168
169
joylarini birja savdolari orqali sotish umumiy asoslarda
«Toshkent» RFBda qimmatli qog‘ozlar
bilan operatsiyalarni
bajarishning qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. Brokerlik
joyini birja savdolari orqali sotishni xohlovchi shaxs fond
birjasiga joyni savdolarga qo‘yish haqidagi arizani, uning narxi
to‘liq to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat (brokerlik joyiga
sertifikat), mazkur joy zamirida
garov majburiyatlarining
yo‘qligi haqida kafolatnomani taqdim etishi, shuningdek, fond
birjasini o‘zining oldidagi biror-bir bajarilmagan
majburiyatlarnish (bajarilgan bitimlar bo‘yicha vositachilik
haqlari, jarimalar, penyalar va h.k.) yo‘qligini tasdiqlashi zarur.
Ushbu vaziyatda brokerlik joyining narxi sotuvchi tomonidan
ixtiyoriy ravishda belgilanadi.
Brokerlik joyining narxiga
qo‘shimcha qiymat solig‘i ham qo‘shiladi.
Brokerlik joyini birja savdolarisiz xarid qilish
. Agar so-
tuvchi va xaridor bir-birini mustaqil ravishda topsa, oldi-
sotdi bitimini rasmiilashtirish uchun brokerlik joyining birja
savdolariga qo‘yilishi talab etilmaydi. Ular o‘rtasida birja
tomonidan tasdiqlangan namunaviy shakl bo‘yicha brokerlik
joyining oldi-sotdi shartnomasi tuziladi.
Ushbu shartnoma
ro‘yxatga olish va brokerlik joyini qayta rasmiylashtirish
uchun birjaga topshiriladi. Bunda birjaga shartnomani birjada
ro‘yxatga olish vaqtida birjaning Boshqaruvi tomonidan
belgilangan brokerlik joyi qiymatining o‘rnatilgan miqdorida
ro‘yxatga olish yig‘imi to‘lanadi. Ro‘yxatga olish yig‘imi
birjaga kelishuvlarga ko‘ra yo sotuvchi tomonidan, yo bo‘l-
masa, xaridor tomonidan to‘lanadi. Ushbu holat shartnomada
aks ettiriladi va bunda ro‘yxatga olish yig‘imining summasi
brokerlik joyining qymatiga kiritilishi mumkin.
Fond birjasining Boshqaruvi
investitsiya muassasasi si-
fatida faoliyat ko‘rsatish uchun litsenziyaga ega bo‘lmagan
yoki tarkibida qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha I va II toifali
mutaxassisga ega bo‘lmagan shaxsga, shuningdek, avval fond
birjasi a’zolarining safidan chiqarilgan shaxslarga, agar
chiqarilgandan buyon bir yildan ortiq vaqt o‘tmagan bo‘lsa,
brokerlik joyini sotib olishga ruxsat bermasligi mumkin.
Brokerlik joyining bir shaxsdan
ikkinchisiga oldi-sotdi
bilan bog‘liq bo‘lmagan (o‘tkazish, almashish, sovga qilish,
meros qoldirish) asoslarda o‘tkazilishida uning yangi egasi
joyni o‘z nomiga qayta rasmiylashtirishi shart. Brokerlik
joyini qayta rasmiylashtirishda uning yangi egasi birjaga ariza,
avvalgi egasining brokerlik joyiga
egalik qilish huquqlarini
o‘tkazish asoslarini (oldi-sotdi, almashish, sovg‘a qilish, ustav
fondiga o‘tkazish shartnomasining nusxasini), birjaga ro‘yxatga
olish yig‘imini o‘tkazganlik to‘g‘risida to‘lov topshiriqno-
masining nusxasini taqdim etishi lozim. Brokerlik joyining
narxini to‘liq to‘lagan xaridor birjaga a’zo bo‘ladi. Brokerlik
joyining avvalgi egasi birja a’zosi huquqlarini yo‘qotadi.
Brokerlik joyining egasi fond
birjasiga ushbu joyni bir
janing o‘zi sotib olishi haqidagi iltimos bilan murojaat etish
huquqiga ega. Birja mazkur joyni kelishilgan narxda sotib
olgan holda uning iltimosini qondirishi, yo bo‘lmasa, sababini
izohlamagan holda iltimosini qondirmasligi ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: