Toshkent moliya instituti "moliya" kafedrasi "davlat byudjeti"


-MAVZU. DAVLAT BYUDJETI DAROMADLARI TIZIMI



Download 13,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/346
Sana22.04.2022
Hajmi13,85 Mb.
#573232
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   346
Bog'liq
Davlat byudjeti ouq 2018

9-MAVZU. DAVLAT BYUDJETI DAROMADLARI TIZIMI
REJA:
9.1. Byudjet daromadlarining iqtisodiy mazmuni va manbalari 
9.2. Davlat byudjeti daromadlari tarkibi, tuzilishi va dinamikasi 
9.3. Byudjet daromadlarining shakllanishida soliqlarning ahamiyati 
9.4. Davlat byudjetining soliqsiz daromadlari tarkibi va tuzilishi 
 
Tayanch so„z va iboralar:
davlat byudjeti daromadlari; milliy daromad; milliy boylik; 
soliq; iqtisodiy kategoriya; soliqqa tortish obyekti; oborotdan olinadigan 
soliqlar; daromaddan olinadigan soliqlar; mol-mulk qiymatidan 
olinadigan soliqlar; bevosita va bilvosta soliqlar; umumdavlat va 
mahalliy soliqlar; majburiy to„lovlar; bojxona bojlari; soliqsiz 
daromadlar. 
 
9.1. Byudjet daromadlarining iqtisodiy mazmuni va manbalari
Jahonning turli mamlakatlarida har xil sabablar bilan ijtimoiy-iqtisodiy 
inqirozlar yuz berayotgan hozirgi davrda O‗zbekistonda puxta o‗ylangan soliq-
byudjet siyosati mamlakatimizning o‗z oldiga qo‗ygan maqsadlari sari dadil 
odimlab borishiga xizmat qilmoqda. Oxirgi yillarda yalpi ichki mahsulot o‗sishi 8 
foizdan kam bo‗lmayotganligi, davlat byudjetining profitsit bilan ijro 
qilinayotganligi ham mamlakatimizda yuritilayotgan fiskal siyosatning oqilona 
ishlab chiqilganligi va samarali amalga oshirilayotganligining yana bir isbotidir.
Rivojlanishning navbatdagi ustuvor yo‗nalishlari va vazifalarini samarali 
bajarishda davlat byudjeti ham samarali dastak-vosita sifatida faol ishtirok etadi.
Ma‘lumki, davlat byudjeti mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot va 
uning tarkibiga kiruvchi milliy daromadning qiymatini qayta taqsimlashda ishtirok 
etadi.
Bunday qayta taqsimlash jarayonlari natijasida byudjet daromadlari 
shakllanadi. Byudjet daromadlari davlat markazlashgan moliyaviy resurslarining 
bir qismi bo‗lib, davlatning funksiyalarini bajarish uchun zarurdir. Ular pul 
mablag‗lari fondlarini shakllantirish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy 
(moliyaviy) munosabatlarni o‗zida ifoda etadi va turli darajadagi hokimiyat 
organlarining ixtiyoriga kelib tushadi. 
Davlat byudjeti daromadlari – 
davlat bilan korxonalar, tashkilotlar
muassasalar va aholi o‗rtasidagi davlat markazlashgan pul fondining shakllanishi 
yuzasidan vujudga keladigan iqtisodiy pul munosabatlari hisoblanadi.
Byudjet daromadlarining asosiy moddiy manbai milliy daromaddir. Agar 
davlatning moliyaviy ehtiyojlarini qondirish uchun milliy daromad yetarli 
bo‗lmasa, davlat bunday ehtiyojni qondirishga milliy boylikni jalb etishi mumkin. 
Milliy boylik
deganda ma‘lum bir davrda jamiyatning ixtiyorida bo‗lgan, hozirgi va 
o‗tgan avlodning mehnatlari evaziga yaratilgan moddiy ne‘matlar hamda 


93 
kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayoniga jalb qilingan tabiiy resurslar 
majmui nazarda tutiladi.
Milliy daromadni davlat tomonidan davlatlashtirish (davlat ixtiyoriga 
o‗tkazish) turli usullar yordamida amalga oshiriladi. Soliqlar, davlat krediti va pul 
emissiyasi davlat hokimiyat organlari tomonidan milliy daromadni qayta 
taqsimlash va byudjet daromadlarini shakllantirish uchun foydalaniladigan 
usullarning asosiylari bo‗lib hisoblanadi. Bu usullar o‗rtasidagi nisbat mamlakatlar 
va davrlar bo‗yicha turlicha bo‗lib, mamlakatdagi iqtisodiy vaziyat, ijtimoiy-
iqtisodiy va boshqa qarama-qarshiliklarning o‗tkirlik darajasi, davlatning 
moliyaviy siyosati va moliyaviy ahvoli bilan belgilanadi. 
Milliy daromadni qayta taqsimlashning asosiy usuli soliqlar hisoblanadi. 
Ular yordamida byudjet daromadlarining asosiy qismi shakllantiriladi. Turli 
mamlakatlar markaziy byudjetlarining daromadlarida soliq tushumlari qariyb 60-
95 foizni tashkil etadi.
Byudjet daromadlarining asosiy qismi soliqlar yordamida byudjetga 
undirilishi tufayli ularga nisbatan bu jarayonda quyidagi prinsiplardan 
foydalaniladi: 
-
soliqlarning byudjetga undirilishi mamlakat milliy daromadi va milliy 
boyligi manbalarining tugashiga olib kelmasligi; 
-
soliqlar ularni to‗lovchilar o‗rtasida teng (adolatli) taqsimlanishi
-
soliqlarning ishlab chiqaruvchilar aylanma fondlari hajmiga salbiy ta‘sir 
ko‗rsatmasligi; 
-
soliqlarning sof daromadga nisbatan hisoblanishi; 
-
davlat uchun soliqlarning undirilishi iloji boricha arzonroq bo‗lishi; 
-
soliqlarning undirilish jarayoni xususiy sektorni siqib chiqarmasligi. 
Davlat byudjeti daromadlarining amal qilishi mexanizmi haqida so‗z borar 
ekan, avvalo byudjet daromadlarining nazariy asoslariga to‗xtalish maqsadga 
muvofiqdir. Ayrim adabiyotlarda, ma‘ruzalarda va boshqa ilmiy ishlarda ―davlat 
byudjeti daromadlarining asosiy bosh manbai soliqlardir‖, degan bizning 
nazarimizda birmuncha noto‗g‗ri bo‗lgan fikrlarni uchratish mumkin. Aslida, 
davlat byudjeti daromadlarining asosiy manbai bo‗lib mamlakat yalpi milliy 
mahsuloti va milliy daromadi hisoblanadi, davlat markazlashgan pul fondiga 
mablag‗larni jalb qilish quroli esa soliqlardir.
Soliqlar
majburiy pullik to‗lovni ifoda etuvchi pul munosabatlarini bildirib, 
bu munosabatlar soliq to‗lovchilar (yuridik va jismoniy shaxslar) bilan soliqni o‗z 
mulkiga aylantiruvchi subyekt sifatida davlat o‗rtasida sodir bo‗ladi. Korxona va 
tashkilotlar tovar mahsulotlarini ishlab chiqarganida va sotganida, aholiga turli 
xizmatlarni ko‗rsatganida, ishlar bajarganida yoki bozorlarda oldi-sotdi qilganda 
ham pul to‗lovlarini amalga oshiradi. Lekin bu munosabatlarning hammasi ham 
soliq munosabati bo‗la olmaydi. Soliq munosabatida davlat mamlakatda yaratilgan 
yalpi ichki mahsulot qiymatini taqsimlash va qayta taqsimlash yo‗li bilan majburan 
davlat byudjetiga mablag‗ to‗plash jarayonini amalga oshiradi. 
Soliqlar davlat byudjetiga, davlatning boshqa maqsadli jamg‗armalariga 
kelib tushadigan, majburiy harakterga ega bo‗lgan pul munosabatlaridir. 


94 
Shuningdek, soliqlar iqtisodiy kategoriya bo‗lganligi uchun bozor iqtisodiyoti 
munosabatlari, shu jumladan, moliyaviy munosabatlar tarkibiga kiradi. Bozor 
iqtisodiyoti erkin iqtisodiyotdir, ya‘ni har bir yuridik shaxs, tadbirkor o‗z tovariga 
erkin baho belgilashi, mahsulot yetkazib beruvchini ixtiyoriy tanlashi va o‗zi 
iste‘molchini topib, unga mahsulotini sotish huquqiga ega. Shuning uchun davlat 
ular daromadlarining bir qismini taqsimlab, byudjetga oddiy ajratma sifatida 
ololmaydi. Soliq shaklida daromadlarni undirish uchun qonun chiqaruvchi 
organning qarori zarur, ya‘ni qonuniy asosda undirilgan to‗lov byudjetga o‗tadi. 
Erkin iqtisodiyot sharoitida soliqlar ham erkin, ochiq, aniq bo‗ladi, demokratik 
to‗lovga aylanadi. 
Soliqlar iqtisodiy kategoriya hisoblanadi, soliq munosabatlarini tashkil 
qilishda soliq to‗lovchilar va davlat o‗rtasida daromadlar taqsimlanayotganda 
tomonlarning iqtisodiy manfaatlarini albatta e‘tiborga olish zarur. Davlat soliq 
to‗lovchilar daromadini istaganicha ololmaydi, soliqlarni byudjetga undirishning 
ma‘lum chegarasi mavjud. Bu chegarani davlat, soliq to‗lovchilarning mahsulot 
ishlab chiqarish va foyda olishdagi faoliyatini hisobga olib belgilaydi. Ikkinchi 
tomondan, 
soliqlardan 
makrodarajada 
iqtisodiyotni 
rivojlantirish, 
bozor 
infratuzilmasini yaratish va boshqa umumdavlat maqsadlari uchun yetarli 
moliyaviy resurslar to‗plash uchun foydalaniladi. Soliqlarning mohiyati soliq 
to‗lovchilar bilan davlat o‗rtasidagi doimiy, uzoq muddatli munosabatlarda o‗z 
ifodasini topadi. 

Download 13,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish