Toshkent «noshir» 2017



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/100
Sana10.07.2022
Hajmi0,94 Mb.
#767807
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   100
Bog'liq
kimmatli kogozlar

Tayanch so‘z va iboralar
Bank
Emissiya
Sarmoyador
Bank aktivi
Emissiya risolasi
Trast
Sertifikat
Kredit
Foiz
Anderrayting
O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar
1. Bankning emissiya siyosati deganda nimani tushunasiz?
2. Banklar qimmatli qog‘ozlar portfelini shakllantirishda qaysi
usulni qo‘llaydilar?
3. Markaziy bankning asosiy vazifalari nimalardan iborat?
4. Banklarning qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarini sanang?
5. O‘zbekiston banklarini investitsiyalashning bosh obyekti nima?
6-MAVZU
FOND BIRJASI. FOND BIRJASI
VA UNING TASHKILIY ASOSLARI
O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga ko‘ra
fond birjasi
— ochiq va oshkora birja savdolarini oldindan
belgilangan vaqtda va belgilangan joyda o‘rnatilgan qoidalar
asosida tashkil etish hamda o‘tkazish orqali faqat qimmatli
qog‘ozlar savdosi uchun sharoitlar yaratuvchi yuridik shaxs.
Fond birjasi qimmatli qog‘ozlar bilan birja faoliyatini
yuritish uchun litsenziyaga ega bo‘lishi kerak. Fond birja-
larining muassislari bo‘lib qimmatli qog‘ozlar bilan opera-
tsiyalarni amalga oshirish uchun ruxsatnomaga (litsenziyaga)
ega bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar qatnashishi mumkin.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralari, ularning xodimlari
va mutaxassislari birjalarning muassislari sifatida ishtirok
etishi mumkin emas.
Fond birjasida qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar
quyidagi asosiy tamoyillarga muvofiq amalga oshiriladi:
— birja savdolarining ishtirokchilari, shuningdek, birja
xizmatkorlari tomonidan qonunchilik va birja qoidalariga
qat’iy rioya qilinishi;
— birja savdolarining barcha ishtirokchilari uchun teng
sharoitlar yaratilishi;
— birja savdolari o‘tkazilishini oldindan belgilangan joy
va yil bilan reglamentlash yo‘li orqali ushbu savdolarning
regla mentlanishini ta’minlash;
— tuziladigan bitimlarning ixtiyoriyligi;
— amalda yuzaga kelgan talab va taklif asosida narxni
belgilash;


152
153
— birja savdolariga ruxsat etilgan qimmatli qog‘ozlar
haqidagi ishonchli va to‘liq ma’lumotlarni zudlik bilan e’lon
qilish hamda birja savdolari ishtirokchilarini birja bitimla-
rining narxlari to‘g‘risida xabardor qilish;
— qonun yo‘li bilan talab etiladigan birja axborotini
taqdim etish va e’lon qilish;
— tovlamachilik, narxlar bilan nayrangbozliklar qilinishi,
qasddan noto‘g‘ri axborot berilishining taqiqlanishi va ta’qib
qilinishi va h.k.
Birjada quyidagilar taqiqlanadi:
— qalbaki, sun’iy qisqa muddatli bitimlarning tuzilishi;
— monopoliyaga qarshi siyosatni yuritishga vakil etilgan
organ bilan oldindan kelishuvlarsiz bir-birining mulkini
nazorat qiluvchi bir shaxs yoki shaxslar guruhi tomonidan
biror-bir emitent aksiyalarining 35 va undan ortiq foizini
ta’minlovchi yoki aksiyadorlar ovozlarining 50 foizidan orti-
g‘ini ta’minlovchi aksiyalarni xarid qilish hamda bitimlarni
ro‘yxatga olish;
— bir shaxs tomonidan bevosita yoki baholar kotirovkasiga
ta’sir ko‘rsatishni maqsad qilgan soxta shaxs orqali qimmatli
qog‘ozlarni sotib olish (sotish) bo‘yicha ko‘lamli bitimlarning
tuzilishi;
— qimmatli qog‘ozlar bozori konyunkturasining sun’iy
ravishda o‘zgarishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yolg‘on
xabarlarni tarqatish va qimmatli qog‘ozlar bilan savdolar
qilishning asosiy tamoyillariga hamda amaldagi qonun
hujjatlariga zid bo‘lgan boshqa harakatlar.
Fond birjalari o‘zini o‘zi tartibga soluvchi tashkilotlar
jumlasiga kiradi. Bu shuni anglatadiki, birjalar qimmatli
qog‘ozlar bilan birja savdolari qoidalarini, birjaning tarkibiy
tuzilmalari, ularni a’zolarining ishini tartibga soluvchi huj-
jatlarni mustaqil ravishda ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, biroq
bularning barchasi qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi
amaldagi qonun hujjatlari doirasida amalga oshirilishi lozim.
Xususan, birja operatsiyalarining qoidalari majburiy tartibda
quyidagi ta’riflarni nazarda tutishi kerak:
— muayyan birjada qimmatli qog‘ozlar bilan savdo-sotiq
qilish tamoyillari;
— birja savdolari ishtirokchilarining tarkibi va ularga
nisbatan qo‘yiladigan talablar; birja yig‘ilishlarining joyi va
yili haqida axborot;
— qimmatli qog‘ozlarning birja savdolariga ruxsat etilishi
tartibi;
— birja bitimlari;
— mijozlarning brokerlarga topshiriqnomalari (buyruq-
lari)ning turlari;
— savdolarni tashkil etish;
— bitimlarni ro‘yxatga olish va rasmiylashtirish tartibi;
— bitimlarni tuzishda foydalaniladigan shartnomalar,
arizalar, hisobotlar, xabarnoma shakllari va boshqa birja
hujjatlarining namunalari.
Birja savdolarining ichki qoidalari, birjaning ustavi maj-
buriy tartibda O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlar bozorini tar-
tibga soluvchi organ bilan kelishilishi zarur.
O‘z vazifalarini bajarish uchun fond birjalari:
— birja a’zoligiga kirish uchun zarur bo‘lgan investitsiya
muassasalariga nisbatan qo‘yiladigan majburiy talablarni bel-
gilashi; savdolarda birja a’zolarining vakillariga qo‘yiladigan
malaka talablarini belgilashi;
— ekspert, malaka, kotirovka, bahslarni hal etish uchun
nizolar bo‘yicha komissiya, maslahat va ma’lumotnomalar
byurosini tashkil etishi;
— kirish va joriy a’zolik badallari, bitimlarni ro‘yxatga
olish, texnik xizmatlar, birjaga doimiy va bir martalik kelib
ketuvchilarning tashrifi uchun to‘lovlarni belgilashi va undirib
olishi;
— ustavni, savdolar qoidalarini buzganlik uchun, ro‘yxatga
olish yig‘imlarini o‘z yilida to‘lamaganlik uchun jarimalarni
undirib olishi;


154
155
— birja qo‘llanmalari, ma’lumotnomalari, to‘plamlarini
nashr qilishi mumkin.
Qimmatli qog‘ozlar bozorida birja faoliyati fond birjasi-
ning maxsus faoliyat turi bo‘lganligi bois, qonunchilik bilan
uning daromad manbalari qat’iy reglamentlangan. Chu-
nonchi, birja faoliyatini moliyalash o‘z aksiyalarini, paylarini,
brokerlik joylarini sotish, muntazam a’zolik badallari, birja
bitimlarini ro‘yxatga olishdan tushgan yirimlar, qimmatli
qog‘ozlar bilan operatsiyalarda vositachilik qilganlik uchun
vositachilik haqlari, shuningdek, axborot va ayrim boshqa
xizmatlardan olingan daromadlar hisobidan amalga oshirilishi
mumkin.

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish