Tekshirish usullari.
Oʼt pufagi va oʼt yoʼllarining diagnostikasi avvalo
bemorlarning shikoyatlarini, anamnezni va organizmni fizik usullar bilan tekshirish
natijalarini oʼrganishga asoslanadi.
Bemorlar quyidagilarga eng koʼp shikoyat qiladilar: ogʼriq, dispepsiya, istma,
et junjiqishi, teri qichishi, sariqlikdir. Аnamnezni Аniqlashda bemorda ilgari
sariqlik va jigar hamda oʼt pufagining oʼtkir kasalliklari, sanchiq xurujlari boʼlgan-
boʼlmaganiga ahamiyat berish zarur, ular bu organlarning (Surunkali xoletsistit,
xolangit va oʼt-tosh kasalligi) shu kasallikni boshlab bergan boʼlishi extimol. Fizik
tekshirish usullaridan bemorni koʼzdan kechirish, paypaslab koʼrish, perkussiya,
auskultatsiyadan foydalaniladi. Ular anatomik va funktsional oʼzgarishlar
toʼgʼrisida tushuncha hosil qilishga imkon beradi va koʼpincha bemorni davolash
jarayonida oʼning xolati dinamikasiga baho berishda asosiy usullardan sanaladi.
338
Jigarni funktsional tekshirish bu organning spetsifik faoliyatini, masalan,
pigment, zararsizlantiruvchi, oqsil hosil qiluvchi, farmakometabolizm kabi
vazifalarni aks ettiradi.
Biliar kasalliklarni diagnostika qilishda UZI, KT yoki rentgenologik
tekshirish koʼp xollarda hal qiluvchi axamiyatga ega boʼladi (Ras.133).
Bemor qornini bosib yotganida olingan suʼrat jigarning oʼlchamlari, shakli va
joylashuvi va undagi yirik strukturaviy oʼzgarishlar toʼgʼrisida maʼlumot berishi
mumkin.
Xoleografiya. Xoleografiya usuli jigarning oʼt yoʼllariga tushganda organ -
yod saqlaydigan moddalar ajratish qobiliyatiga asoslangan boʼlib, ularning rentgen
kontrast tasvirini olishga imkon beradi. Vena ichi xoletsistoxolangiografiyasi oʼt
pufagining holatidan qatʼy nazar, uning qisqarish funktsiyasi buzilganda, pufak
yoʼli blokadasida, shuningdek xoletsistektomiyadan keyin pufak olib tashlanganda
oʼt yoʼllarining rentgen kontrast tasvirini olishga yordam beradi.
Teri orqali xoletsistografiya qilish. Kattalashgan oʼt pufagi punktsiya
qilingandan va kontrast modda yuborilgandan keyin oʼni rentgenologik
tekshirishdan iborat. Operatsion xolangiografiya xirurgik operatsiyalar vaqtida oʼt
yoʼllarini rentgen kontrast tekshirishdan iborat. Xozirgi sharoitlarda bu tekshiruv
oʼt yoʼllaridagi operatsiyalarda albatta oʼtkaziladigan bosqich xisoblanadi, chunki
u diagnostika sifatini oshirib, asoratlar sonini kamaytirishga va xirurgik davolash
natijalarini yaxshilashga imkoniyat yaratadi.
Ras.133
339
Endoskopik retrograd xolangiopankreatografiya (RPXG) - Fater surgʼichiga
yoki duodenoskopiyada biliar anastomoz ogʼziga kiritilgan kateter yordamida
kontrast modda yuborishdan iborat(Ras.134).
Ras.134
Teri orqali jigar orqali xolangiografiya (ChChXG) jigar ichidagi oʼt yoʼllarini
punktsiya qilish, ularga kontrast modda yuborish va keyin rentgenologik
340
tekshirishni oʼz ichiga oladi. Odatda teri orqali xolangiografiyani mexanik
sariqlikda oʼtkaziladi: bu usul oʼt yoʼllarida obturatsiya borligini tasdioʼlash, uning
joyini Аniqlash va sababini bilishga imkon beradi. Tekshirish uchun ingichka
poʼlat ignalar va rentgentelevizion moslamalardan foydalanish tufayli bu metodika
keng tarqaldi.
Oʼt yoʼllarini manometrik tekshirish - xolangiomanometriya ularga suyuqlik
yuborilgandan keyin bosim koʼrsatkichlarini aniqlashdan iborat, bu oʼt chiqaruvchi
yoʼlning funktsional qobiliyati va oʼtkazuvchanligi toʼgʼrisida xulosa chiqarish
imkoniyatini beradi.
Jigar oʼt yoʼllarini ultratovush bilan tekshirish. Oʼt pufagini ultratovush bilan
tekshirishda juda qimmatli maʼlumot olish mumkin, bu ularda konkrementlar yoki
yangi xosil boʼlgan tuzilmalar borligini Аniqlash imkonini beradi.
Jigarni radioizotop tekshirish - uning radioaktiv moddalarni yutish
xususiyatiga asoslangan. Shunga asoslanib, jigarning radioaktiv preparatni yutish
dinamikasi boʼyicha funktsional qolati aniqlanadi va radioaktiv preparatning jigar
toʼqimalariga taqsimlanishiga doir morfologik xususiyatlari oʼrganiladi.
Oʼt yoʼllarini endoskopik tekshirish usullari. Xirurgiya amaliyotida
laparoskopiyani aksariyat jigarning oʼchokli zararlanishi, oʼt yoʼllari saratonini
aniqlash maqsadlarida, shuningdek sariqlikni differentsial diagnostika qilishda
qoʼllanishga toʼgʼri keladi.
Duodenoskopiya - katta duodenal surgʼich xolatini tekshirish, oʼn ikki
barmoq, ichak patologiyasini istisno qilish imkoniyatini beradi.
Xoledoxoskopiya – operatsion diagnostika usullari qatoriga kiradi va
tekshirishning muhim bosqichi xisoblanadi.
Oʼt yoʼllarining yalligʼlanish kasalliklarida konservativ davolash. Oʼtkir
xoletsistitli hamma bemorlar statsionarda xirurgning doimiy nazorati ostida
boʼlishlari kerak. Tarqalgan peritonit simptomlari boʼlganda shoshilinch operatsiya
qilish talabetiladi. Boshqa hollarda bemorlar dori-darmonlar bilan davolanadi.
Bemorlarga ovqatni cheklangan miqdorda berilib, faqat ishqoriy suyuqliklar
ichishga ruxsat etiladi.
341
Bu bemorlarda quyidagi tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq:
1. Meʼdani nazogastral zond bilan bushatish kerak, chunki meʼda parezi oʼt
pufagida va oʼt yoʼllarida dimlanishni battar qiyinlashtiradi.
2. Paranefral novokain blokadasi.
3. Spazmolitiklar. Kuniga ikki marta til ostiga 1-2 tabletka nitroglitserin
tayinlash shart, chunki u Oddi sfinkteriga tanlab spazmolitik taʼsir koʼrsatadi.
Аtropin, no-shpa, galidor oʼt pufagi boʼynidagi sfinkter apparatiga xuddi shunday
boʼshashtiruvchi taʼsir koʼrsatadi.
4. Infuzion terapiya 5%li glyukoza eritmasi va Ringer eritmasi yuborishni oʼz
ichiga oladi.
5. Mikrob florasi aktivligini pasaytirish uchun gepatotoksik bulgan tetratsiklin
qatoridagi preparatlardan tashqari, taʼsir spektri keng antibiotiklar tayinlanadi.
6. Simptomatik va kardial terapiya. Oʼtkir xoletsistopankreatitda dori-
darmonlar bilandavolash kompleksi oʼtkir pankreatitni davolash uchun
qoʼllaniladigan preparatlarni ham oʼz ichiga olishi kerak.
Koʼpchilik bemorlarda oʼtkir xoletsistit xuruji toʼxtashi mumkin. Xuruj
toʼxtagandan keyin bemorni oʼt pufagida toshlar bor-yoʼqligiga tekshirish zarur.
Аgar oʼtkir xoletsistitni 12-24 soat davolash zaminida bemorning ahvoli
yaxshilanmasa, qorinda ogʼriq saqlanib qolsa yoki kuchaysa, qorin oldingi devori
mushaklarining oʼz-oʼzini ximoya qilish qobiliyati saqlanib qoladi va kuchayadi,
puls tezlashadi, leykotsitoz oshadi, shoshilinch xirurgik operatsiya oʼtkazish talab
etiladi.
Operativ davolash usullari: ochiq usulda xolesistektomiya, laparoskopik
xolesistektomiya, xoledoxolitotomiya, papillasfinkteratomiya, xolesisto- va
xolangiostomiya, xoledoxaduodenoanastamoz, xolesistoenteroanastamoz o’t
pufagi va o’t yo’llari kasalliklari, ularning asoratlariga qarab belgilanadi.
342
Do'stlaringiz bilan baham: |