Toshkent «noshir» 2017


Tijorat banklari investitsiya muassalari sifatida



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/100
Sana10.07.2022
Hajmi0,94 Mb.
#767807
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   100
Bog'liq
kimmatli kogozlar

Tijorat banklari investitsiya muassalari sifatida
Tijorat banklarning vositachilik operatsiyalari
Bu vazifalar banklarga juda azaldan berilgan va mustah-
kamlanib, hozirgi yilda ham saqlanib qolgan. O‘zbekiston
fond bozori shakllanishi davri (1991–1994-yillar)da ko‘pgina
tijorat banklari ayni mana shu vazifaga katta e’tibor berishgan.
Banklar brokerlik idoralariga ega bo‘lib, ular (mijoz hisobidan
va uning topshirig‘i bo‘yicha) fond birjasida hamda birjadan
tashqari aksiyalar bozorida dilerlik va brokerlik opera-
tsiyalarini amalga oshirib, buning uchun vositachilik haqi
olishgan. Tijorat banklari uchun korporativ qimmatli qog‘ozlar


138
139
bilan savdo qilish oddiy kredit berishga nisbatan katta xatar
bilan bog‘liqdir. Shu sababli O‘zbekistondagi ko‘pgina tijorat
banklari, ayniqsa 1993–1995-yillarda korporativ qimmatli
qotozlar bozorida o‘zlarini nihoyatda ehtiyotlik bilan tutdilar.
Lekin 2000-yil boshiga kelib, O‘zbekistondagi banklar ushbu
bozorda o‘zlarini ancha dadil his qildilar. 1996-yil martidan
boshlab kredit muassasalari davlat qisqa muddatli obligatsiya-
lari (DQMO) bilan dilerlik va brokerlik operatsiyalarini
amalga oshira boshladilar. Buning ustiga vositachilik xizmat-
lari ko‘rsatish bozorida banklar umuman olganda anchagana
foydali holatda bo‘ldilar, chunki hozirgi yilga qadar ham
DQMO bozorida faqat tijorat banklarigagina yo‘l ochiq.
Banklarning vositachilik operatsiyalari tarkibida vositachilik
haqi evaziga qimmatli qog‘ozlar bilan bitimlarni ro‘yxatdan
o‘tkazish vazifasini alohida ajratish mumkin. Bitim yagona
hisob yuritish ro‘yxati (registri)da qayd etiladi va bitim qat-
nashchilari – bank mijozlari (qimmatli qog‘ozlarni xarid
qiluvchi va sotuvchi) ro‘yxatdan o‘tish to‘g‘risida qayd etilgan
shartnomani oladilar. Ro‘yxatdan o‘tkazilgan barcha bitimlar
to‘g‘risidagi axborotni banklar qimmatli qog‘ozlar bozorini
tartibga soluvchi organga davriy ravishda topshirib turadilar.
Agar bank brokerlik operatsiyalarini amalga oshiradigan
bo‘lsa, u har bir mijoz uchun hisobraqam ochishi va mijozning
qimmatli qog‘ozlari bilan amalga oshirilgan barcha opera-
tsiyalarga doir ma’lumotlarni yozib borishi, bunda qimmatli
qog‘ozlarning turi, operatsiyalar sanasi, sotilgan va xarid
qilingan qimmatli qog‘ozlarning narxi va sonini ko‘rsatishi
shart.
Ko‘pgina hollarda banklarning fond bozoridagi faoliyatini
investitsiya kompaniyalari ish faoliyati bilan tenglashtirish
mumkin. Banklar aksiyalar, obligatsiyalar, depozit va jam-
g‘arma (omonat) sertifikatlarini chiqaradi, shu tarzda mablag‘-
larni jalb etib, resurslar yaratib, keyinchalik bu resruslarni
korporativ va davlat qimmatli qog‘ozlariga investitsiya qilib
hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni amalga oshirib,
ulardan foydalanadi. O‘zbekistonda tijorat banklariga ander-
rayting bilan shug‘ullanish man etilmagan. Shunday qilib,
tijorat banklari investitsiya kompaniyalari vazifalarini muvaf-
faqiyatli bajarishi mumkin.
G‘arb davlatlarida banklar qimmatli qog‘ozlarni birlamchi
tarqatish yilida qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va ularni
birlamchi joylashtirishni tashkil etishda vositachilar sifatida
faol ish olib boradi. Banklarning qimmatli qog‘ozlarni xususiy
joylashtirish bo‘yicha vazifasi (matbuotda e’lon qilmasdan
va obunachilar keng qatlamining ishtirokisiz) keng tarqaldi.
Rossiya Federatsiyasida, masalan, investitsiya banklari mavjud
bo‘lmagani tufayli, tijorat banklari emitentlar uchun hujjatlarni
va qimmatli qog‘ozlar chiqarish shartlarini ishlab chiqadi,
fond bozorini tartibga soluvchi organda qimmatli qog‘ozlar
chiqarishning ro‘yxatdan o‘tkazilishini ko‘zatadi, sarmoya-
dorlarni qidirib topish bilan shurullanadi, birlamchi tar-
qatishni amalga oshiradi, qog‘ozlarni chiqarish yakuni to‘g‘-
risida hisobot tuzadi, qimmatli qog‘ozlarning sotilishini
kafolatlaydi va h.k.

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish