6
7
chasi, qonosament hamda qonun hujjatlari bilan qimmatli
qog‘ozlar jumlasiga kiritilgan boshqa hujjatlar».
Shunday qilib, turli manbalarda, jumladan «Qimmatli
qog‘ozlar va fond birjalari to‘g‘risida»gi qonun hamda «Fu-
qarolik kodeksi»dagi qimmatli qog‘ozlarning ta’rifi bir-biri-
dan jiddiy tarzda farq qiladi.
Qimmatli qog‘ozlarni bundan ham keng ma’noda ko‘rib
chiqish mumkin. Yuqorida tilga olingan hujjatlardan tashqari,
yana shunday, qimmatli qog‘ozlarga tegishli bo‘lmasada,
lekin, ayrim iqtisodchilarning fikriga ko‘ra, qimmatli qog‘oz-
lar, deb tan olinayotgan hujjatlar ham mavjud, chunki ular
ko‘pgina hozirgi ta’riflarda qimmatli qog‘ozlarning barcha
asosiy belgilarini o‘zida mujassamlantiradi. Gap, albatta,
pul haqida borayapti.
XX asrning 90-yillari o‘rtalarigacha qimmatli qog‘oz-
larning huquqiy asoslari haqidagi masala bu qadar keskin
turmagan edi. Bu shu narsa bilan izohlanadiki, o‘sha yilda
qimmatli qog‘ozlarning rivojlangan bozori yo‘q edi. Bundan
tashqari, qimmatli qog‘ozlar sovet siyosiy iqtisodiyot fanida
qalbaki kapital bilan bog‘lanardi, 90-yillargacha unga nis-
batan juda salbiy munosabatda bo‘lindi. Qimmatli qog‘oz-
larning boshqa yana bir qancha ta’riflari mavjud. Masalan,
odatiy qo‘llanishda ham, shuningdek, mutaxassislar ichida
ham qimmatli qog‘ozlarga nisbatan atamaviy chalkashlik
kuzatiladi: «qimmatli qog‘oz», «qimmatli qog‘oz sertifikati»,
«qimmatli qog‘ozga sertifikat», «qimmatli qog‘oz blanki»,
«sertifikat blanki» va h.k. An’anaviy rusiyzabon iqtisodiy
tushunchalar tizimida qimmatli qog‘ozlar deganda aynan
qog‘oz, ma’lum huquqiy munosabatlarni rasmiylashtiruvchi
hujjat tushuniladi. Iqtisodiy qonunlarning deyarli barcha
jumlalarida qimmatli qog‘oz – bu hujjat. Biroq jahon
amaliyoti bilan tanish bo‘lgan har bir mutaxassisga shu narsa
ma’lumki, rivojlangan mamlakatlarda katta miqdordagi
qimmatli qog‘ozlar aynan qog‘ozlar, blanklarni talab qilmay-
digan naqdsiz shaklda chiqariladi. Ushbu qimmatli qog‘oz-
larni chiqarish, hisobga olish va ularning harakati to‘liq
ixtisoslashtirilgan korxonalar va banklarning hisobraqamlari
bo‘yicha buxgalteriya yozuvlari ko‘rinishida amalga oshi-
riladi. O‘zbekistonda ham, masalan, aksiyalarning katta miq-
dori naqdsiz shaklda, shuningdek, keng tarqalgan davlat
qisqa muddatli obligatsiyalari esa, mutlaqo qog‘ozsiz shaklda
chiqariladi. Qimmatli qog‘ozlar – bu hujjat (blankli) shaklida
yoki ixtisoslashtirilgan tashkilotlar (depozitariylar)dagi hisob-
raqamlarda yozuvlar ko‘rinishida alohida usul bilan tasdiq-
lanadigan, xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan qarz
yoki aksiyadorlik kapitali shaklida jalb etiladigan mablag‘larni
jalb qilish, qayta taqsimlash va qaytarib to‘lash sohasidagi
mulkiy hamda u bilan bog‘liq nomulkiy huquqlardir.
Mulkiy huquq – bu u bo‘yicha iqtisodiy o‘zaro muno-
sabatlar subyektlari mol-mulkka, tovar-moddiy boyliklariga,
pul mablag‘lariga da’vogarlik qilishi mumkin bo‘lgan
huquqdir. Nomulkiy huquq – bu, masalan, aksiyadorning
kompaniyaning umumiy yig‘ilishida ovoz berish, emitentning
faoliyati haqida axborot berilishini talab qilish va h.k.
huquqidir.
Do'stlaringiz bilan baham: