162
163
1-chizma.
“Toshkent” Respublika fond birjasining
tashkiliy tuzilmasi.
1
«Toshkent» RFBning barcha funksional bo‘linmalarini
ikki guruhga bo‘lish mumkin. Birinchi guruh – bu oddiy
korxonalarga xos bo‘linmalardir. Bunga quyidagilar kiradi:
ishlar boshqarmasi, birjaga to‘lanishi lozim bo‘lgan yig‘imlar
va to‘lovlarning o‘z yilida kelib tushishini nazorat qiluvchi
hisob-kitob to‘lovining moliya boshqarmasi, huquqiy bosh-
qarma, nashriyot xizmati, ommaviy axborot vositalari bilan
ishlash xizmati va tashqi aloqalar xizmati bilan axborot bosh-
qarmasi. Mazkur bo‘linmalarning vazifalari barchaga ma’-
lum, ya’ni istalgan boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning
vazifalari bilan bir xil. Ikkinchi guruh – bu muayyan birja
xususiyatlariga ega bo‘lgan faqat fond birjalariga xos bo‘lgan
bo‘linmalar. Ularga quyidagilar kiradi:
— savdolarni tayyorlash va o‘tkazish boshqarmasi, u
savdolarni tashkil etishga doir amalga oshiriladigan butun
chora-tadbirlar majmuasiga brokerlarni tenglashtirishdan
tortib, to ular tomonidan bitimlar tuzish va tegishli hujjatlarni
rasmiylashtirish bo‘yicha operatsiyalarning to‘liq tugalla-
nishigacha javob beradi. Unga quyidagilar kiradi:
— savdolarni tayyorlash va o‘tkazish xizmati, u savdolarni
tayyorlash, tashkil etish va o‘tkazish ishlarining to‘liq jara-
yonini, ya’ni brokerlardan qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisiga
doir talabnomalarni
qabul qilishdan tortib, to maxsus das-
turiy-texnik savdo majmuasi yordamida o‘tkaziladigan
savdolarga xizmat ko‘rsatish ishlarini amalga oshiradi;
— bitimlarni ro‘yxatga olish va rasmiylashtirish xizmati,
u birjada tuzilgan bitimlarni ro‘yxatga olish, savdo tadbir-
larining yakunlovchi bosqichida ularning rasmiylashtirish
ishlarini amalga oshiradi;
XIFlar dasturiga xizmat ko‘rsatish xizmati, u maxsus
kompyuter dasturidan foydalangan
holda xususiylashti-
rilayotgan korxonalar aksiyalarini XIFlarga sotish bo‘yicha
elektron kimoshdi savdolarining o‘tkazilishini tashkil etish-
ning o‘ziga xos vazifalarini amalga oshiradi;
1
Ìàíáà: www.uzse.uz.
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi
Kuzatuv kengashi
Boshqaruvning ijroiya organi
Boshqaruv raisi
Buxgalteriya
Taftish komissiyasi
RFB maslahatchisi
Boshqaruv raisi o‘rinbosari
RFBning Qoraqalpog‘iston
Respublikasi va viloyatlardagi
filiallari
Makleriat
Birja a’zolarini
akkreditatsiyalash va
aksiyadorlar bilan o‘zaro
aloqalar sektori
Xo‘jalik xizmati
Arbitraj komissiyasi
Kotirovka komissiyasi
Malaka komissiyasi
Listing komissiyasi
Axborot texnologiyalari bo‘limi
Aloqa va axborotlar xavfsizligi
bo‘limi
Huquqiy bo‘lim
Metodologiya sektori
Ekspert-tahlil markazi
Devonxona
164
165
— aksiyadorlar, birja a’zolari bilan o‘zaro hamkorlik
qilish va sho‘ba xo‘jalik jamiyatlari
faoliyatini muvofiq-
lashtirish boshqarmasi, u aksiyadorlar bilan ishlash, birjaga
a’zolikni rasmiylashtirish, brokerlik idoralarini akkredi-
tatsiyalash, ularning pasportlarini yuritish, tashkiliy talablarga
rioya etishini nazorat qilish (brokerlarda shaxodatnomalarning
mavjudligi, a’zolik badallarining o‘z yilida to‘lanishi, yil
davomida brokerlik joyidan foydalanish), brokerlik joyla-
rining
ijara shartnomalarini, birja a’zolarining tarkibidan
chiqishni rasmiylashtirish vazifalarini amalga oshiradi, shu-
ningdek, birjaning mintaqaviy sho‘ba korxonalarining faoliya-
tini nazorat qiladi;
— texnikaviy ta’minot boshqarmasi birja tizimlari xizmati,
orgtexnikadan foydalanish va unga xizmat ko‘rsatish xizmati
hamda aloqa xizmatidan tarkib topgan.
Birja tizimlari xizmati qimmatli qog‘ozlar bilan savdo
qilishning amaldagi tizimining mos ravishda ishlashini ta’min-
laydi, uning faoliyat ko‘rsatishini nazorat qiladi, takomil-
lashuvi ustida ish olib boradi. Birja savdo tizimlarining
rivojlanishini birjani faoliyat ko‘rsatishining boshlang‘ich bos-
qichidan (u yilda savdolar bitta binoda «ovoz orqali» o‘t-
kazildi (1994–1995-y.y.)), oraliq bosqichidan (unda savdolar
«ovoz orqali», lekin selektor aloqasi orqali birjaning viloyat-
lardagi mintaqaviy bo‘linmalarini qo‘shish bilan (1995–
1996-y.y.)) boshlab va to hozirgi bosqichgacha (unda savdo-
larning elektron tizimi mavjud bo‘lib, uning faoliyat ko‘rsa-
tishi zamonaviy asbob-uskuna va aloqa vositalari, shu jum-
ladan, yo‘ldosh aloqasi bilan
jihozlangan yagona savdo
majmuasini ta’minlaydi) kuzatish mumkin.
Orgtexnikadan foydalanish va unga xizmat ko‘rsatish
xizmati murakkab birja savdo tizimi hamda fond birjasining
turli bo‘linmalarida mavjud bo‘lgan kompyuter parkini
ta’minlaydi.
Aloqa xizmati ishining o‘ziga xosligi shundaki, aniq yil
tizimida birja savdolarini o‘tkazishda birjaning markaziy
savdo zali va respublika mintaqalarida joylashgan savdo
maydonchalari o‘rtasida barqaror aloqa ta’minlanishi zarur.
Yana shuni ta’kidlash joizki, savdo zalidagi avtomatlash-
tirilgan brokerlik joylari
telefonlar bilan jihozlangan, ular
orqali brokerlar savdolarning butun jarayoni davomida
mijozlar bilan turli mavqelar bo‘yicha shartlarni aniqlashi
mumkin.
Ekspert-kotirovka xizmati, tahliliy xizmat va metodologiya
xizmatini o‘z ichiga olgan ekspert-tahliliy boshqarma tegishli
ravishda qimmatli qog‘ozlar narxining birja kotirovkasi,
qimmatli qog‘ozlari birja savdolarida kotirovka qilinayotgan
yoki kotirovkaga taqdim qilingan emitentlarning moliyaviy-
xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish; o‘tgan savdolar haqida turli
xil hisobotlar va ma’lumotlarni tayyorlash (birja aylanmalarini
viloyatlar, tarmoqlar, uyushmalar, kontsernlar,
birlamchi
hamda ikkilamchi bozorlar va shu kabilar bo‘yicha guruhlash)
bilan bog‘liq ishlar majmuasini amalga oshiradi; yaqin va
uzoq xorij fond birjalarining ish tajribalarini ham qonuniy,
ham texnikaviy nuqtayi nazardan, shuningdek, uni mahalliy
sharoitlarda qo‘llash imkoniyatlarini tadqiq qilish.
Fond birjasining tarkibiy tuzilmalari qatorida komissiyalar
alohida o‘rin tutadi. Ular, odatda, fond birjasining xodim-
lari — yuqori malakali, tajribali mutaxassislaridan tarkib
topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: