Jazolarni liberallashtirish to‘G‘risidagi qonunni iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga nisbatan qo‘llashning ayrim masalalari haqida



Download 53,71 Kb.
bet1/7
Sana03.06.2022
Hajmi53,71 Kb.
#633804
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
JAZOLARNI LIBERALLASHTIRISH 9917


JAZOLARNI LIBERALLASHTIRISH TO‘G‘RISIDAGI QONUNNI IQTISODIYOT SOHASIDAGI JINOYATLARGA NISBATAN QO‘LLASHNING AYRIM MASALALARI HAQIDA
Sud amaliyotini o‘rganish natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, sudlar iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga oid ishlar bo‘yicha jazolarni liberallashtirish to‘g‘risidagi qonunni asosan to‘g‘ri qo‘llab kelmoqdalar.
Shu bilan birga ushbu sohada sodir etilgan jinoyatlar bilan bog‘liq ishlarni ko‘rish paytida qonunni qo‘llashda, jumladan, jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish, jazo tayinlash masalalarida xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilmoqda.
Sudlarning jinoiy qilmishni ma’muriy huquqbuzarlikdan, davomli talon-toroj qilish jinoyatini takroran sodir etilgan talon-toroj jinoyatidan ba’zan farqlay olmayotganliklari asoslantirilmagan qarorlar chiqarilishiga sabab bo‘lmoqda.
“Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslari hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Qonunining iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga nisbatan to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
1. Sudlarning e’tibori iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga oid ishlarni ko‘rishda jazolarni liberallashtirish to‘g‘risidagi qonun talablariga og‘ishmay rioya etilishi shart ekanligiga qaratilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 61-moddasiga muvofiq korxona, muassasa, tashkilotlarning mulkini o‘g‘irlash, o‘zlashtirish, rastrata qilish, mansab mavqeyini suiiste’mol qilish yoki firibgarlik yo‘li bilan eng kam oylik ish haqining o‘ttiz baravarigacha miqdorda talon-toroj qilish ma’muriy huquqbuzarlik tarkibini tashkil etadi.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 31-maydagi 09-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunday huquqbuzarlik takroran sodir etilganda ham, agar talon-toroj miqdori eng kam oylik ish haqining o‘ttiz baravaridan oshmasa, ma’muriy javobgarlik kelib chiqadi. Bunday holda mayda talon-toroj necha marta sodir etilganligi ahamiyat kasb etmaydi.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 31-maydagi 09-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Talon-toroj miqdori huquqbuzarlik sodir etilgan kunda amalda bo‘lgan eng kam oylik ish haqi miqdoridan kelib chiqib belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Talon-toroj etilgan mulkning qiymatini aniqlashda ishning muayyan holatlariga qarab, huquqbuzarlik sodir etilgan kundagi shartnomaviy, bozor, birja baholariga asoslanmoq lozim.
3. Korxona, muassasa, tashkilot mulkini o‘zlashtirish, rastrata qilish, mansab mavqeyini suiiste’mol qilish, firibgarlik va o‘g‘irlik yo‘li bilan talon-toroj qilish (Jinoyat kodeksining 167, 168, 169-moddalari) uchun jinoiy javobgarlik faqat talon-toroj summasi O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 61-moddasining uchinchi qismida ko‘rsatilgan miqdordan oshgan taqdirda kelib chiqadi. Alohida kvalifikatsiya belgilari mavjud bo‘lgan hollar ham bundan mustasno emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Shuni ta’kidlash kerakki, qonunga ko‘ra o‘g‘irlik va firibgarlik yo‘li bilan fuqarolarning mulkini talon-toroj qilganlik uchun jinoiy javobgarlik talon-toroj summasi miqdoridan qat’i nazar kelib chiqadi. Biroq, talon-toroj miqdori eng kam oylik ish haqining o‘ttiz baravaridan oshmagan har bir holda surishtiruv, tergov organlari va sudlar ayblanuvchining (sudlanuvchining) shaxsiga oid ma’lumotlarni hamda moddiy zararning qoplanganligini inobatga olgan holda jinoyat ishini Jinoyat kodeksining 65 va 66-moddalariga asosan tugatish masalasini muhokama etishi kerak.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 31-maydagi 09-sonli qarori tahririda)

Download 53,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish