Jazolarni liberallashtirish to‘G‘risidagi qonunni iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga nisbatan qo‘llashning ayrim masalalari haqida



Download 53,71 Kb.
bet6/7
Sana03.06.2022
Hajmi53,71 Kb.
#633804
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
JAZOLARNI LIBERALLASHTIRISH 9917

Oldingi tahrirga qarang.
9. Sudlar shunga e’tibor berigilari kerakki, Jinoyat kodeksi Maxsus qismining qator moddalari normalarida muayyan shart mavjud bo‘lib, unga ko‘ra quyidagi hollarda mahkumga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoning qo‘llanilishi istisno etiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
JK 167, 168, 170, 180, 181, 1811, 184, 1852, 1924, 19211-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar uchun — jinoyat oqibatida yetkazilgan moddiy zarar qoplangan taqdirda;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 16-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
JK 132, 173, 175, 198, 202 va 233-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar uchun — jinoyat oqibatida yetkazilgan moddiy zarar uch karra miqdorida qoplangan taqdirda.
(9-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 27-dekabrdagi 29-sonli qarori tahririda)
Shu munosabat bilan qonunning mazkur normalarida nazarda tutilgan shart bajarilgan hollarda tegishli apellatsiya, kassatsiya, nazorat instansiyasi sudi, moddiy zarar qaysi sudlov bosqichida qoplanganligidan qat’i nazar, qamoqda saqlanayotgan shaxslarga nisbatan ehtiyot chorasi turini, ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash jazosini o‘tayotgan shaxslarga nisbatan esa, jazo turini o‘zgartirish masalasini darhol hal etishi shart.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Moddiy zarar qoplangan taqdirda ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash tariqasidagi jazo qo‘llanilishi mumkin emasligi haqida Jinoyat kodeksi Maxsus qismining tegishli moddalarida ko‘rsatilgan qoida tugallanmagan jinoyatga ham, basharti zarar bilan bog‘liq oqibatlar kelib chiqqunga qadar jinoyatning oldi olingan bo‘lsa, tatbiq etiladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, sudlanuvchilardan biri tomonidan moddiy zararning to‘liq qoplanishi jinoyatning barcha ishtirokchilariga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni qo‘llamaslik uchun asos bo‘ladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qarori tahririda)
12. Sudlar iqtisodiyot sohasidagi jinoyatga oid ishlar bo‘yicha zararni qisman qoplagan shaxslarga nisbatan jazo tayinlashda JK 57-moddasini qo‘llash masalasini muhokama etishi mumkin.
Jumladan, jinoyat natijasida yetkazilgan zarar summasining kamida yarmi aybdor tomonidan qoplanganligi jazoni jiddiy kamaytiruvchi holat deb topilishi mumkin.
Sud tomonidan solidar javobgarlik belgilangan hollarda zararni qisman qoplagan shaxslarga nisbatan jazo tayinlashda ham xuddi shu prinsipga amal qilinishi kerak.
13. Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar ko‘pincha boshqa jinoyatlar, masalan, mansab vakolatini suiiste’mol qilish yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish, mansabga sovuqqonlik bilan qarash, mansab soxtakorligi va shu singari jinoyatlar bilan birgalikda sodir etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Sud har bir shunday ish bo‘yicha moddiy zararni qoplagan shaxsga nisbatan talon-toroj qilganlik uchun ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlar ekan, ishning muayyan holatlarini inobatga olib, uning boshqa jinoyatlari uchun, agar bu jinoyatlarni sodir etganlik uchun qonunda muqobil jazolar nazarda tutilgan bo‘lsa, ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash jazosini tayinlash qanchalik maqsadga muvofiq ekanligini muhokama etishi shart.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Qonun moddiy zarar qoplangan hollarda ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash tariqasidagi jazo tayinlanmasligi haqida Jinoyat kodeksi Maxsus qismining moddalarida nazarda tutilgan shartlar qo‘llanilishi imkoniyatini mahkumning sudlanganlik holati bilan bog‘lamaydi.
Bundan kelib chiqadiki, qonunda belgilangan mazkur huquqiy kafolatlar retsidiv jinoyatga, shu jumladan, muqaddam ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni o‘tab chiqqan shaxslarga nisbatan ham qo‘llaniladi.

Download 53,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish