Oʻsimliklar
kasalliklari
Oʻsimliklar kasalliklari — oʻsimliklarda turli sabablar — kasallik qoʻzgʻatuvchilar hamda noqulay
tashqi sharoit taʼsirida yuz beradigan patologik jarayonlar. Bular organizm funksiyasi (fotosintez,
nafas olish, oʻstiruvchi moddalar sintezi, suv, oziq moddalar harakati)ning buzilishiga,
oʻsimlikning butunlay nobud boʻlishi yoki baʼzi organlarining zararlanishiga olib keladi.
Oʻsimliklar kasalliklari hosilni kamaytirib, sifatini buzadi. Mas, viltning rivojlanishi va tarqalishi
uchun qulay sharoit vujudga kelgan yillari paxta hosili 20—25% ga, baʼzi hududlarda 60—80%
gacha kamayishi mumkin.
Oʻsimliklar kasalliklarining 30 mingdan ortiq turi maʼlum. Ular belgilari yoki tiplari (patografik
tasnif), zararlangan oʻsimliklar (oʻsimlikshunoslik tasnifi) hamda kasallik qoʻzgʻatuvchi sabablar
(etiologik tasnif) boʻyicha guruhlanadi. Etiologik tasnif negizida Oʻsimliklar kasalliklari yuqumsiz
va yuqumli kasalliklarga ajraladi.
Yuqumsiz Oʻsimliklar kasalliklari, asosan, muhitning abiotik omillari: mineral oziqlanish tartibining
buzilishi, xususan, makroelementlar — azot, fosfor, kaliy hamda mikroelementlar — bor, rux,
temir, mis, molibdenning yetishmasligi; noqulay suv rejimi (tuproqda namning yetishmasligi yoki
ortib ketishi); oʻsimliklarga yuqori yoki past traning taʼsiri, havo va tuproq trasining keskin
oʻzgarishi natijasida vujudga keladi. Yuqumsiz Oʻsimliklar kasalliklarining kelib chiqishiga havo va
tuproqdagi zararli aralashmalar (sulfit angidrid taʼsirida barglarning kuyishi va toʻkilishi); tuproqqa
solinadigan baʼzi gerbitsidlar qoddigʻi taʼsiri; noqulay yorugʻliq rejimi (xususan, issiqxonalar va
parniklarda yorugʻlikning yetishmasligi, oʻsimliklarning yotib qolishi, xloroz kabilarga sabab
boʻlishi mumkin); ionlovchi nurlar (alfa,beta, gamma nurlar, rentgen nurlari, neytronlar); baʼzi
zamburugʻlar (Gʻivagsht, Vo1guSh va boshqalar turlar) hamda ayrim yuksak oʻsimliklar
tomonidan tuproqqa chiqariladigan toksinlar sabab boʻlishi mumkin.
Yuqumli Oʻsimliklar kasalliklariga oʻsimliklarning virusli kasalliklari (mozaika kasalligining bir
qancha turlari, soʻlish, pakanalik, gʻumbaklanish, proliferatsiya — toʻqimalarning oʻsib ketishi);
oʻsimliklar bakterial kasalliklar yoki bakteriozlar (oʻsimliklar raki, bakterial chirishning turli xillari,
mevali daraxtlar, tamaki va boshqalarning bakterial kuyish kasalliklari); oʻsimlik zamburugʻli
kasalliklari yoki mikofitozlar (oʻsimlik zang kasalliklarining bir qancha turlari, qorakuya, ragʻa,
fuzariozlar, chirishlar, sitosporozlar, askoxitozlar va boshqalar) kiradi. Shuningdek,
aktinomitsetlar qoʻzgʻatadigan aktinomikozlar, algofitozlar; gelmintofitozlar ham yuqumli
Oʻsimliklar kasalliklariga kiradi. Yuqumli kasalliklarga oʻsimliklarning parazit hasharot
(entomofitozlar) bilan zararlanishi ham sabab boʻlishi mumkin.
Oʻsimliklar kasalliklarining inkubatsion davri qancha davom etishi havo harorati, namligi,
oʻsimlikning kasalliklarga chidamliligi yoki moyilligiga bogʻliq (qoʻzgʻatuvchi kasal oʻsimlik ichida
yoki tashqarasida koʻpayadi; infeksiya elementlari havo, yomgʻir tomchilari, hasharotlar va
boshqalar yoʻllar bilan tarqalib, oʻsimliklarni yoppasiga zararlashi mumkin). Himoya reaksiyalari.
Oʻsimlikda kasallik qoʻzgʻatuvchilarga qarshi fermentlar, fitonsidlar faolligi ortadi, hujayra
devorlari poʻkaklanadi, zararlangan hujayralar kasallik qoʻzgʻatuvchi bilan birgalikda oʻlik
hujayralarga aylanadi va h.q.
Oldini olish tadbirlar i: ekinlarning oʻsishi va rivojlanishi uchun yaxshi sharoit yaratish, kasalliklarga
chidamli navlarni ekish, ilmiy asoslangan urugʻchilik, urugʻlikni dorilash va h.k.dan iborat.
Davolashda turli kimyoviy preparatlar (insektitsidlar, fungitsidlar, fumigantlar)dan foydalaniladi.
Oʻsimliklar kasalliklari qoʻzgʻatuvchilarining bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga oʻtmasligi
uchun karantin qoʻllaniladi (qarang
Fitopatologiya
,
Oʻsimliklarni himoya qilish
).
Serbi nov V . I ., Qishloqxoʻjaligi ekinlarining kasalliklari, T., 1964; Grushevoy S.Ye.,
Selskoxozyaystvennaya fitopatologiya, M., 1965.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=O%CA%
BBsimliklar_kasalliklari&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
Adabiyot
Soʻnggi tahrir 2 yillar avval IluvatarBot tomonidan amalga oshirildi
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=O
ʻ
simliklar_kasalliklari&ol
did=2056805
" dan olindi