Toshkent «noshir» 2017



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/100
Sana10.07.2022
Hajmi0,94 Mb.
#767807
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   100
Bog'liq
kimmatli kogozlar

Agentlik xizmatlari.
Bunda bank muayyan muddatga
tuzilgan shartnoma asosida prinsipal deb ataluvchi o‘z mijozi
nomidan va uning topshirig‘i bo‘yicha harakat qiladi. Bu
holda bank mulkni tasarruf etish huquqiga ega bo‘lmaydi;
mulkni tasarruf etish huquqi prinsipalning o‘zida qoladi.
Vositachilik xizmatlari qimmatliklarni seyflarda saqlashdan
iborat bo‘lib, bunda bank mijozning topshirig‘i bo‘yicha
qimmatliklarni oladi, saqlaydi va beradi yoki seyflarni ijaraga
beradi. Mijozning o‘zi bu seyflarda o‘z qimmatliklarini, shu
jumladan, qimmatli qog‘ozlarini saqlaydi. Bank vositachilik
xizmatlarini ko‘rsatib, mijozning aktivlarini saqlaydi: uning
ko‘rsatmalariga asosan harakat qilib, aksiyalar bo‘yicha
dividendlar, obligatsiyalar bo‘yicha foizlar olish, obligatsiya-
larni to‘lash, qimmatli qog‘ozlarni almashtirish va h.k.ga
doir operatsiyalarni bajaradi. Nihoyat, vositachilik xizmati
ko‘rsatish doirasida prinsipal aktivlarini boshqarish amalga
oshiriladi, bunda bank mijozning topshirig‘i bo‘yicha investi-
tsiyalashni amalga oshiradi, mijoz nomidan shartnomalar
tuzadi, qimmatli qog‘ozlarni beradi, ssudalar oladi, cheklar
yozib beradi va imzolaydi, veksellarni indossatsiya qiladi,
qimmatli qog‘ozlar portfelining holatini tahlil qiladi, mijoz
portfelida mavjud bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar kurslarini
kuzatib boradi, qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisini amalga
oshiradi, ularning sug‘urtasini rasmiylashtiradi va h.k.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarda trast opera-
tsiyalarini olib borishga katta ahamiyat beriladi. AQSHda,
masalan, 1939-yili shartnoma trastlar to‘g‘risida maxsus
qonun qabul qilingan bo‘lib, u qimmatli qog‘ozlar va fond
birjalari komissiyasiga trast o‘zaro munosabatlarni tartibga
solish sohasida keng vakolatlar berdi.
Aksiyadorlar reestri (ro‘yxati)ni yuritish
. Odatda, bunday
xizmatdan ko‘p sonli aksiyadorlari bo‘lib, bank mijozlaridan
hisoblangan aksiyadorlik jamiyatlari foydalanadi. Aksiyador-
larning reestrini yuritib, bank aksiyadorlik jamiyati qatnash-
chilarining tarkibi, unda kuchlarning joylashishi, aksiyalar
harakati va h.k. to‘g‘risida axborot oladi. Rossiya Fede-
ratsiyasida aksiyadorlar reestrini yuritish bo‘yicha bank
xizmatlaridan asosan xususiylashtirish natijasida tuzilgan aksi-
yadorlik jamiyatlari foydalanadi. Bunda banklar bevosita
reestrni shakllantiradi, undagi o‘zgarishlarni qayd etib boradi,
reestrlardan ko‘chirma beradi, aksiyadorlar tarkibi to‘g‘risida
turlicha hisobotlar hamda hisoblab yozilgan dividendlar
bo‘yicha ro‘yxatlar beradi.
Hozirgi yilda qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni
amalga oshiradigan banklar bilan bank bo‘lmagan investitsiya
muassasalari o‘rtasida raqobatning kuchayib borayotgani
ko‘zatilmoqda. Bunda banklar o‘zlarining huquqlari, moliya-
viy bazasi, aktivlari diversifikatsiyasi, kadrlar tarkibi va mod-
diy ta’minoti jihatidan bank bo‘lmagan investitsiya muassa-
salari oldida ulkan afzalliklarga egadir.

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish