228
Jiddiy tanlov tovarlari – bularga sotib olish vaqtida sifati, narxi, tashqi
ko‘rinishi, yaroqlilik darajasi kabi ko‘rsatkichlari bo‘yicha o‘xshash
tovarlar bilan solishtiriladigan tovarlar kiradi. Masalan, kiyimkechak,
mebel, elektrotovarlarni shu guruhga kiritish mumkin.
Alohida ahamiyatga ega bo‘lgan tovarlar – bular tengi yo‘q tavsifga
ega bo‘lgan yoki mashhur firmaning nomi bilan bog‘liq bo‘lgan
tovarlardir. Masalan, mashinaning noyob markasi, o‘ta qimmatbaho
taqinchoqlar.
Talab juda kichik bo‘lgan tovarlar – bular kam iste’mol tovarlari
bo‘lib, odatda xaridorlar bu tovarlarni sotib olishni o‘ylamaydilar.
Masalan, yangi tovarlar. Bu guruh tovarlarini sotish uchun anchagina
marketing harakatlarini bajarishga to‘g‘ri keladi. Ishlab chiqarish – texnik
maqsadlarga mo‘ljallangan tovarlar – bu yakka shaxslar va tashkilotlar
tomonidan boshqa tovarlarni ishlab chiqarishni davom ettirish yoki biznes
sohasida foydalanish uchun sotib olinadigan tovarlardir.
Tovar bilan bog‘liq elementlardan biri uning markasi hisoblanadi.
Marka – bu nom, atama.Tovar belgisi –bu rasm, simvol, emblema
bo‘lib, uni so‘z bilan ifodalab bo‘lmaydi va u tovarni qaysi markaga
tegishli ekanligini belgilaydi, u muayyan tovarni identifikatsiyalashda
qo‘llaniladi.
Tovar raqobatchilar tovaridan markasi bilan osongina farqlanadi.
Markali tovar tovarlarning umumiy massasi orasidan yaqqol ko‘rinadi,
iste’molchilar ongida u ijobiy tasavvurga ega. Marka siyosatini amalga
oshirish marka nomini tanlash, markaning bozor kuchini aniqlash, va
nihoyat, marka strategiyasini ishlab chiqish bilan bog‘liq. Markaning
nomi avvalo, tovarning xususiyati, asosiy sifatini aks ettirishi va boshqa
belgilarga to‘g‘ri kelmasligi kerak. Buyumlar va xizmatlardan tashqari
shaxslar faoliyati, ularning manzili, ishlab chiqarishni, xizmatni tashkil
etish shakllari va fikrlar, g‘oyalar ham tovar hisoblanadi. Ko‘pchilik
rahbarlar, mahsulot ishlab chiqarganda faqat texnik detallariga e’tibor
qaratadilar, lekin ko‘pchilik mijozlarning qarashi bunday emas. Mijozlar
uchun mahsulot bu – o‘z ehtiyojlarini qanoatlantirishdir. Shunday ekan
mahsulot sifati mijozlarning istaklari, qarashidan kelib chiqishi kerak.
Mahsulot va xizmatning farqi:
Mahsulot – bu moddiy yoki fizik xususiyatga ega bo‘lib, uni ko‘rish
yoki ushlab ko‘rish, sotib olib unga egalik qilish mumkin. Odatda,
229
mahsulotni sotib olayotganda nima xarid qilayotganingizni oldindan
bilasiz va ko‘rasiz.
Xizmat esa – bir tomonning ikkinchi tomon uchun ko‘rsatayotgan
xatti-harakatdir. Siz mijozga xizmat ko‘rsatganingizda, mijoz uni ko‘z
bilan ko‘rib, qo‘l bilan ushlamaydi, balki his etadi, foydalanadi, iste’mol
qiladi.
Mahsulot korxonada ishlab chiqariladi va sotiladi. Mijoz kelgunga
qadar do‘konda yoki omborda saqlanadi. Biroq xizmatlar odatda, avval
sotiladi, keyin ishlab chiqariladi. Mahsulot ishlab chiqaruvchilar mijozdan
ancha uzoqda bo‘lishi mumkin, lekin xizmat ko‘rsatuvchi va mijoz odatda
yonma-yon turadi.
9.2-rasm. Marketingning unsuri –mahsulot va xizmatlar
Do'stlaringiz bilan baham: