334
Oʼt toshlari asosan oʼt pufagida xosil boʼladi, toshlar oʼt yoʼllarida kamdan-
kam paydo boʼladi. Oʼt toshlari paydo boʼlishining asosiy sababi 3 ta: moddalar
almashinuvi
buzilishi, oʼt pufagi epiteliysidagi yalligʼlanish oʼzgarishlari va oʼt
dimlanishidir. Oʼt-tosh kasalligi simptomlarsiz oʼtishi mumkin va oʼt pufagida
toshlarni bemorni boshqa kasallik sababli tekshirayotganda, qorin boʼshligʼi
organlarini operatsiya qilayotganda yoki yorib koʼrish vaqtida tasodifan aniqlanadi.
Klinik jixatdan oʼt-tosh kasalligi koʼpincha jigar (oʼt pufagi) sanchigʼi koʼrinishida
namoyon boʼladi. Ogʼriq aksariyat parxez buzilganda, jismoniy zoʼriqishda paydo
boʼladi. Ogʼriq xuruji paydo boʼlishiga oʼt poʼfagi boʼynida pufak yoʼlida tosh
qisilib qolishi sabab boʼladi. Ogʼriq, oʼng qovurgʼalar ostida va epigastral soxada
joylashgan boʼlsa, bel soxasiga, oʼng kurakka beriladi. Koʼpincha jigar sanchigʼi
xuruji koʼngil aynishi va safro aralash bir necha marta qayt qilish bilan oʼtadi,
biroq bunda bemor yengil tortmaydi.
Ko’zdan kechirishda qorinning bir oz kepchishi eʼtiborni oʼziga tortadi, qorin
devorining oʼng yarmi
nafas aktidan orqada qoladi, qorin paypaslab koʼrilganda
oʼng qovurgʼalar ostida, ayniqsa oʼt pufagi proektsiyasida keskin ogʼriq paydo
boʼladi. Mushaklarning oʼz-oʼzidan tarang tortishi boʼlmaydi yoki kam
ifodalangan, Ortner - Grekov, Myusse - Georgievskiy simptomlari musbat.
Laborator analizida leykotsitlar miqdori normal yoki birmuncha oshgan.
Surunkali kalkulyoz xoletsistit. Jigar sanchigʼi xuruji tuxtagandan keyin
bemorlar xech nimadan shikoyatlar qilmay, oʼzlarini sogʼlomxis qilishlari mumkin.
Biroq ularda oʼng qovurgʼalar ostida ogʼirliq va simillagan ogʼriq boʼlib, u
ovqatdan
keyin kuchayadi, qorin dam boʼladi, ich ketadi, ogʼizbemaza boʼladi.
Birlamchi surunkali xoletsistit jigar sanchigʼi xurujlarisiz koʼrsatib oʼtilgan
simptomlar bilan kechadi. Oʼt-tosh kasalligi va kalkulyoz xoletsistit asoratlari:
xoledoxolitiaz, xoledox terminal boʼlimida chandiqli striktura, ichki oqmalar
paydo boʼlishi, xolangit, xoletsistopankreatit, oʼt
pufagi istisqosi, oʼt pufagi
empiemasi.
Xoledoxolitiaz - oʼt-tosh kasalligi va kalkulyoz xoletsistitning eng koʼp
uchraydigan asoratlaridan sanaladi (20% bemorlarda uchraydi). Yoshi oʼtgan va
335
keksa yoshdagi odamlarda xoledoxolitiaz 2-3 marta koʼproq kuzatiladi. Koʼpchilik
bemorlarda umumiy oʼt yoʼliga toshlar oʼt pufagidan tushadi. Bunga pufak
yoʼlining kalta serbarligi, pufak boʼyni yoki gartman choʼntagi soxasida yara
boʼlib, oʼt pufagi bilan umumiy oʼt yoʼli oʼrtasida keng oqma paydo boʼlishi
sababchidir.
Xoledoxolitiaz oʼzok vaqtgacha simptomlarsiz kechishi mumkin.
Xatto
gepotikoxoledoxning koʼp sonli toshlarida xam oʼt ajralishi buzilishi hamavaqt
sodir boʼlavermaydi. Oʼt suyuqligi jigardan tashqaridagi oʼt yoʼllari boʼshligʼidagi
toshlarni guyo chetlab oqib oʼtadi va xoledox terminal boʼlimida toʼsiq boʼlmasa,
bemalol oʼn ikki barmoq, ichakka tushadi. Toshlar gepatikoxoledoxning eng tor
boʼlimlariga, uning terminal boʼlimiga va Аyniqsa katta duodenal
surgʼichiampulasiga tushganda oʼt suyuqligining ichakka oqib ketishiga toʼsiq -
paydo boʼlib, bu klinikasida mexanik sariqlik bilan yuzaga chiqadi. Baʼzan sariqlik
xoledox terminal boʼlimida yoki katta duodenal surgʼichda «ventil» tosh boʼlganda
sariqlik remittirlovchi xarakterga ega boʼladi. Toshlarning
xoledox terminal
boʼlimidagi okklyuziyasida oʼt gipertenziyasi vujudga kelib, klinik jixatdan bu
oʼng qovurgʼalar ostida simillagan ogʼriqlar va mexanik sariqlik bilan oʼtadi.
Jigardan tashqari yoʼllarda bosim yanada osha borganda ularning boʼshligʼi
kengayadi va tosh gepatikoxoledox proksimal boʼlimlariga guyo suzib chiqqanday
boʼladi, sariqlik kamayadi va yoʼkolishi mumkin.
Toshsiz xoletsistit. Oʼtkir toshsiz xoletsistit. Uning etiologiyasida bakterial
infektsiya omili, oʼt pufagining meʼda osti bezi yoʼlidagi oʼt yoʼllariga va oʼt
pufagiga reflyuksida pankreatik jigarning jarohatlovchi taʼsiri muayyan
axamiyatga ega.
Diagnostikada va davolash usulini tanlashda bemorni obʼektiv
tekshirish
maʼlumotlari, oʼtkazilayotgan davo zaminida kasallik klinik manzarasining
dinamikasi hal qiluvchi axamiyatga ega.
Surunkali toshsiz xoletsistit. Toshsiz Surunkali xoletsistit klinikasi Surunkali
kalkulyoz xoletsistit klinikasiga oʼxshash. Biroq oʼng qovurgʼalar ostidagi ogʼriq
unchalik kuchli boʼlmaydi, biroq uzoq davom qilishi, deyarli doimiy xarakteri
336
bilan
ajralib turadi, parhez boʼzilganda keyin kuchayadi. Diagnostikada
xoletsistoxolangiografiya oʼt yoʼllarini ultratovush bilan tekshirish eng koʼp
maʼlumot beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: