Toshkent «noshir» 2017


Markaziy banklar qimmatli qog‘ozlar bozorida



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/100
Sana10.07.2022
Hajmi0,94 Mb.
#767807
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   100
Bog'liq
kimmatli kogozlar

Markaziy banklar qimmatli qog‘ozlar bozorida.
Markaziy bankning asosiy bajaradigan vazifalari
Markaziy banklar qimmatli qog‘ozlar bozorida katta rol
o‘ynaydi. Shuni yodda tutish kerakki, markaziy banklar
avvalambor emission banklar bo‘lib, odatdagi kredit muassa-
salari vazifalaridan farqlanadigan bir qancha vazifalarni
bajaradi. Hozirgi zamon markaziy banklarining asosiy
vazifalari quyidagilardan iborat:
— kredit pullarni chiqarish (pul emissiyasi);
— boshqa kredit muassasalari kassa zaxiralarini akkumu-
latsiyalash va saqlash;
— mamlakatning rasmiy oltin-valuta zaxiralarini saqlash;
— tijorat banklariga kreditlar berish;
— hukumat uchun kredit va hisob-kitob operatsiyalarini
bajarish;


144
145
— hisob-kitoblarni, shuningdek, o‘tkazma operatsiyalarni
tashkil etish va amalga oshirish;
— iqtisodiyotni pul-kredit bilan tartibga solish.
Ushbu vazifalarning katta qismi ozmi-ko‘p darajada
qimmatli qog‘ozlar bilan ham bog‘langan bo‘lib, quyida
shu haqda so‘z yuritiladi.
Markaziy banklarning emission funksiyasi qimmatli
qog‘ozlar bilan o‘ta uzviy bog‘liqdir. Oltin standart (andoza)
sharoitlarida markaziy bank banknotlari qonun bo‘yicha ikki
tomonlama ta’minotga ega bo‘lishi – tijorat banklari va
oltin bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak edi. Ammo hozirgi
yilda kredit pullar emissiyasi ko‘proq hukumat obligatsiyalari
bilan amalga oshirilmoqda. Banknotlar emissiyasining tovar
muomalasi bilan bevosita aloqasi sustlashib qoldi, majburiy
oltin ta’minoti ko‘pgina davlatlarda qayd etilgan. Oltinning
zaxira vositasi sifatidagi roli pasayishiga Angliya Markaziy
banki tomonidan rasmiy oltin zaxirasi yarmining 1999-yili
sotilishi dalil bo‘la oladi.
Yuqorida eslatib o‘tilganidek, ayrim davlatlar (masalan,
Shvetsiya)da markaziy banklar qimmatli g‘og‘ozlar bozorini
tartibga solib turuvchi davlat organlari hisoblanadi.
Ko‘pgina mamlakatlarda, shu jumladan, bizning respub-
likamizda markaziy bank bunday tartibga solishda bosh rolni
o‘ynamasa ham, fond bozori (masalan, depozit va omonat
sertifikatlar bozori) biror segmentining holati uchun to‘liq
yoki fond bozorini davlat tomonidan boshqarish organlari
bilan birgalikda javob berib, salmoqli o‘rin tutadi. Bunda
markaziy bank, boshqa tartibga solish organlari kabi, qonun-
chilik funksiyalari (bu sohadagi yo‘riqnomalar, nizomlarni
tayyorlash va ba’zi hollarda ularni tasdiqlash)ni amalga
oshiradi, qimmatli qog‘ozlarning ayrim turlari (depozit va
omonat sertifikatlar, bank veksellari) emissiyasini ro‘yxatdan
o‘tkazadi, tijorat banklarining fond bozoridagi ish faoliyatini
litsenziyalaydi, markaziy bank mas’uliyati doirasiga kiradigan
qimmatli qog‘ozlar biror segmentining holatini nazorat
qiladi, bu sohada amaldagi qonunlarning buzilishiga yo‘l
qo‘ygan subyektlarga nisbatan jarimaga tortish choralarini
qo‘llaydi. O‘zbekistonda ayni shu – Markaziy bank tijorat
banklari tomonidan depozit va omonat sertifikatlarni muo-
malaga chiqarish imkoniyati to‘g‘risidagi masalani hal qiladi,
buning uchun tijorat banklari tegishli hujjatlar to‘plamini
ko‘rib chiqish uchun unga taqdim etadi.

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish