Yupiter sayyorasi



Download 42 Kb.
Sana11.03.2022
Hajmi42 Kb.
#489371
Bog'liq
YUPITER SAYYORASI


YUPITER SAYYORASI

Quyosh tizimining ikkinchi guruh sayyoralari Yupiter, Saturn, Uran va Neptunlar hisoblanadi. Bu sayyoralarning barchasi gigant sayyoralar va ulardan Yupiter (arablarda Mushtariy) Quyoshdan beshinchi o‘rinda joylashgan bo‘lib, uni “sayyoralar qiroli” deb atashadi. U barcha sayyoralar ichida eng kattasi va o‘z o‘qi atrofida tez aylanuvchi sayyora hisoblanadi.


Uning diametri Yernikiga nisbatan 11 marta, o‘lchami jihatidan 318 marta katta. Quyoshdan 778 million kilometr, Yerga nisbatan 5 marta uzoq joylashgan. Yupiter Quyosh atrofini 4332,59 Yer sutkasida bir marta aylanib chiqadi. Yerdan Quyoshga nisbatan qarama qarshi turishi har 399 sutkada qaytariladi. U osmondagi yorqinligi bo‘yicha Quyosh, Oy va Veneradan keyin turadigan to‘rtinchi ob’yektdir.
Yupiter Quyosh tizimidagi eng katta va Quyoshdan uzoqligi bo‘yicha beshinchi sayyoradir. U Saturn, Uran, Neptun singari gazli gigantlar hisoblanadi. Bu sayyora juda qadim zamonlardan odamlarga ma’lum bo‘lgan. Yunonlarda Zevs, rimliklarda Yupiter (momaqaldiroq xudosi) nomi bilan atalgan.
Yupiterning hozirgi kunda 67 ta yo‘ldoshlari bor. Atoqli Italiya astronomi Galileo Galiley 1610 yilda Yupiterning to‘rtta katta yo‘ldoshini kuzatgan.
O‘sha yillar bu yo‘ldoshlarni nemis astronomi Simon Marius ham kuzatgan va 1614 yili ularni Io, Yevropa, Ganimed Kallisto nomlari bilan atagan. Bu yo‘ldoshlarning barchasi yorqin va Yupiterdan uzoqlashgan orbitalar bo‘ylab harakat qilishadi. Ularni oddiy dala binoklida kuzatsa ham bo‘ladi. Yupiterning qolgan yo‘ldoshlari ko‘pchiligi kichik (diametrlari 2-4 kilometr atrofida bo‘lgan) yo‘ldoshlardir.
Yupiterning Yevropa yo‘ldoshi keyingi paytlarda olimlar e’tiborini o‘ziga qaratgan yo‘ldosh hisoblanadi. Chunki uning tarkibida kislorod yuqori bo‘lgan tarqoq atmosferasi mavjud ekan. Bu yo‘ldosh muz qatlamlari ostida muzlab qolmaydigan okean va unda mikroskopik hayot mavjud degan fikrlar ham yo‘q emas.
Ammo bu yo‘ldosh yuzasini balandligi 15 metr keladigan muz nayzalari qoplagan bo‘lib, ular kosmik apparatlarni uning sathiga qo‘ndirishda jiddiy to‘siq bo‘lishi ham mumkin.
Yupiterni olimlar qaynab turgan suyuq vodorod okeani, deb atashadi. Yadrosini hisobga olmaganda, bu sayyora atmosferasi tarkibining 60 foizini molekulyar vodorod, 36 foizini geliy, 3 foizi neon, 1 foizga yaqin amiak va metan tashkil etadi.
Sayyoraning o‘z o‘qi atrofida aylanish davri uning turli kengliklarida turlicha bo‘ladi. Yerga nisbatan u Quyosh energiyasini 27 marta kam oladi. Shuning uchun Quyosh nuri tushgan va eng ko‘p isiydigan sirtidagi temperatura minus 100, 150 gradus atrofida bo‘ladi.
Atmosferadagi chang-bulutlar Yupiter aylanib turgani sabab uning ekvatori tomon intilib, halqalar ko‘rinishini olgan. Uning asosiy - bosh halqasi 6500 kilometrgacha kenglikka tarqalgan.
Uning yo‘ldoshlaridan 4 tasi - Adrastiya, Fiva, Metida va Amalteyalar ana shu halqalar ichida harakat qiladi. Gamiliya deb ataluvchi halqasi 2000 yildan keyin Yupiter yo‘ldoshlaridan birining boshqa yo‘ldoshiga to‘qnashishi tufayli yuzaga kelgan parchalardan tashkil topgan.
Biz yuqorida sayyoraning Yevropa yo‘ldoshi to‘g‘risida biroz ma’lumot bergan edik. Uning Io yo‘ldoshi ham ancha qiziqarli yo‘ldoshlardan biridir. Bu yo‘ldosh Yupiterga eng yaqin, radiusi 421700 kilometr bo‘lgan orbitada Yupiter atrofida unga sinxron aylanib turadi, ya’ni uning Yupiter atrofida aylanish davri Yupiterning o‘z o‘qi atrofida aylanish davriga teng.
Demak, Io Yupiterga bizning Oy kabi faqat bir tomoni bilan qaragan bo‘ladi. U Quyosh tizimida eng faol va kattaligi jihatidan to‘rtinchi yo‘ldoshdir. Unda 400 dan ortiq harakatdagi vulqonlar mavjud. Vulqonlardan ajralib chiqayotgan oltingugurt hatto 500 kilometrgacha balandlikka ko‘tariladi. Ioning bunday faolligi Yupiter, Yevropa va Ganimedlar tomonidan unga beriladigan gravitatsiya kuchining kattaligi tufaylidir.
Chunki bunday kuch Ioning orbitadagi harakatini tormozlab, uning ichki qismining qizib ketishiga olib keladi. Bundan tashqari, Ioda tog‘lar ham nihoyatda ko‘p. Hatto Janubiy Boosava tog‘i Yerdagi Jomolungma tog‘idan ikki barobar baland hisoblanadi.
Teleskopda kuzatilganda Yupiter sirtida ekvator bo‘ylab qora belbog‘lar ko‘rinadi. Bu belbog‘lar vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib turadi. Bundan ko‘rinayotgan hodisalar uning sirtida emas, balki atmosferasiga tegishli, degan xulosa kelib chiqadi. Yupiter gardishida bunday o‘zgarib turadigan belbog‘lardan tashqari, deyarli doimiy, o‘zgarmaydigan detallar ham kuzatiladi. Masalan, 1878 yilda kashf etilgan to‘zonli sohasi Katta Qizil Dog‘ deb ataladi.
Bu to‘zon kamida 340 yildan beri Yupiterda esib turadi. Bu shunchalik kattaki (uzunligi 30000 kilometr, eni 13000 kilometr). Uni Yerdan turib teleskopda kuzatish mumkin. Undagi belbog‘lar bir-biriga teskari yo‘nalishlarda, katta tezlik bilan esayotgan antitsiklonlar hisoblanadi.
1974 yilda AQShning «Pioner 11» sayyoralararo avtomatik stansiyasining 43000 kilometr masofadan yuborgan ma’lumotlariga qaraganda, bu dog‘lar rivojlanib borayotgan ulkan atmosfera to‘fonidan iborat ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Bu dog‘ Yupiter atmosferasidagi juda kuchli qo‘zg‘alish jarayoni bo‘lib, gaz massasining aylanishi bo‘lishi mumkinligi haqida taxminlar bor. Ammo bu hodisaning asl sababi aniq emas. Qizil dog‘ ba’zi yillarda keskin qizil rangda, ba’zi yillar esa oqish rang olib, yaxshi ko‘rinmay qoladi, hatto butunlay ko‘rinmay qolishi ham mumkin.
Qirol sayyora olimlar tomonidan juda ko‘p tadqiq qilingan. 1974 yil uchirilgan “Pioner 11” Yupiterning katta o‘lchamli tasvirini olgan, uning atmosferasini o‘rgangan va unda magnit maydonining mavjudligini aniqlagan.
“Galiley” kosmik avtomatik stansiyasi 1995 yil 7 dekabr kuni Yupiter atrofidagi orbitaga chiqarilib, 7 yil ichida u sayyorani 35 marta aylanib chiqqan. Sayyora to‘g‘risida anchagina ma’lumotlarni Yerga yuborib turgan.
2003 yil 21 sentyabrda stansiya Yupiter bilan to‘qnashtirilib, yo‘q qilingan. 1979 yilda uchirilgan “Voyadjer-1” va “Voyadjer-2” kosmik apparatlar Yupiterni va uning yo‘ldoshlarini, halqalarini o‘rgangan, Ioning vulqonik faolligini, Yevropada suvli muz borligini aniqlagan.
Amerikaliklarning “Galiley” avtomatik sayyoralararo stansiyasi 8 yil davomida (to 2003 yilgacha) Yupiterni uning orbitasidan turib o‘rgangan, uning eng yaxshi tasvirlarini Yerga yuborib turgan.
2016 yil 5 iyulda NASA tomonidan 2011 yil 8 avgustda Yupiter tomon uchirilgan “Yunona” kosmik apparati qariyb 5 yil yo‘l yurib, 3 milliard masofani bosib o‘tgan va nihoyat Yupiter orbitasiga chiqqan va uning ikkinchi sun’iy yo‘ldoshiga aylangan. Bundan oldin u tomon uchirilgan «Galiley» ASS uning birinchi sun’iy yo‘ldoshiga aylangan edi. O‘z harakati davomida «Yunona» Yupiterga 4600 kilometrgacha yaqinlashgan.
Sayyora atrofida esa 11 kunda bir marta aylanib chiqqan. Bu sayyorada mavjud bo‘lgan kuchli radiatsiya kosmik zonddagi elektron apparatlarni tezda ishdan chiqarmasligi uchun bu apparatlar titan moddasining qalin qoplamasi bilan himoyalangan. Kosmik zond oldiga qo‘yilgan vazifalar bajarilgach, zond Yupiter atmosferasiga kirib, yonib ketgan.
Ma’lumki, Yupiter sayyorasi 40 yil davomida turli kosmik apparatlar bilan o‘rganilib kelingan. Lekin hozirgacha uning barcha sirlari tamoman oshkor bo‘lmagan. «Yunona» zondi yordamida Yupiterning kimyoviy tarkibini o‘rganish, unda sodir bo‘lib turadigan siklon va antitsiklonlar tabiatini, undagi kuchli radiatsion belbog‘ni o‘rganish asosiy maqsad qilib qo‘yilgan.
Bundan tashqari, Yupiter atmosferasida qancha kislorod va suvning mavjudligini, sayyora ichki tuzilishining qandayligini, Yupiterning qattiq jism kabi yaxlit aylanadimi yoki uning har xil qismi turlicha aylanadimi, unda qattiq yadro bor yoki yo‘qligini, undagi kuchli magnit maydonining mavjudlik mexanizmini, qutblarining ko‘rinishini va bu qutblar nurlanishi mexanizmlarini o‘rganishdek juda katta maqsadlar ko‘zda tutilgan.
Download 42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish