BILIMLAR BELLASHUVINING 1- BOSQICHI
Umumta’lim maktablar uchun GEOGRAFIYA fanidan test savollari. 8-sinf
I-variant
1.O’zbekiston cho’llarida necha boshgacha qo’y boqsa bo’ladi ?
a) 3 mln b) 5 mln c) 10 mln d) 12 mln
2. Mehnatda band aholining respublikamizda necha foizi qurilishga to’g’ri keladi ?
a) 9.3 %b) 13.4 % c) 15 % d) 21.7 %
3. “Iqlimlar kitobi “ asarining muallifi kim ?
a) Ali Ma’sudiy b) Abu Ishoq Istaxriy c) Yoqut Ibn Abdulla d) Yevremov
4. Yer po’sti bilan yuqori mantiya oralig’idagi chegarani nechanchi yilda yevropalik olim Moxorovichich aniqlagan ?
a)1914 yil b) 1918 yil c) 1925 yil d) 1930 –yil
5. Amazonka daryosining chap irmoqlari qaysi oylarda to’lib oqadi ?
a) dekabr-fevral b) aprel-iyun c) mart –may d) iyun-avgust
6. Quyidagi daryolardan qaysi biri Botirboy va Seversev muzligidan boshlanuvchi Botirboy bilan Xonakasuv irmog’ining qo’shilishidan vujudga keladi ?
a) Jinni daryo b) Oqsuv c) Tanxozdaryo d) G’uzordaryo
7. Janubiy Xitoy past burmali tog’lari qanday foydali qazilmalari bilan mashhur ?
A) qalay va temir b) qalay va Volfram c) toshko’mir va volfram d) temir va volfram
8.Nurota to’gining qaysi qismini Qo’ytoshtog’i deb yuritishadi ?
a) SHimoliy b ) SHarqiy c) G’arbiy d) Janubiy
9. Quruq o’tinning issiqlik koeffitsienti qanchaga teng ?
a) 0.45 b) 0.48 c) 0.34 d) 0.30
10. 2013-yilda 2000-yilga nisbatan g’o’sht va sut yetishtirish necha marta oshdi.?
a) 2 b) 2.1 c) 3.1 d) 3.4
11. Balandligi 4807 m bo’lgan Monblan cho’qqisi Alp tog’larining qaysi qismida joylashgan?
A) sharqiy b)janubiy c) g’arbiy d) shimoliy
12. Suvlar Yer yuzasining janubiy yarimsharda necha foizini qoplagan?
a) 41 % b) 61 % c) 71 % d) 81 %
13. Quyidagi shamollardan qaysi birining tezligi sekundiga 15-20 m ga yetadi ?
a) fyon b)Afg’on c) Qo’qon d) Bekobod
14. Quyidagi past tog’lardan qaysi birining eng baland qismi Oqtog’ cho’qqisi hisoblanadi
a) Bo’kantog’ b) Quljuqtog’ c) Tomditog’ d) Ovminzatog’
15. Mamlakatimiz aholisining necha % i shaharlarda istiqomat qaladi? (2013y)
A) 50 % B) 61 % C) 51 % D) 49 %
16. “O‘zbekkimyomash” mashinasozlik sanoati qaysi shaharda joylashgan?
A) Toshkent B) Samarqand C) Chirchiq D) Andijon
17. Chotqol qo’riqxonasi O’zbekistonning qaysi viloyatida joylashgan?
A) Qashqadaryo B) Toshkent C) Buxoro D) Surxandaryo
18. O’lim pasayishi va tug’ilishning ko’pligi - bu?
A) Tabiiy o’sish B) Emigratsiya C) Mexanik o’sish D) Immigratsiya
19. Transosiyo magistrali qaysi shaharlarni birlashtiradi?
20. Globusning masshtabini aniqlang. (agar masofa 1000km ga teng va u globusda 2 sm ga teng bo’lsa).
21. Tokio shaxri nechanchi soat mintaqasida joylashgan ?
22. O`zbekistonning eng uzun daryosi qaysi daryolarning qo`shilishidan hosil bo`ladi?
23. Fraxt nima?
24. “O`z Ellas” gugurt zavodi qaysi davlat bilan hamkorlikda faoliyat olib boradi?
25.Gaz kondensatining har tonnasidan necha kg sun’iy tola olish mumkin?
BILIMLAR BELLASHUVINING 1- BOSQICHI
Umumta’lim maktablar uchun GEOGRAFIYA fanidan test savollari. 8-sinf
II-variant
1.Zarafshon etagidagi Dengizko’lda qaysi foydali qazilmaning yirik zahiralari mavjud?
a)Fosforit b)Osh tuzi c)Gaz d)Kaliy tuzi
2.Mamlakatimizda 2013 yil aholining milliy tarkibida o’zbeklar ulushi necha foizni tashkil etgan?
a)81,3% b)82,6% c)82,9% d)83,7%
3.Toshko’mir va Perm davrlari qaysi eraga tegishli?
a)Proterozoy b)Paleozoy c)Mezozoy d)Kaynozoy
4.Hisob-kitoblarga qaraganda,Mantiyada qancha hajmga ega bo’lgan suv zahirasi bor?
a)10mlrd km³ b)15 mlrd km³ c)20 mlrd km³ d)25 mlrd km³
5.Quyidagilardan qaysi birida gilam to’qish fabrikasi barpo etilmoqda?
a)Zomin b)G’allaorol c)Baxmal d)Do’stlik
6.Quyidagi daryolardan qaysi birining uzunligi 123 km ni tashkil etadi?
a)Sangzor b)So’x c)Qoradaryo d)Norin
7. 2012 yilda Respublikamiz yalpi ichki mahsulotida davlat mulkining ulushi necha foizni tashkil etgan?
a)16,4% b)17,7% c)27,4% d)36,1%
8.Qaysi olim tashkil etgan ekspeditsiya Afrikada 6 000dan ortiq madaniy o’simliklardan namuna oldi?
a)Yeliseyev b)Vavilov c)Yunker d)Kovalevskiy
9.Turkiston tog’ tizmasining necha m balandlik qismida archazorlar uchraydi?
a)1000-2000m b)1500-2000m c)1500-2500m d)2000-3000m
10.Qanday tuproqlar Amudaryo,Sirdaryo , Ili kabi yirik daryolarning deltalarida katta maydonlarni ishg’ol etadi?
a)Taqirli b)Bo’z c)O’tloq-all yuvial d)Sur tusli qo’ng’ir
11.Respublikamizdagi qaysi kondan olinayotgan neftda moy va paraffin ko’p?
a)Ko’kdumoloq b)Jarqo’rg’on c)Mingbuloq d)Hovdog’
12.Yalpi radiatsiya Qoraqum cho’lining janubida 1sm kv yuzada qancha kkal issiqlikka teng?
a)120 kkal b)150kkal c)180 kkal d)200 kkal
13.Quyidagi o’lkalardan qaysi birining maydoni qariyb 4mln km kv ga teng?
a)O’rta Yevropa b)Janubiy Yevropa c)Sharqiy Yevropa d)Sharqiy Osiyo
14.Avliyo Lavrentiy daryosi qaysi oqimida uzun va keng estuariy hosil qiladi?
a)Quyi b)O’rta c)yuqori d)Oraliq
15. Yer qaysi sayyoralar oralig`ida joylashgan?
A) Yupiter va Saturin B) Benera va Merkuriy C)Venera va Mars D) Uran va Yupiter
16. Xo’jaobod konidan nima qazib olinadi?
A) Gaz B) Neft C) Tuz D) Marmar
17.Badxiz va Qorabel plato`lari Qoraqumning qaysi qismida joylashgan?
A) Shimoliy B) Janubi-g`arbiy C) Janubiy D) Janubi-sharqiy
18. Ptolemey tuzgan dunyo xaritasida qaysi okean tasvirlangan?
A) Efiopiya B) Eritreya C) Hindiston D) G`arbiy
19. O‘zbеkiston o‘z ehtiyojidan ortgan elektr energiyani qaysi davlatlarga ekspotqilmoqda?
20. Mamlakatimizda qancha foiz ko’mir ochiq usulda qazib olinadi?
21. Afrikaning Drakon tog‘laridan boshlanib Hind okeaniga quyuluvchi daryosi nomini yozing?
22. O’zbekistoning rangli metallurgiya markazini ayting.
23. 10 metr balandlikda turgan kuzatuvchi qancha masofani ko`ra oladi?
24.Mo’ynoq shahri atrofidagi har gektar maydonga necha kg tuzli changlar tushmoqda?
25.Mamlakatimizdagi Xo’jaikon,Borsa kelmas,Boybichakon va Oqqal’a konlarida qancha tonna osh tuzi xomashyosi bor?
Do'stlaringiz bilan baham: |