; bez toʼqimalari 
nekroz chegarasi boʼylab kesiladi va qonab turgan tomirlar qunt bilan tikiladi. 
Meʼda osti bezi rezektsiyasi - organning bir qismini bezning oʼzgarmagan 
toʼqimalari chegarasida koʼndalangiga kesib olib tashlash splenektomiya bilan 
oʼtishi yoki oʼtmasligi mumkin. Koʼpincha meʼda osti bezining korporokaudal 
rezektsiyasi taloqni olib tashlash bilan birga bajariladi, chunki odatda qorin pardasi 
ortidagi infiltratsiya bilan oʼtadigan pankreonekrozda taloq venasi trombozi 
boʼladi. Bundan tashqari, taloqni saqlab qolish uning tomirli oyogʼini bez 
toʼqimasidan ajratish qiyinligidan operatsiya¬ni mushkullashtiradi. 
Radikal operatsiyalarda meʼda osti bezi yuzasini va qorin boʼshligʼi 
boʼlimlarini drenaj qilish aloxida axamiyatga ega. Koʼpgina olimlarning tajribasi 
shuni koʼrsatadiki, operatsiya natijasi koʼp jixatdan ekssudatni yaxshi evakuatsiya 
qilishga va operatsiya qilingan joyni doimiy yuvib turishga bogʼliq. Meʼda osti 
bezi rezektsiyasidan keyin qorin boʼshligʼida drenajlarni eng qulay joylashtirishni 
V. S. Zemskov taklif etgan. 
Pankreonekrozda pankreatoduodenal rezektsiya nixoyatda kam qoʼllaniladi. 
Uni Sovet Ittifokida А. А. Shalimov (1979) oʼn ikki barmoq ichak devori 


359 
destruktsiyasi bilan oʼtgan total pankreonekrozli bemorlarda birinchi marta 
muvaffakiyatli qoʼllagan. 

Download 7,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish