Toshkent moliya instituti "moliya" kafedrasi "davlat byudjeti"


O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 23-moddasi asosida.  Soliqlar va boshqa



Download 13,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/346
Sana22.04.2022
Hajmi13,85 Mb.
#573232
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   346
Bog'liq
Davlat byudjeti ouq 2018

1
O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 23-moddasi asosida. 
Soliqlar va boshqa 
majburiy to„lovlarning turlari
Soddalashtirilgan tartib-
da to„lanadigan soliqlar
DMJlariga majburiy 
to„lovlar
Umumiy tartibda 
to„lanadigan soliqlar
1) ijtimoiy jamg‗arma-
largamajburiy to‘lovlar: 
-
yagona ijtimoiy to‘lov;
-
fuqarolarning byudjet-
dan tashqari Pensiya 
jamg‗armasiga sug‗urta 
badallari;
-
byudjetdan 
tashqari 
Pensiya jamg‗armasiga 
majburiy ajratmalar; 
2) Respublika yo‘l jam-
g‗armasiga 
majburiy 
to‘lovlar: 
-
Respublika yo‘l jam-
g‗armasiga majburiy aj-
ratmalar; 
-
Respublika yo‘l jam-
g‗armasiga yig‗imlar 
-
yuridik 
shaxslardan 
foyda solig‗i; 
-
jismoniy shaxslardan 
daromad solig‗i; 
-
qo‘shilgan 
qiymat 
solig‗i; 
-
aksiz solig‗i; 
-
yer qa‘ridan foydala-
nuvchilar uchun soliqlar 
va maxsus to‘lovlar;
-
suv resurslaridan foy-
dalanganlik uchun soliq; 
-
mol-mulk solig‗i; 
-
yer solig‗i; 
-
obodonlashtirish va ij-
timoiy 
infratuzilmani 
rivojlantirish solig‗i;
-
transport vositalariga 
benzin, dizel yoqilg‗isi 
va gaz uchun soliq. 
-
yagona soliq to‗lovi;
-
yagona yer solig‗i; 
-
tadbirkorlik 
faoliyatining ayrim turla-
ri bo‗yicha qat‘iy belgi-
langan soliq 
Boshqa majburiy 
to„lovlar
-
davlat boji; 
-
bojxona to‘lovlari; 
-
ayrim turdagi tovarlar 
bilan 
chakana 
savdo 
qilish va ayrim turdagi 
xizmatlarni 
ko‘rsatish 
huquqi uchun yig‗im 


96 
Yer maydonlaridan olinadigan soliqlarga
qishloq xo‗jalik tovar ishlab 
chiqaruvchilarining yagona yer solig‗i va yuridik (noqishloq xo‗jalik) va jismoniy 
shaxslar tomonidan to‗lanadigan yer solig‗i kiradi.
Iqtisodiy mohiyatiga ko‗ra soliqlar 
egri va to„g„ri
soliqlarga yoki 
bevosita va 
bilvosta
soliqlarga 
bo‗linadi. 
To‗g‗ri 
soliqlarni 
to‗g‗ridan-to‗g‗ri 
soliq 
to‗lovchilarning o‗zi to‗laydi, ya‘ni soliqning huquqiy jihatdan to‗lovchisi ham, 
haqiqiy to‗lovchisi ham bitta shaxs bo‗ladi. To‗g‗ri soliq yukini boshqalar 
zimmasiga ortish holati bu yerda bo‗lmaydi. Bu soliqlarga daromaddan va 
mulkdan to‗lanadigan barcha soliqlar kiradi. 
To„g„ri soliqlar
bo‗yicha to‗g‗ridan-to‗g‗ri daromaddan soliq to‗langanligi 
uchun soliqlar stavkasining kamaytirilishi korxonalar daromadining ko‗p qismini 
ularga qoldirib, ular investitsiya faoliyatini kengaytirish imkonini yaratadi va shu 
yo‗l bilan bozor iqtisodiyotining rivojlanishiga turtki beriladi. Bu soliqlarning 
stavkalari ko‗paytirilsa, korxonalarning biznes imkoniyatlari kamaya borib, 
iqtisodiy rivojlanishni susaytiradi. Demak, bu guruh soliqlarning stavkalari 
to‗g‗ridan-to‗g‗ri bozor iqtisodiyoti rivoji bilan chambarchas bog‗liqdir. 
Egri soliqlarning
yuridik jihatdan to‗lovchilari mahsulot (ishlar, xizmatlar) 
yuklab yuboruvchilar (xizmat ko‗rsatuvchilar) bo‗lib, soliqning haqiqiy og‗irligi 
keyingi (so‗nggi) iste‘molchining zimmasiga tushadi, ya‘ni bu yerda haqiqiy soliq 
to‗lovchi yashiringan. Bu soliqlarning summasi tovar (ish, xizmat) narxi ustiga 
ustama ravishda qo‗yiladi. Bu soliqlarning ijobiy tomoni respublikada ishlab 
chiqarilgan tovarlarning chetga chiqib ketishini chegaralaydi, mamlakat ichida 
tovarlar ko‗p bo‗lishiga yordam beradi. Egri soliqlar orqali tovarlar qiymati 
oshirilmasa, bozorlarda ularning taqchilligi ortadi. Egri soliqlar stavkasining asosli 
ravishda oshirilishi korxonalar faoliyatining moliyaviy yakuniga to‗g‗ridan-to‗g‗ri 
ta‘sir etmaydi, ya‘ni investitsion faoliyatini qisqartirmaydi. Ammo soliq stavkasi 
tahlil qilinmasdan oshirib yuborilsa, korxonalar sotish qiyinchiligiga uchrab, foyda 
olishni ham, byudjetga to‗lovlarni ham kamaytirishi mumkin. 
Bu soliqlarning yana bir tomoni - muomaladagi ortiqcha pul massasini 
kamaytirib, inflyatsiyani jilovlab boradi. Biroq bu soliqlar mehnat bilan band 
bo‗lgan aholining real daromadlarini pasaytiradi. Korxonalarda to‗g‗ri soliqlar 
stavkasini kamaytirish hisobiga berilgan imkoniyat ko‗proq mahsulot ishlab 
chiqarishni ko‗paytirib, tovarlar assortimentining oshishini ta‘minlashi kerak.
Jahon soliq amaliyotida to‗g‗ri va egri soliqlar nisbatiga qarab u yoki bu 
mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish darajasini yoki iqtisodiy qiyinchiliklarini 
tahlil qilish mumkin. Masalan. AQSh da to‗g‗ri soliqlar salmog‗ining byudjet 
daromadida 90 foizga yaqin bo‗lishi bu yerda rivojlangan bozor iqtisodiyoti amal 
qilayotganidan darak beradi. 
Egri soliqlar tarkibiga qo‗shilgan qiymat solig‗i, aksiz solig‗i, bojxona boji, 
yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq kabilar kiradi.
Byudjet tizimi bo‗g‗inlari daromadlarini shakllantirishiga ko‗ra soliqlarning 
umumdavlat va mahalliy soliqlarga
bo‗linishi hukumat idoralarining markaziy 
hukumat va mahalliy hukumatlarga bo‗linishi asosida kelib chiqadi (9.2-rasm).


97 
Har bir hokimiyat idoralari o‗zlarining bajaradigan muhim vazifalaridan 
kelib chiqib, o‗z byudjetiga va uni ta‘minlaydigan soliqlarga ega bo‗lishi kerak. 
Respublika hukumati umumdavlat miqyosida katta vazifalarni - mudofaa, milliy 
havfsizlikni ta‘minlash, tartib intizom infratuzilmasini yaratish, turli ijtimoiy 
xizmatlarni moliyalashtirish, fuqarolar ijtimoiy himoyasini tashkil etish va boshqa 
bir qator yirik vazifalarni bajaradi. Shuning uchun uning byudjeti ham, soliqlari 
hajmi ham salmoqli bo‗lishi shart. Qo‗shilgan qiymat solig‗i, aksiz solig‗i, yuridik 
shaxslarning daromadi(foydasi)dan, jismoniy shaxslar daromadidan olingan 
soliqlar respublika byudjetiga tushadi. 

Download 13,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish