M. Otajonov ijodi o’ziga xosligi shundaki,uning xar bir asari o’zgacha kuylar,ritmlar va chiroyli bo’yoqlar bilan bezatilgan. Uning ijodida Imprissianizm,Romantizm,Jazz va zamonaviy uslublarni xam uchratish mumkin



Download 17,05 Kb.
Sana17.04.2020
Hajmi17,05 Kb.
#45394
Bog'liq
M.Atajanov 2-Sonata taxlili

M.Otajonov ijodi o’ziga xosligi shundaki,uning xar bir asari o’zgacha kuylar,ritmlar va chiroyli bo’yoqlar bilan bezatilgan.Uning ijodida Imprissianizm,Romantizm,Jazz va zamonaviy uslublarni xam uchratish mumkin.Muallif qaysi bir janrda yoki uslubda ijod qilmasin uning asari tinglovchilar qalbidan joy egallaydi.M.Otajonov ijodida xalq musiqalariga e’tiborni ko’rishimiz mumkin va xaqiqiy Uzbek kompozitori deyishimiz mumkin.Uning ijodida Melodizmga katta urg’u beriladi va bu Kompozitor ijodidagi katta yutuq hisoblanadi.Kompozitorni novator ijodkor desak mubolag’a bo’lmaydi.

Kompozitorning ijodida fotepiano uchun Sonatalar orasida 2-Sonata o’ziga xosligi bilan ajralib turadi.Ushbu asar Kompozitorning Fransiyadagi qadrdon insonlariga, TASS va NANCYlar oilasiga bag’ishlangan..Asar zamonaviy akkordlar jazz fakturalari bilan boyitilgan.Ushbu asar 2013-yilda Kompozitor Fransiyada safardaligida yozilgan. Sonata 3 qismdan iborat.1-qismda muallif o’zining mavzularida yozgan bo’lib, qolgan qismlarda xalq kuylariga tayangan.2-qismida esa Fransuz kompozitorlari ijodidan ilxomlangan holda,buyuk Fransuz kompozitori Debyussi ijodiga yaqinlikni kuzatish mumkin.2-qismning o’rta qismida Farg’ona-Toshkent maqom yo’llariga mansub Dugoh Xusayniy maqomidan “Ko’cha-Bog’i-2” mavzu qilib olingan.Natijada,Uzbek va chet el mavzularining chiroyli amuhta qilinganligini kuzatishimiz mumkin.3 qismda xam muallifning o’zining mavzulari-xalq ladlari va koloridlari bilan uyg’unlashganligi kuzatishimiz mumkin.3 qism Xorazm xalq kuylari,ritmlari asosida yozilgan.

1-qism Sonata-Allegro shaklida, 4/4 o’lchovida f-moll tonalligida yozilgan.Asar Allegro con brio tempida yozilgan.Kirish qismi 4 taqt bo’lib unda ritm va klasterga o’xshash akkordlar mavjud.5-taqtdan Mavzu boshlanadi.Mavzu jazz fakturasida yozilgan.Mavzu 8 taqtda ko’rsatiladi va yana 8 taqt 1-oktava tepadan unga javob ko’rsatiladi.Repriza orqali 16 ta taqt takrorlanadi va 21-taqtdan Yondosh partiya keladi.Yondosh partiyada mavzu chap qo’lda asosiy mavzudan uzoq bo’lmagan holda yozilgan. Yondosh partiya 4+6 ko’rinishida bo’lib,Yakunlovchiga o’xshagan 4 ta taqt keladi.35-taqtdan Bog’lovchi qism boshlanadi.U klasterlar orqali Passajlar bilan pastga tomon xarakatlanadi.Bass-astinato va Akkordlar Asosiy qism tugallanganligini ko’rsatadi.Asosiy qismda Sekvensiyalar,Segno va Fonarlarni uchratish mumkin.

42-taqtdan Asosiy mavzuga tonallik va faktura jihatdan qarama-qarshi bo’lgan Sharqona koloriddagi f-moll tonalligida Yordamchi qism boshlanadi.Unda turli xil xalq ladlarini poliritmikani va eng asosiysi Asosiy mavzuga o’xshash jihatlarni uchratish mumkin.Mavzuviylik jihatdan qarama-qarshi,faktura jihatdan ozgina o’xshash bu qismda Imprissianizmlik harakatlari va ohanglarini eshitishimiz mumkin.Mavzu rivojlanadi va asosy ko’rinishiga 58-taqtda Meno mosso tempida C-dur tonalligida qaytariladi.Yordamchi mavzu va Asosiy mavzularning ahamiyatli joyi shundaki,t va S ning majo’r ko’rinishda kelishidir.C-dur tonalligida Yordamchi mavzu tugaganidan keyin 70-taqtdan Imprissianistik akkordlar bilan Yakunlovchi qism boshlanadi.72-taqtda asar ¾ o’lchoviga Con moto tempiga o’tadi.Bu qismning boshlanishi akkordli fakturada 78-taqtdan esa arpedjioli fakturada yozilgan.H-Dur tonalligida boshlanib Cis orqali ya’ni D7 orqali f-moll tonalligiga o’tadi va bu passajlar Rivojlov boshlanishiga yordam beradi.



98-taqtdan Rivojlov Asosiy mavzu elementlari asosida Allegro tempida boshlanadi.Kirish qismining motivlari rivojlanadi.Tokkata fakturasida asosiy mavzuning elementlari rivojlanadi.To’lqinsimon arpedjiolar xarakati va t va S ning majo’r ko’rinishdagi holatlari rivoljangan.117-taqtdan klaster va oktava orqali tepaga va pastga harakatlar mavjud.131-taqtdan Yordamchi mavzuning elementlari rivojlanadi va u triollar bilan namoyon bo’ladi.Bu qismda Debyussi asarlariga o’xshash jihatlarni passaj va ladlarni kuzatishimiz mumkin va Rivojlovning kulminatsiyasi hisoblanadi.142-taqtdan Rivojlovni yakulash uchun akkordli fakturaga o’tiladi va Segno va fonar orqali Reprizaga o’tiladi.144-taqtdan Repriza boshlanadi.Repriza 9 taqt davom etib faqatgina Ekspozitsiyaning kirish qismi ko’rsatiladi.Asar 152 ta taqtdan iborat.

1 qismga Xulosa sifatida aytish mumkinki, asar Imprissianistik janrida yozilgan.Asarda muallifning o’ziga xosligi,o’zining yozuv uslubi va xarakterliligini kuzatish mumkin.Jazz fakturasi va bir qator zamonaviy rivojlov uslublarining qo’llanilishi asarga bezak bag’ishlagan.Asar texnik tomomdan qiyin va mukammal hisoblanadi.
Download 17,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish