152
153
— birja savdolariga ruxsat etilgan qimmatli qog‘ozlar
haqidagi ishonchli va to‘liq ma’lumotlarni zudlik bilan e’lon
qilish hamda birja savdolari ishtirokchilarini
birja bitimla-
rining narxlari to‘g‘risida xabardor qilish;
— qonun yo‘li bilan talab etiladigan birja axborotini
taqdim etish va e’lon qilish;
— tovlamachilik, narxlar bilan nayrangbozliklar qilinishi,
qasddan noto‘g‘ri axborot berilishining taqiqlanishi va ta’qib
qilinishi va h.k.
Birjada quyidagilar taqiqlanadi:
— qalbaki, sun’iy qisqa muddatli bitimlarning tuzilishi;
— monopoliyaga qarshi siyosatni yuritishga vakil etilgan
organ bilan oldindan kelishuvlarsiz bir-birining mulkini
nazorat qiluvchi bir shaxs yoki shaxslar guruhi tomonidan
biror-bir emitent aksiyalarining 35
va undan ortiq foizini
ta’minlovchi yoki aksiyadorlar ovozlarining 50 foizidan orti-
g‘ini ta’minlovchi aksiyalarni xarid qilish hamda bitimlarni
ro‘yxatga olish;
— bir shaxs tomonidan bevosita yoki baholar kotirovkasiga
ta’sir ko‘rsatishni maqsad qilgan soxta shaxs orqali qimmatli
qog‘ozlarni sotib olish (sotish) bo‘yicha ko‘lamli bitimlarning
tuzilishi;
— qimmatli qog‘ozlar bozori konyunkturasining sun’iy
ravishda o‘zgarishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yolg‘on
xabarlarni tarqatish va qimmatli qog‘ozlar bilan savdolar
qilishning asosiy tamoyillariga hamda amaldagi qonun
hujjatlariga zid bo‘lgan boshqa harakatlar.
Fond birjalari o‘zini o‘zi tartibga soluvchi tashkilotlar
jumlasiga kiradi. Bu shuni anglatadiki,
birjalar qimmatli
qog‘ozlar bilan birja savdolari qoidalarini, birjaning tarkibiy
tuzilmalari, ularni a’zolarining ishini tartibga soluvchi huj-
jatlarni mustaqil ravishda ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, biroq
bularning barchasi qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi
amaldagi qonun hujjatlari doirasida amalga oshirilishi lozim.
Xususan, birja operatsiyalarining qoidalari majburiy tartibda
quyidagi ta’riflarni nazarda tutishi kerak:
— muayyan birjada qimmatli qog‘ozlar bilan savdo-sotiq
qilish tamoyillari;
— birja savdolari ishtirokchilarining tarkibi va ularga
nisbatan qo‘yiladigan talablar; birja yig‘ilishlarining joyi va
yili
haqida axborot;
— qimmatli qog‘ozlarning birja savdolariga ruxsat etilishi
tartibi;
— birja bitimlari;
— mijozlarning brokerlarga topshiriqnomalari (buyruq-
lari)ning turlari;
— savdolarni tashkil etish;
— bitimlarni ro‘yxatga olish va rasmiylashtirish tartibi;
— bitimlarni tuzishda foydalaniladigan shartnomalar,
arizalar, hisobotlar, xabarnoma
shakllari va boshqa birja
hujjatlarining namunalari.
Birja savdolarining ichki qoidalari, birjaning ustavi maj-
buriy tartibda O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlar bozorini tar-
tibga soluvchi organ bilan kelishilishi zarur.
O‘z vazifalarini bajarish uchun fond birjalari:
— birja a’zoligiga kirish uchun zarur bo‘lgan investitsiya
muassasalariga nisbatan qo‘yiladigan majburiy talablarni bel-
gilashi; savdolarda birja a’zolarining vakillariga qo‘yiladigan
malaka talablarini belgilashi;
— ekspert, malaka, kotirovka, bahslarni hal etish uchun
nizolar bo‘yicha komissiya, maslahat va ma’lumotnomalar
byurosini tashkil etishi;
— kirish va joriy a’zolik
badallari, bitimlarni ro‘yxatga
olish, texnik xizmatlar, birjaga doimiy va bir martalik kelib
ketuvchilarning tashrifi uchun to‘lovlarni belgilashi va undirib
olishi;
— ustavni, savdolar qoidalarini buzganlik uchun, ro‘yxatga
olish yig‘imlarini o‘z yilida to‘lamaganlik uchun jarimalarni
undirib olishi;
154
155
— birja qo‘llanmalari, ma’lumotnomalari, to‘plamlarini
nashr qilishi mumkin.
Qimmatli qog‘ozlar bozorida birja faoliyati fond birjasi-
ning maxsus faoliyat turi bo‘lganligi bois, qonunchilik bilan
uning daromad manbalari qat’iy reglamentlangan. Chu-
nonchi, birja faoliyatini moliyalash o‘z aksiyalarini, paylarini,
brokerlik joylarini sotish, muntazam a’zolik badallari, birja
bitimlarini ro‘yxatga olishdan tushgan yirimlar, qimmatli
qog‘ozlar bilan operatsiyalarda vositachilik qilganlik uchun
vositachilik haqlari, shuningdek, axborot va ayrim boshqa
xizmatlardan olingan daromadlar hisobidan amalga oshirilishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: