166
167
o‘rtasida yuzaga keladigan bahsli vaziyatlarni hal etish bilan
shu g‘ullanadi.
Intizomiy
komissiya birja savdosi qoidalari, ustav va
birjaning boshqa asosiy hujjatlari buzg‘unchilarining aybdorlik
darajasini aniqlaydi hamda
tegishli jazolarni tayinlaydi,
jazolarning ijro etilishini nazorat qiladi.
«Toshkent» Respublika fond birjasi respublikaning har
bir viloyatida o‘zining sho‘ba bo‘linmasiga ega.
Fond birjasining a’zolari. Listing.
Qimmatli qog‘ozlarning kotirovkasi.
Broker va diler (market – meyker)larning faoliyati.
Birjadagi brokerlik joyi
Birjadagi
brokerlik joyi deganda, fond birjasi o‘zining
to‘la huquqli a’zosiga yaratib berishi mumkin bo‘lgan im-
koniyatlar yig‘indisi tushuniladi. Shulardan eng asosiysi –
birja maydonchasida qimmatli qog‘ozlarni o‘z nomidan va
o‘z hisobidan yoki mijozlar hisobidan hamda ularning top-
shirig‘iga ko‘ra xarid qilish yoxud sotish imkoniyatidir. So‘zsiz,
bundan tashqari, brokerlik
joylarining egalari qimmatli
qog‘ozlar bozorining qolgan ishtirokchilaridan farqli ravishda,
boshqa ko‘pgina imkoniyatlarga ega bo‘lishadi. Qimmatli
qog‘ozlar, ularning emitentlari, narxlari, broker-kontragentlar
haqida turli xil axborotlarni olish,
birja faoliyatining ayrim
jihatlari bo‘yicha maslahatlar (masalan, bahslarni hal etishda
Nizolar bo‘yicha komissiya mutaxassislarining maslahatlarini)
olish imkoniyatlari, zarur hujjatlardan nusxalar ko‘chirish,
shartnomalarni to‘ldirish va rasmiylashtirish bo‘yicha birja
xizmatlaridan foydalanish shular jumlasidandir.
«Toshkent» RFBdagi brokerlik joyi noma’lum muddatga
sotib olinadi, ya’ni brokerlik joyini sotib olib (bir karralik
badalni to‘lagan holda) uning
egasi birja tomonidan unga
qo‘yiladigan talablarga rioya qilgan holda birja xizmatlaridan
chegaralanmagan muddatda foydalanishi mumkin. Brokerlik
joyiga egalik qilishning butun yili davomida birja a’zolari
unchalik katta bo‘lmagan summadagi muntazam a’zolik
badallari to‘lashadi. A’zolikning bunday tizimi brokerlar
uchun juda tejamli sanaladi. Boshqa mamlakatlarda birjadagi
a’zolikni saqlab turish uchun har oyda yoki har yili ramziy
emas, balki juda katta miqdordagi badal to‘lanadi.
Brokerlik joyi sotib olinishi, begonalashtirilishi (sotilishi,
sovg‘a qilinishi, meros qilinishi, ustav fondga o‘tkazilishi va
h.k.), ijaraga berilishi mumkin. U bo‘linmaydi. Uning egasi
brokerlik joyining bir qismini berishi yoki sotishi mumkin
emas. Bir shaxs faqat bitga brokerlik
joyiga egalik qilishi
mumkin. Brokerlik joylari uchta usul bilan sotib olinishi
mumkin: bevosita fond birjasidan,
birja savdolari orqali,
birja savdolarisiz.
Brokerlik joyini bevosita fond birjasidan sotib olish.
Mazkur usul xaridor tomonidan brokerlik joyini sotib olish
istagi to‘g‘risidagi arizaning berilishini nazarda tutadi. Birja
ushbu arizani 10 kunlik muddatda ko‘rib chiqadi. Boshqaruv
ijobiy qaror qabul qilgan hollarda birja va xaridor o‘rtasida
shartnoma tuziladi. Shartnomada tomonlarning huquq va
majburiyatlari, bitimning ayrim boshqa shartlari kelishib
olinadi. Brokerlik joyi uni xarid
qilish vaqtida Boshqaruv
tomonidan belgilangan narxda sotib olinadi. «Toshkent»
birjasining fond bo‘limi va «Toshkent» RFBning vujudga
kelishi davrida aksariyat ko‘pchilik hollarda brokerlik joylari
bevosita birjadan sotib olindi.
Do'stlaringiz bilan baham: