Toshkent «noshir» 2017


Ochiq bozordagi operatsiyalar



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/100
Sana10.07.2022
Hajmi0,94 Mb.
#767807
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   100
Bog'liq
kimmatli kogozlar

Ochiq bozordagi operatsiyalar
Ochiq bozordagi operatsiyalar – bu pul bozoriga ta’sir
ko‘rsatish maqsadida qimmatli qog‘ozlarni markaziy bank
tomonidan sotib olish va sotishdir. Ular XIX asrning 30–
yillarida Angliyada ssuda kapitali bozorida ortiqcha mablag‘-
larni yo‘qotish uchun foydalanilgan edi. Markaziy bankning
ochiq bozor siyosati shundan iboratki, qimmatli qog‘ozlarga
bo‘lgan talab va taklifni tartibga solib, bunda tijorat banklari-
ning qiziqishlarini uyg‘otishdir.
Ochiq bozordagi operatsiyalar mazmuni markaziy bank
tomonidan davlat qimmatli qog‘ozlari, bank akseptlari va
boshqa kredit majburiyatnomalarini bozor kursida yoki
oldindan e’lon qilingan kurs bo‘yicha sotib olish va sotishdan
iboratdir. Bular sotib olingan taqdirda, markaziy bank tijorat
banklariga tegishli summalarni o‘tkazib, ularning zaxira
hisobraqamlaridagi qoldiqni ko‘paytiradi. Tijorat banklarida
bo‘sh turgan pul mablag‘lari ortadi va ular ssudalar berish
uchun foydalaniladi. Bu holda kreditlar bo‘yicha foizlar
pasayadi. Berilgan ssudalar hajmining oshishi pul massasi
hajmining ko‘payishiga olib keladi, bu esa, tegishli ravishda
pul muomalasining holatiga ta’sirini ko‘rsatadi. Markaziy
bank restriksion pul siyosatini qo‘llagan holda (ya’ni u
muomaladagi pullar miqdorini qisqartirishga intilgan yilda),
qimmatli qog‘ozlarni sotadi. Tijorat banklari qimmatli
qog‘ozlarni sotib olishi uchun markaziy bank qimmatli
qog‘ozlar bo‘yicha tijorat banklari uchun foydali bo‘lgan
foizlar (yoki foizsiz qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha katta miq-
dordagi marja)ni taklif etishi kerak. Agar markaziy bank
tijorat banklariga qimmatli qog‘ozlarni sotsa, ularda korxona
va tashkilotlarga kredit berish uchun pul mablag‘lari kam
qoladi. Bu mos ravishda, pul muomalasining holatiga sa-
marali ta’sir etib, mamlakatda pul massasi qisqaradi.
Shunday qilib, yuqorida ko‘rsatilgan operatsiyalar bank
tizimi zaxira mavqei holatiga ta’sir etadi va u tartibga solish
usuli sifatida foydalaniladi. XX asrning 40-yillarida davlat
obligatsiyalar bozorining nihoyatda ko‘payishi va ularning
markaziy banklar tomonidan faol sotib olinishiga o‘tish ochiq
bozordagi operatsiyalarni pul-kredit siyosatining bosh usuliga
aylanishi uchun shart-sharoitlar yaratib berdi. Bunday
operatsiyalar AQSH, Angliya, Kanada, Germaniya, Gollan-
diyada keng qo‘llanmoqda. Ularning boshqa mamlakatlarda
joriy etilishi asosan yetarlicha keng va faol davlat
obligatsiyalari bozorining yo‘qligi sababli to‘xtalib turibdi.
Yuqori kon’yunktura (talab va taklif) davrida markaziy
bank tijorat banklariga ular tomonidan korxona, tashkilotlar
va aholiga beriladigan kredit imkoniyatlarini qisqartirish
uchun qimmatli qog‘ozlarni sotib olishni taklif etadi. Tanglik
davrida markaziy bank tijorat banklari uchun qayta moliya-
lash imkoniyatini yaratadi, ularga shunday shartlar qo‘yadiki,
tijorat banklari o‘z qimmatli qog‘ozlarini markaziy bankka
o‘zlari uchun foydali bo‘lgan yillarda sotadi. Bu bilan tijorat
banklari undan iqtisodiyotga va aholiga kreditlar berish uchun
pul oladi.


150
151

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish