230
Ular ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishi va yangi qiymat
yaratish darajasiga qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
-
materiallar va detallar;
-
kapital shaklidagi mulk (inshootlar, yordamchi dastgohlar);
-
yordamchi materiallar va xizmatlar. Ular tayyor mahsulotning
asosini tashkil etmaydi, uning sifati, ko‘rinishi, xususiyatlarini
oshiradi, mahsulotni tayyorlashga xizmat qiladi. Xarajat sifatida
mahsulot tannarxiga qo‘shiladi. Masalan, yozuv qog‘ozi, moylovchi
yog‘lar, toshko‘mir – yoqilg‘i sifatida, qalamlar, ip, podkladka
materiallari va h.k.
Tayyor mahsulot asosini xomashyo va yarim fabrikatlar, detallar
tashkil etadi. Mahsulot ishlab chiqarish rejasi (programmasi) korxonani
rivojlantirish rejasining yoki biznes rejaning eng muhim qismi
hisoblanadi. Rejaning bu qismida ishlab chiqarishga mo‘ljallangan
mahsulot hajmi uning turlari, navi va sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha
korxona majburiyatlari ko‘rsatiladi.
Mahsulot ishlab chiqarish rejasida natural ko‘rsatkichlar muhim o‘rin
tutadi. Masalan, tonna, metr, kilobayt, soat, kubmetr kabi ko‘rsatkichlar.
Ular yordamida har bir mahsulot turi bo‘yicha kimga qancha miqdorda
mahsulot ishlab chiqarish mumkinligini, mahsulot birligi uchun ketadigan
ish vaqti yoki energiya xarajatlari, mehnat sarf-xarajatlari (xomashyo,
materiallar, yoqilg‘i) miqdorining me’yorini bilish mumkin bo‘ladi.
Bundan tashqari natural ko‘rsatkichlar yordamida korxonada xomashyo
materiallarga ishchi-xizmatchilarga bo‘lgan talabni, mehnat haqi
to‘lovlari miqdori, har birining mahsulot uchun mehnat haqi (bahosini)
to‘lovini aniqlash, ishlab chiqarishdagi barcha bo‘g‘inlar (uchastkalar)
o‘rtasida mutanosiblikni ta’minlash, ishlab chiqarishni tashkil etish
shakllarini
–
(konsentratsiyalashtirish,
ixtisoslashtirish,
kooperativlashtirish, kombinatlashtirish) tanlash, xomashyo resurslari
bilan ta’minlash, ularning zaxiralarini miqdorini aniqlash imkoniyati
yaratiladi. Natural ko‘rsatkichlar korxona va tarmoqlarning o‘ziga xos
tomonlarini, xususiyatlarini ham ifoda etadi. Ishlab chiqarishni
rag‘batlantirishga yordam beradi. Bularning hammasi ishlab chiqarishni
rejalashtirish jarayonida albatta hisobga olinishi zarur. Aks holda ishlab
chiqarish jarayonida yil davomida uzilishlar, turib qolishlar, natijada ish
vaqti, dastgohlar unumdorligi, quvvatidan va boshqa resurslardan
foydalanish samarasiz bo‘lib chiqadi, unumsiz xarajatlar paydo bo‘ladi.
231
Shuning uchun mahsulot miqdorini uning xususiyatlari va sifatini to‘g‘ri
va to‘laroq ifoda etuvchi ko‘rsatkichlar to‘g‘ri tanlab olinishi lozim.
Masalan, gazlamalarni pogon va metrlarda, gilamlarni – kv.m. va dona
hisobida, g‘ishtni – donada ishlab chiqarish rejalashtiriladi.
Mashinasozlikda dastgohlar, mashinalar, uskunalarning iste’molga
yaroqli xususiyatlarini to‘laroq ifoda etuvchi ko‘rsatkichlar ishlatiladi.
Masalan, yigiruv mashinalari dona hisobidan tashqari ming yigiruv
veretenda o‘lchanadi, o‘zgaruvchan tok generatorlari dona va ming
kilovatt, elektrovozlar – dona va ming ot kuchi, akkumulyatorlar – dona
va mln. amper soat, skreperlar – nafar va cho‘michining hajmi ming kub
m. hisobida o‘lchanadi.
Qora va rangli metallurgiyada mahsulot sifatiga bozor tomonidan
yuqori darajada talablar qo‘yilmoqda. Masalan, metall tarkibi sifatini
yaxshilash, prokat va trubalarning tarkibida umuman metall hajmini,
tonnadagi og‘irligini kamaytirib, ularning yuqori sifatdagilarini va tonnali
bo‘lganlarini salmog‘ini oshirishga zaruriyat tug‘ilmoqda.
Mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish va uni iste’molchiga yetkazib berish
ular tarkibida shartli birlik o‘rniga oziqa moddalar mavjudligini hisobga
olgan holda amalga oshiriladi, demak mahsulotning iste’mol qiymati,
iste’molga yaroqlilik darajasi yuqori o‘ringa qo‘yiladi. Buyurtmachilar
portfelini shakllantirishda ular talabiga ko‘ra mahsulot ishlab chiqarish
natural o‘lchovlarda (reja tuzishda) mahsulot turi va navi (nomenklaturasi
va assortimenti) tushunchalari muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Biz kundalik hayotimizda turli iste’mol ehtiyojlarimizni qondirish
uchun turli tovarlar guruhlaridan ma’lum assortimentdagi tovarlarni
tanlaymiz. Tovar iste’molchilar xohishiga qancha ko‘p mos kelsa, ishlab
chiqaruvchi shuncha ko‘p muvaffaqiyatga erishadi. Gap shundaki, ishlab
chiqaruvchilar iste’molchilarni izlab topishlari, ularning talablarini
yuzaga chiqarishlari, keyin shu tovarni yaratishlari va sotishlari zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: