Toshkent tibbiyot akademiyasi ergashev u. Y. Xirurgik kasalliklar


XVIII. Jigar sirrozi alomatlari, kasallikning belgilari, davosi, kechishi va



Download 7,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/202
Sana16.06.2022
Hajmi7,8 Mb.
#677996
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   202
Bog'liq
fayl 2066 20211105

 
XVIII. Jigar sirrozi alomatlari, kasallikning belgilari, davosi, kechishi va 
bosqichlari 
Jigar sirrozi – bu surunkali kasallik, vaqt oʼtgan sari aʼzo toʼqimasi qayta 
tiklab boʼlmaydigan oʼzgarishlarga uchrab, yemirilib boradi. Yemirilgan hujayralar 
oʼrnini chandiq biriktiruvchi toʼqima egallaydi. Shu tariqa asta-sekinlik bilan jigar 
oʼz vazifalarini bajara olmaydigan holatga tushib qoladi. 
Bu xastalik bemor odamga dastlabki bosqichlarda sezilarli noqulayliklar 
tugʼdiradi, oxirgi bosqichlarda esa ogʼir oʼlimga olib keladi. Jarayonni afsuski 
orqaga qaytarishning iloji yoʼq, lekin sifatli va oʼz vaqtida koʼrsatilgan tibbiy 
yordam kasallikning rivojlanishini toʼxtatib turishning ilojisi bor. 
Shu sababli kasallikka erta tashxis qoʼyish va oldini olish muhim ahamiyatga 
ega. Jigar sirrozi alomatlari xastalikning turli bosqichlarida turli tuman koʼrinishda 
namoyon boʼladi. Ularni oʼz vaqtida payqash va shifokorga murojaat etish inson 
hayotini saqlab qolishi mumkin. 
139-rasm. Sog’ va sirroz bilan kasallangan jigar. 


360 
Xastalikni keltirib chiqaradigan asosiy sabablar quyidagilar. 
• Virusli gepatit , turli taxminlarga koʼra, 10-24% hollarda jigar patologiyasi 
shakllanishiga olib keladi. Gepatitning B , C , D kabi turlari va yangi aniqlangan 
gepatit G ham bu kasallikni chaqiradi; Аyniqsa gepatit C uzoq muddat belgilarsiz 
kechishi, shu sababli kech aniqlanishi tufayli xavflidir. 97 % holatlarda bu kasallik 
uzoq muddat kechib sirrozga olib keladi. 
• 10 yil va undan koʼproq muddat davomida katta miqdordagi spirtli 
ichimliklarni isteʼmol qilish. Ichkilikning biron bir turiga bogʼliqlik yoʼq, asosiy 
omil – bu tarkibida etil spirtining mavjudligi va uning organizmga muntazam 
ravishda tushib turishi. 
Oʼrtacha miqdorda uchraydigan sabablar 
• Immun tizimining buzilishi. Koʼpchilik autoimmun kasalliklar sirrozning 
rivojlanishiga olib keladi; 
• Oʼt yoʼllarning turli kasalliklari, shu jumladan buyrakdan tashqaridagi 
obstruktsiya, oʼt-tosh kasalligi va boshlangʼich sklerozli xolangit. Bunda koʼpincha 
oʼt yoʼllarini oʼtkazuvchanligi buziladi, oʼt suyuqligi turib qolib, dimlanadi va 
aʼzoga zaharli taʼsir koʼrsatadi. Oʼt yoʼllari oʼtkazuvchanligi buzilganda 3 oydan 
18 oygacha boʼlgan muddatlarda xastalik rivojlanadi. 
• Portal gipertenziya 
• Jigarda qon aylanishi buzilishi va venoz qon turib qolishi (dimlanishi) yoxud 
Baddi-Kiarri sindromi ham sabab boʼladi. 
Kam uchraydigan sabablar 
• Irsiy kasalliklar, xususan genetik jihatdan moddalar almashinuvi buzilishi 
(glikogen toʼplanish anomaliyalari, Vilson-Konovalov kasalligi, a-antitripsin va 
galaktoz-1-fosfat-uridiltransferaza yetishmovchiligi) sabab boʼladi. 
• Organizmga toksik taʼsir koʼrsatadigan kimyoviy moddalardan zaharlanish. 
Bu kabi moddalar orasida sanoat zaharlari, ogʼir metallar tuzlari, aflatoksinlar va 
qoʼziqorin zaharlari ayniqsa jigarga qattiq zarar etkazadi; 


361 
• Iprazid, anabolik steroidlar («baquvvat boʼlaman deb»), izoniazid, 
androgenlar, metildofa, inderal, metotreksat va boshqa shu kabi gepatoksik 
preparatlarni uzoq muddat isteʼmol qilish. 
• Juda kam uchraydigan Randyu-Osler xastaligi ham sirrozga olib kelish 
ehtimoli bor. 
Аgar kasallik sabablari aniqlanmagan boʼlsa kriptogen (nomaʼlum sababli) 
sirroz deb ataldi. Bu 12% – 40% holatlarda kuzatiladi. Kasallik rivojlanishi 
ehtimoli yuqoridagi faktorlar birga kelganda yana ham ortadi. Masalan gepatitga 
chalingan kishi, uni ustiga alkogolni ham haddan ortiq isteʼmol qilsa xavf bir necha 
barobar ortadi
Dastlabki bosqichdagi jigar sirrozi alomatlari 
Har doim ham sirrozning ilk bosqichlarida, kasallik belgilariga qarab tashxis 
qoʼyishning iloji yoʼq. Chunki 20 % holatlarda xastalik latent (yashirin) 
koʼrinishda kechadi va oʼzini hech qanday namoyon qilmaydi. Undan tashqari 
yana 20% bemorlarga ancha kech faqat oʼlimidan soʼnggina tashxis qoʼyiladi. 
Shunday boʼlsa ham qolgan 60% bemorlarda xastalik oʼzini ilk bosqichlarda 
namoyon qiladi va tashxis qoʼyishga imkon beradi. 
Jigar sirrozi alomatlari ichida quyidagilari xastalik haqida oldindan 
ogohlantiradi. 
• Baʼzi-baʼzida oʼng qovurgʼalar ostida paydo boʼladigan ogʼriq. Ogʼriq 
koʼpincha jismoniy zoʼriqishdan yoki qovurilgan, yogʼli taomlar va alkagol 
isteʼmolidan keyin kuchayadi. 
• Ogʼizda achchiq taʼm va quruqlik hissi paydo boʼlishi, ayniqsa tong vaqtida. 
• Odamni surunkali ich ketishi va kuchli qorin dam boʼlishi (meteorizm) 
bezovta qiladi 
• Bemor birmuncha vazn yoʼqotadi, tajang va tez charchaydigan boʼlib qoladi. 
• Kasallikning baʼzi formalari, masalan postnekrotik sirroz dastalabki 
bosqichni oʼzidayoq yaqqol alomat teri sariqligini chaqiradi. 
Аyrim hollarda xastalik darrov oʼtkir koʼrinishda, hech qanday alomatlarsiz 
boshlanadi. 


362 
Oxirgi bosqichlardagi jigar sirrozi kasalligi belgilari 
Xastalik belgilari kasallik rivojlangan sari koʼpayib yaqqollashib boradi. 
• Oʼng tomonda qovurgʼalar ostida jigar ogʼrigʼi uning kapsulasi kengayib 
kattalashgani, tufayli kuchayib boradi. Ogʼriq kolik xarakterga ega, oʼng yonbosh 
xuddi ogʼirroq boʼlib qolgandek his paydo boʼladi. 
• Bemorda koʼpincha koʼngil aynishi, qusish kuzatiladi. Qusganda qusiqqa 
qon aralashib chiqishi, meʼda va qizil oʼngachdan qon ketayotgani koʼrsatadi. 
• Qonda ortiqcha miqdorda oʼt kislotalari toʼplanib qolish sababli teri 
qichishadi. 
Tashqi koʼrinishida sezilarli oʼzgarishlar sodir boʼladi. 
• Tana vaznini yoʼqotish, kuchli holsizlikka olib keladi. 
• Mushaklar tonusini pasayishi, ularning atrofiyasi (oziqlanishi buzilishi 
sababli, oʼz funktsiyalarini bajara olmay qolishi). 
Teri va barmoqlarda kasallik belgilari namoyon boʼla boshlaydi. 
• Ksantalezmalarning hosil boʼlishi. Ular yogʼdan tashkil topgan dogʼlar, 
odatda yuqori qovoqlar sohasida joylashadi. 
• Barmoqlar oxiri qalinlashadi, baraban tayoqchalari shaklini oladi, tirnoqlari 
yaqinidagi teri qizaradi. 
• Boʼgʼimlar shishib qolib, ogʼriy boshlaydiTeri sargʼish rangga kiradi, 
koʼchib tusha boshlaydi. Yaqqol sariqlik jigar sirrozi oxirgi bosqichi belgilarida 
hisoblanadi. Birinchi koʼz sariq tusga kiradi, soʼngra shilliq qavatlar oxirida esa 
butun teri. Sariqlik aʼzo billuriben pigmentini oʼzlashtira olmasligi bilan bogʼliq.
Jigar sirrozida odam tanasidagi oʼzgarishlar. 
• Qorindagi vena tomirlari kengayadi. Bunday shishgan venalar koʼkarib 
kindik atrofidan hamma tarafga tarqalgan boʼladi, xuddi «meduza boshi»ga 
oʼxshab qoladi
• Xastalikda gavdaning yuqori qismida, kindikdan teparoqda qizil 
yulduzchalarga oʼxshash toshmalar koʼrinadi. Bu toshmalar aslida organning 
darvoza qon aylanish tizimida gipertenziya – bosim ortib ketishi sababli yorilib 
ketgan teridagi mayda kapilyar qon tomirlardir. 


363 
• Yuqoridagilar jigar sirrozi kasalligi belgilari ichida eng taniqlilaridan. 
• Tsirrozning xarakterli xususiyati «telangiektaz» (qizil toshma) hech qachon 
kindik zonasidan pastroqda shakllanmaydi. Bu hussiyat uni boshqa shunday 
oʼxshash belgili kasalliklardan farqlashga yordam beradi. Kasallikning oʼtkir 
bosqichida yulduzchalar kattaroq va juda sezilarli koʼrinadi; 
• Burunning burchagi va koʼzning burchaklarini angiomalar (qizil xollar) 
qoplaydi; 
• Qoʼl kafti va kamroq oyoq kaftini qizarishi. 
Quyidagi belgilar tufayli inson tashqi koʼrinishi va oʼzini tutishi bemorga xos 
chuqur oʼzgarishlarga uchraydi. 
• Til shishib , yorqin rangga kiradi; 
• Erkaklarda sut bezlari oʼsa boshlaydi va jinsiy organlar funktsiyalari 
sussayib atrofiyaga uchraydi. Ikkilamchi jinsiy belgilar (masalan erkaklar uchun 
xarakter, soqol va tuklar, qomat, ovoz va hk.) kamayadi. 
• Аstit – qorin boʼshligʼida suyuqlik toʼplanishidir. Jigar sirrozining kech 
asoratlaridan biri. 
• Yuz nosogʼlom qizil tusda. Yanoqlar boʼrtib chiqib, soʼlak bezlari 
kattalashgan ketgan. 
• Markaziy nerv tizimi tomonidan yaqqol buzilishlar: Uyqusizlik, xotira 
susayishi, titroq va atrofdagilarga befarqlik (apatiya) rivojlanadi. 

Download 7,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish