Bevosita va portfelli xorijiy investitsiyalar



Download 26,79 Kb.
bet1/2
Sana17.06.2021
Hajmi26,79 Kb.
#68362
  1   2
Bog'liq
Bevosita va portfelli xorijiy investitsiyalar.


Aim.uz

Bevosita va portfelli xorijiy investitsiyalar.

Maqsadiga ko`ra, xorijiy investitsiyalar bevosita va portfel’ investitsiyalarga bulinadi. Bevosita investitsiyalar – bu kapitalni tug`ridan-tug`ri eksporti bo`lib, investitsiya kirituvchiga shu korxona ustidan nazorat kilish xuquqini beradi. Bunda korxona asosiy kompaniyaning xorijdagi shaxobchasiga aylanadi. Bevosita xorijiy investitsiya(BXI)lar asosan xususiy tadbirkorlik kapitali shaklida buladi.

Xalqaro statistikada investitsiyalarni BXIlar turiga kiritish bo`yicha xar xil yondashuvlar mavjud. Xorijiy investorlar tomonidan nazorat kilish xuquqini belgilovchi kursatkich sifatida ular ega bo`lgan aktsionerlik kapitalining xissasi kursatkichidan foidalaniladi. Bu kursatkich AKSHda 10%, Frantsiya va Buyuk Britaniyada 20% ga yakin, Germaniyada 25%dan 50% gacha, O`zbekistonda esa 49% darajasida belgilangan. SHuningdek, shu korxonaning boshkaruvida bevosita amalga oshirilaetgan investitsiyalarning uzok muddatli ekanligi xam uning muxim belgilaridan biridir. Investitsiyaning bu kurinishi tavakkalchilikni, investitsiyalardan foydalanish samaradorligi uchun ma`suliyatni davlat va axoli zimmasiga yuklamasdan, balki ularni tadbirkorlik tizimlari urtasida taksimlashning eng yaxshi va sinalgan usuli xisoblanadi.

BXI borasidagi yana bir yondashuv bu turdagi investitsiyalarni fakat mulkchilik kulami bilan, ya`ni aktsionerlik kapitalidagi ulushi bilan bog`liq, deb kursatadi. Unga muvofik BXIlarni:

a) xorijda aktsiyalarni sotib olish orkali;

b) foydani kayta investitsiyalash yordamida;

v) firma ichki karzlari va karzdorliklari orkali amalga oshirish mumkin.

Kupchilik iktisodchilar bu shakllar etarli emas, deb xisoblashadi va asosli ravishda turli xil noaktsioner shakllar orkali bu ruyxatni davom ettirishadi (subkontraktlar, boshkaruv kelishuvlari, francheyzing, litsenzion kelishuvlar va boshkalar).

BXIlarning shakl va usullariga bog`liq tushunchalar bilan bog`liq turli xil yondashuvlarning kupayishi kator muammolarni keltirib chikardi. Bu muammolar umumbashariy xarakterga ega bo`lib, nostandart yondashuvlar echimini talab etadi.

Bevosita investitsiyalar ikki guruxga bulinadi:

1. Transkontinental kapital kuyilmalar.

2. Transmilliy kuyilmalar.

Transkontinental kapital kuyilmalar - investitsiya kiritish uchun kulay bozor sharoiti bo`lgan xolda boshka bir davlat yoki kontinentdan investitsiya eksportini amalga oshirishdir. Asosiy maqsad – bozorni egallash va shu kontinentda yangi ishlab chiqarishni tashkil etish.

Transmilliy kapital kuyilmalari asosan kushni davlatlarga amalga oshiriladi. Bundan asosiy maqsad – bosh kompaniyaga nisbatan kilinadigan kapitalning xarakatini minimum darajada amalga oshirish.

Bevosita investitsiyalar ikki maqsadga yunaltiriladi:

1. YAngi kompaniya tashkil etish.

2. Bankrot bo`lgan kompaniyalarni xarid kilish.

Portfel’ investitsiyalar (portfoIio investments) - shunday investitsiyalarki, bunda kapitalni daromad olish maqsadida korxonalarning aktsiyalari, obligatsiyalari va boshka qimmatli qog`ozlarini sotib olish uchun sarflanadi. Bunday investitsiyalar korxonalarning moliyaviy xujalik faoliyati ustidan nazorat urnatish xuquqini bermaydi. Xorijiy portfel’ investitsiyalar barcha xalqaro operatsiyalarni amalga oshirishda firmalar uchun muxim ahamiyatga ega. By turdagi investitsiyalarga asosan moliyaviy muammolarni echish uchun murojaat kilinadi. Korporatsiyalarning moliyaviy bulimlari mablag`larning bir mamlakatdan boshka mamlakatga qisqa muddatli investitsiyalardan yukori foyda olish uchun utkazadilar. Bunday investitsiyalar kupincha xususiy tadbirkorlar kapitaliga asoslangan, ba`zida esa uz qimmatbaxo qog`ozlarini chikaradi va xorijiy qimmatbaxo qog`ozlarini sotib oladi.

Xalqaro portfel’ investitsiyalari mamlakat to`lov balansida qanday klassifikatsiyalangan bulsa, shunday aks ettiriladi. Portfel’ investitsiyalar kuyidagi kurinishda bulishi mumkin:

-aktsioner qimmatbaxo qog`ozlari (eguity securities) - bozor muomalasidagi pul xujjati bo`lib, xujjat egasining ushbu xujjatni chikargan shaxsga nisbatan mulkiy xuquqga egaligini tasdiklaydi;

-zayom qimmatbaxo qog`ozlar (debt securities) - bozor muomalasidagi pul xujjati bo`lib, zayom egasining ushbu xujjatni chikargan shaxsga nisbatan munosabatini tasdiklaydi.

Zayom qimmatbaxo qog`ozlari kuyidagi shakllarda chikariladi:

-obligatsiya (bond) (oddiy veksel’, karz majburiyati) pulli dastak bo`lib, uning soxibiga kafolatlangan va kat`iy belgilangan pul daromadi yoki shartnoma asosida belgilangan uzgaruvchan pul daromadini olish xuquqini beradi;

-pul bozori dastaklari - pulli dastak bo`lib, uning soxibiga ma`lum bir davr ichida kafolatlangan va kat`iy belgilangan pul daromadi olish xuquqini beradi. Bu dastaklar bozorda pasaytirilgan narxlarda sotiladi, narxni pasaytirish darajasi foiz stavkasining katta–kichikligiga va karzni koplanish muddatiga bog`liqdir. Bularga gazna veksellari, depozit sertifikatlari, bank aptsentlari va boshkalar kiradi.

Moliyaviy derivatlar (financiaI derivatives) – bozor narxiga ega bo`lgan pulli dastak bo`lib, uning soxibiga birlamchi qimmatbaxo qog`ozlarni sotish yoki sotib olish xuquqini beradi. Bularga optsionlar, f’yucherslar, varrantlar, svoplar kiradi.

Xalqaro portfel’ investitsiyalari xarakatini xisobga olish maqsadida to`lov balansida kuyidagi kategoriyalar kabul kilingan:

Nota (karz majburiyati) (note) - qisqa muddatli (3-6 oy) pulli dastak bo`lib, bank bilan kelishuv asosida karz oluvchining uz nomiga chikariladi, bozorda joylashtirilishi kafolatlanadi va sotilmagan notalar sotib olinadi, rezerv kreditlar bilan ta`minlanadi. Keng tarkalgan notalar – Evronotalardir.

Optsion (option)- shartnoma (qimmatbaxo qog`oz) bo`lib, xaridorga ma`lum bir qimmatbaxo qog`oz yoki tovarni belgilangan muddatdan sung yoki ma`lum bir davr ichida kat`iy belgilangan narxlarda sotib olish yoki sotish xuquqini beradi. Optsion xaridori uning egasiga yukorida kayd etilgan xuquqlarni sotishi evaziga mukofot pulini tulaydi.

Varrant (warrant) – optsionning bir turi bo`lib, egasiga belgilangan muddat ichida emitentdan imtiyozli sharoitda ma`lum bir mikdordagi aktsiyalarni sotib olish imkonini beradi.

F’yuchers (futures) –qimmatbaxo qog`ozlarni, valyuta yoki tovarlarni belgilangan narx va kelajakdagi belgilangan muddatda sotish yoki sotib olish borasidagi bajarilishi majbur bo`lgan qisqa muddatli standart shartnomalardir.

Forvard kursi (forward rate)- asosiy karz summasining ma`lum bir uzgarmas qismiga nisbatan belgilangan vaktda tulanadigan foiz stavkasining xajmi tugrisida kelishuv bo`lib, u usha kundagi foiz stavkasidan past yoki yukori bulishi mumkin.

Svop (swap) – savdo koidalariga amal kilgan xolda bitta karzni tulash bo`yicha ma`lum bir muddat utgandan sung shartlarni uzgartirish bo`yicha bitim

Portfel’ investitsiyasining bevosita investitsiyalardan afzallik tomoni shundaki, ular tugatilish vaktida qimmatbaxo qog`ozlar tezda nakd valyutaga almashtirib olinishi mumkin. Portfel’ investitsiyalarning amalga oshirilishining asosiy sababi – tavakkalchilik darajasini xisobga olgan xolda xorijiy investor uz mablag`larini xorijda maksimal foyda keltiruvchi qimmatbaxo qog`ozlarga joylashtirishi mumkin. Ma`lum bir ma`noda portfel’ investitsiyasi pulni inflyatsiya va spekulyatsiya yuli bilan foyda kurishdan saklash vositasi sifatida karaladi. Bunda investitsiya kilinayotgan soxa xam, qimmatbaxo qog`oz turi xam xech kanday ahamiyatga ega emas, u ustama kurs usishiga karab istalgan foydani bersa va devidendlar tulansa buldi.


Download 26,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish