Toshkent «noshir» 2017


Tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bozorida



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/100
Sana10.07.2022
Hajmi0,94 Mb.
#767807
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   100
Bog'liq
kimmatli kogozlar

Tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bozorida
ishtirok etish maqsadlari
Qayd etib o‘tilganidek, qimmatli qog‘ozlar bozorining
barcha qatnashchilari orasida banklar shu bilan farqlanadiki,
ular bir yilning o‘zida fond bozorining qonunchilik bilan
ruxsat berilgan deyarli barcha moliyaviy vositalarida: aksiya,
obligatsiya, depozit sertifikatlari va veksellarda emitentlar
sifatida qatnashishi mumkin.
Banklar faoliyatida o‘z shaxsiy obligatsiyalarini muoma-
laga chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan ish katta o‘rin tutadi.
O‘zbekistonda, xususan, banklarning aksariyat ko‘pchilik
qismi aksiyadorlik jamiyati maqomiga ega bo‘lib, bu hol
ustav fondlarini shakllantirish uchun avvalambor ushbu
qimmatli qog‘ozlarning muomalaga chiqarilishini ko‘zda
tutadi. O‘zbekistonda 1991-yildan boshlab O‘zsanoatqurilish-
bank, O‘zagroprombank (hozirgi Agrobank), O‘zinbank,
Turonbank konsolidatsiyasi, Ipak yo‘li banki birinchilardan
bo‘lib o‘z aksiyalarini muomalaga chiqara boshladi. O‘sha
davr emissiyasining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shundan
iborat ediki, banklarning e’lon qilingan ustav kapitali bir
necha yillar davomida real shakllanganidan ancha yuqori
bo‘lar edi, bank aksiyadorlari esa avvalambor ularning
mijozlari bo‘lgan edi.
Har bir bank emissiya siyosati (qimmatli qog‘ozlarni
chiqarish) to‘g‘risida ishlab chiqilgan va Bank kengashi to-
monidan tasdiqlangan Nizomiga ega bo‘lishi kerak, unda
majburiy tartibda quyidagi masalalar aks ettirilgan bo‘lishi
lozim:
— bank emissiya faoliyatining strategiyasi va maqsadlari
(ustav kapitalini shakllantirish, likvidlikni qo‘llab-quvvat-
lash, qarz mablag‘larini jalb etish);
— bank tomonidan chiqarilishi rejalashtirilayotgan qim-
matli qog‘ozlar turi va xillari, emissiya muddatlari;
— qimmatli qog‘ozlar likvidliligi va aylanishini qo‘llab-
quvvatlash;
— qarz majburiyatlarining o‘z yilida to‘lanishini ta’-
minlash.
Tijorat banklarining o‘z aksiyalarini chiqarish va ularni
ochiq bozorda joylashtirishdan manfaatdorligi bir qancha
shart-sharoitlar bilan izohlanadi. Eng avvalo bu – bank
passivlarini shakllantirish zaruriyatidir. O‘z kapitallarini
doimiy ravishda qadrsizlantirib turadigan inflatsiya, bank-


130
131
larning uzoq muddatli depozitlarni jalb etish imkoniyatidan
mahrum qiladi. Shu sababli nisbatan uzoq muddatli qo‘yil-
malarni amalga oshirish uchun banklar o‘sib borayotgan
miqdorlarda o‘z kapitalidan foydalanishiga to‘g‘ri keladi.
Yana shuni qayd etish kerakki, tijorat banklari tomonidan
ustav sarmoyasini ko‘paytirish va qo‘shimcha aksiyalarni
chiqarish, qayta tuzilmaviy o‘zgarishlar qilish – aksiya-
dorlarning ulushini o‘zgartirish uchun foydalaniladi. Nihoyat,
ilgari qayd etilganidek, tijorat banki ustav sarmoyasining
eng kichiq miqdoriga qo‘yiladigan talablar, shuningdek,
tegishli tartibga solib turuvchi tashkilotlar (Vazirlar Mah-
kamasi, Markaziy bank) tomonidan banklar uchun belgi-
langan iqtisodiy me’yorlar mavjud bo‘lib, ularga rioya etish
shartdir.
MDH davlatlarida tijorat banklari tomonidan qimmatli
qog‘ozlarni chiqarish tartibi, odatda, quyidagi bosqichlarni
o‘z ichiga oladi:

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish