Lyudvig van Betxoven Sonata N30 e-dur ekspozitsiyasi Op 109



Download 1,01 Mb.
Sana19.02.2022
Hajmi1,01 Mb.
#459023
Bog'liq
3 ta asar tahlili


Lyudvig van Betxoven
Sonata N30 E-dur ekspozitsiyasi
Op 109
Sonata to’liq ko’rinishi 3 qismdan iborat:

  1. Vivace ma non troppo — Adagio expressivo:

  2. Prestissimo:

  3. Andante, molto cantabile con espressivo. Вариации:

Birinchi qisim “Vivace ma non troppo – Adagioa expressivo” asar boshidanoq biz bevosita 2 ta qarama-qarshi xarakterdagi mavzularni kuzatamiz. Ularning qarama qarshiligi nafaqat xarakterda, balki ritm jihatdan, faktura jihatdan, metr jihatdan, tonal jihatdan ham ular bir-biridan ajraladi. Go’yoki ikkita obrazning dialogi eshitliladi.
1-mavzu (bosh partiya) 2/4 o’lchovda, asosiy tanallikda, punktir ritmga asoslangan, lirik kuychan, tabian manzarasini ifodalayotgandek, harakatchan, tersiya kvintali akkordlar uning bevosita konsonans ohangdor ekanligidan dalolat beradi. Asar boshida bu mavzu davriya shaklida berilgan bo’lib, u oddiy davriya shakliga asoslangan, madulyatsiya alomatlari uchramaydi faqat9 taktda og’ishma bor u keyingi mavzuga o’tish vazifasini bajargan.
2-mavzu (yordamchi partiya) 3/4 o’lchovda, ammo unda raqsonalik kayfiyati yo’q. Unda ancha o’ychan, hayolotga cho’mgan kayfiyat aks etadi. (Adagio ekspresso). Undagi hayotga bo’lgan norozilik alomatlarini bir zumda anglab yetsa bo’ladi. U bosh partiyaga qarama-qarshi. Bu mavzu asosiy tanallikning parallel tanalligida yangraydi. Unda doriy ladini ham uchratamiz (VI# minor - lya#)

Ikkala mavzu ham birinchi marotaba bayon qilinganidan so’ng ularning rivojlanish qismlari boshlanadi. Sonata ekspozitsiyasida na kirish qism na bog’lovchi partiya va na yakunlovchi partiya bor bari mana shu ikkala partiyada jamlangan. Bosh va yordamchi partiyalarning o’zaro dialogi ostida inson o’ziga ko’pgina yechimlarni olishi mumkin.


Motiv ishlovida bosh partiya mavzisiga qat’iy urg’u beradi, ayniqsa ikkinchi xissaga tushayotgan urg’u uning ritmofakturasiga biroz bo’lsada ta’sir qiladi. Xuddiki zataktni eshtgandek bo’lami. Xo’sh Betxoven bu yerda nima demoqchi edi?

Aynan mana shu no odatiy sinkopali harakatdan keyin u o’zi bilan kulminatsion nuqtani ergashtirib keladi. Asar diopozoni ancha keng ko’lamli bo’ladi.

Eng qizig’i unga javob tariqasida kelayotgan ikkinchi mavzu (yondosh partiya) ham o’sha registrdan, qanday savol kelgan bo’lsa shunday javob bilan chiqadi.

Bu mavzu ham bir qancha ajablanarli va qiziqarli tarzda rivojlantirilgan.

Yondosh partiyaning rivojiga e’tibor beradigan bo’lsak, birinchi galda e’tiborimizni tortadigan yana bir jihat, bu ining lad-tonal tomoni hisoblanadi. Bosh partiyaning rivoji asosida unga qo’shilib ikkinchi mavzu mativlari ham asosiy tanallik (E-dur) da keladi 3 taktdan keyin O’zining tanalligiga asosiy tanallikning nomdosh minor tanalligida jumlasini davom ettiradi-yu lekin bu fikr endi yaxshimasligini tushunib asosiy tanallikka qaytadi. Ya’ni bu bilan zulmat qaridan yorug’likning paydo bo’lishi, bosh partiyaning maqsadi amalga oshganidan dalolat beradi. Yondosh partiya shu bilan asosiy tanallikda ketib yana bosh mavzuga so’z navbatini beradi. Aynan shu yerdan asarning repriza qismi boshlanadi. U to’liq bosh partiya mavzusiga asoslanga.
Bosh partiya xuddi hikoya yakunini o’qiyotgandek bu safar, hikmatli so’z aytmoqda, ya’ni xoral orqali falsafiy to’xtamga aql zakovatga, o’z xushiga kelgandek go’yo. Xoram mavzusini eslatadigan akkordli faktura reprizada be;nazir o’rin ola oldi.

Bu jumla balki Betxovenning o’zini falsafiy nutqi ham bo’lsihi mumki, chunki xoral asosan diniy janr bo’lgani sababli savollarga yechimni ham oxirida aynan bosh partiyada shu xoral mavzusi beradi. Aynan shu bosh partiyada kelishiga sabab ham aynan betxoven mana shu mavzu o’rqali o’zini ifodalamoqchi bo’lib, uning muxlislari uning tinglovchilari uchun aynan mana shu kichik xoral jumla bilan kompozitor musiqiy maktub qoldirgan bo’lishi ham ehtimoldan holi emas.
Asar umumiy strukturasiga e’tibor qaratadigan bo’lsak, uning sxemasi A+B+A1+B1+A ya’ni sonata allegrosining shakli murakkab uch qismli shaklda yozilgam.
A A1 A
( a – b ) ( a1 – b1 ) (a)

Motsart sonata 11. Final
Rondo alla turca
Bu rondo juda jahon musiqa madaniyatida juda mashxur. U 11 sonataning final qismi hisoblanadi. U a-moll tanalligida boshlansada umda inkor xususiyatlari yo’q. Oldingi qismlariga umuman teskari ritm, faktura va xarakterdagi bu rondo murakkab 3 qismli shaklga ega. Rondo tuzilishi quyidagicha:
A B A B1 C
(a – a1 – a) (b – c – b ) ( a – a1 – a ) (b) (Coda)
a-moll A-dur a-moll A-dur A-dur

Demak sxemadan ko’rinib turibdiki har bir qism oddiy 3 qismli shaklda berilgan. Refrem ham, lavha ham, refren va lavhalar orasidagi ziddiyatni tonal qarama-qarshilik ham yanada oshirib bermoqda mojor va minorlarning ketme-ketligi juda nafis holatda berilgan. Refrenning lavhaga yengil o’tishini ta’minlash maqsadida minorning eshitilishini ta’minlash maqsadida minor ham sho’x quvnoq xarakterda berilgan.


Bu rondoning noodatiyligining yana bir tomoni unda asar oxirida refren bilan tugamasligida. Chunki kelgan coda ham aynan epizod mavzusiga variatsiya asosida kelgan.



Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish