Tovar nomenklatura nomi
– bu bir xil iste’mol ehtiyojini
qondiruvchi tovarlar assotimentining umumlashgan nomi. Masalan,
“Yuvish vositalari”. “Non va non mahsulotlari” va hokazo.
Assortiment
(ingl. Assortment, range) — firma (kompaniya)
sotayotgan mahsulotlarning guruhlar, turlar, tiplar, navlar, o‘lchamlar va
markalar bo‘yicha tarkibi. Tovar assortimenti, deganda – bir xil iste’mol
ehtiyojimizni qondiradigan turli tovarlar xillarini tushunamiz. Masalan,
232
non va non mahsulotlari –tovarning nomenklatura nomi, deb ataladi. Bu
guruhga kirgan non turlari assortiment, deb ataladi.
Assortiment kengaytirilishi
—
assortiment kengligi (tovar guruhlari
miqdori) va chuqurligi (har bir guruhdagi modellar, markalar turlari
miqdori) bo‘yicha farqlanadi.Tovar assortimenti har bir turdagi
mahsulotni uning sifat xususiyatlari bo‘yicha tarkibi, marka, navi, profili
kabi tomonlari bilan berilgan miqdorda ajratilishidir. Mavjud tovarlar
kategoriyalariga yangi variantlarning qo‘shilishi. Bunga o‘xshash
kengaytirishni marketologlar savdo markasi nufuzi barbod bo‘lishi
tavakkali bilan bog‘laydilar. Assortiment kengligi
—
bozorda taklif
etilayotgan turli mahsulot liniyalari (tovar kategoriyalari)ning muayyan
miqdori.
Assortiment
siyosati
— ishlab chiqarilayotgan mahsulot
nomenklaturasi va uni maqbullashtirish yo‘li muammosini hal etishni
nazarda tutadigan faoliyat. Assortiment siyosatining asosiy vazifasi ishlab
chiqarish bo‘linmasidagi ishlab chiqarish tuzilmalarida quyidagilarni
aniqlash hisoblanadi:
-
yangi mahsulot bilan takomillashtirish va zamonaviylashtirish talab
etiladigan mahsulot, takomillashtirishni talab etmaydigan an’anaviy
mahsulot, eskirgan mahsulot o‘rtasidagi nisbat (ulush)ni aniqlash;
-
ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi va rejalashtirilgan
sifat hamda miqdor ko‘rsatkichlarini belgilash;
-
ishlab chiqarilayotgan bitta bir xil mahsulot andozalarini va
o‘zgargan turlarini aniqlash;
-
ishlab chiqarilayotgan mahsulotning butun nomenklaturasi
bo‘yicha hayotiylik davri tarkiblarini va assortimentni yangilash
istiqbollarini aniqlash;
-
mahsulotning tabaqalanish darajasini va yangi mavjud mahsulotlar
texnologik umumiyligi darajasini aniqlash.
Assortiment siyosatini shakllantirish quyidagilarni hisobga olgan
holda amalga oshiriladi: zarur resurslarning mavjudligi, ishlab
chiqarishning texnik va texnologik darajasi, eng maqbul muddatlarda
yangi ishlab chiqarishni tashkil etish imkoniyatlari, ishlab chiqarish
patentlari va sirlari, ularning patent himoyasining mavjudligi, ishlab
chiqarishning kutilayotgan rentabelligi va investitsiyalarni qoplash
muddatlari, butun ishlab chiqarish jarayoni barcha bo‘g‘inlarida
233
boshqaruv kadrlari va malakali xodimlarning mavjudligi, vositachi
yetkazib beruvchilar bilan barqaror
aloqaning mavjudligi,
talabning mavsumiyligi, narxlar konyunkturasi va o‘sib borishi bilan
bog‘liq tavakkalchilik darajasi.
Assortiment siyosati o‘z firmasida texnologik bilim va tajribadan
foydalanishni eng maqbul holga keltirishga, ishlab chiqarilayotgan
tovarlar rentabelligi va yangilarini joriy etishga ketadigan xarajatlar
nuqtayi nazaridan moliyaviy resurslarni maqbullashtirishga qaratilgan.
Assortiment siyosatini shakllantirish asosida tovarning hayotiylik
davri mohiyati yotadi. Tovar hayotiylik davrining har bir bosqichida
savdoning
turli
shakl
va
usullaridan
foydalaniladi,
sotishni
rag‘batlantirishning turli vositalari qo‘llaniladi, xususan, ular
iste’molchilik maqsadidagi turli tovarlar, shuningdek, ishlab chiqarish
maqsadidagi mahsulotlarni sotish paytida o‘ziga xos xususiyatlarga ega
bo‘ladi.
Assortiment siyosatini ishlab chiqish mahsulotni hayotiylik davri va
yangi mahsulotni joriy etish to‘g‘risidagi qarorni o‘z vaqtida qabul qilish
nuqtayi nazaridan, an’anaviy turdagi mahsulotlarni zamonaviylashtirish,
tovarni ishlab chiqarishdan olib tashlash va ayni paytda uzluksiz texnik
xizmat ko‘rsatishni ta’minlash maqsadida ishlatishda bo‘lgan mahsulot
uchun ehtiyot qismlar chiqarishni davom ettirish nuqtayi nazaridan
o‘rganishga doimiy e’tiborni talab etadi.
Amalda ham firma (kompaniya, korxona) assortiment siyosatini
ishlab chiqish va amalga oshirish bilan doimiy ravishda shug‘ullanadi.
Buyumlar nomenklaturasi ishlab chiqilishi bilanoq foydani ro‘yobga
chiqarishi uchun mas’uliyat joriy kundalik xo‘jalik faoliyati bo‘linmasi
zimmasiga yuklatiladi. Bir paytning o‘zida yangi tovarlarni chiqarish
an’anaviy tovarlar turi va texnologiyalarni o‘zgartirish va
takomillashtirish amalda faqat yirik sanoat kompaniyalari uchungina xos
bo‘ladi. Uncha katta bo‘lmagan firmalar odatdagi faoliyat turlariga
ixtisoslashadilar:
–
novator firmalar (venchur firmalar) yangi mahsulotni ishlab
chiqadilar; injenering firmalar ma’lum bo‘lgan buyumlarni o‘ziga xos
turli xillarda ishlab chiqish bilan shug‘ullanadilar;
–
mashinasozlik sohasidagi tor ixtisoslashgan firmalar ommaviy
ishlab chiqarishdagi murakkab bo‘lmagan buyumlar yoki qismlarni
vositachi yetkazib beruvchi sifatida ishtirok etadilar.
234
Demak, assortiment - bu har bir turdagi mahsulotning xillari,
markasidir. Ustki kiyimlar qanday materialdan to‘qilishiga, fasoni,
o‘lchamiga qarab ajratiladi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra ularning xili 110
ta bo‘lsa, assortimenti bundan ham ko‘p. Kir yuvish mashinalarining 250
xili, kir yuvish kukunining 150 xili bor. 90 xildagi velosipedlar, 85 xildagi
magnitofonlar, radiopriyomniklarning 50 xildan ko‘pi, televizorlarning 45
xili, sotuvgichlar va elektr priborlarning 35 xili ma’lum. Natural birlikda
mahsulot ishlab chiqarish dasturida mahsulotning sifat darajasi ham
ko‘rsatiladi.
Brend
(ingl. Brend
)
— soddalashtirilgan va tor ma’noda talqin
qilganda ushbu termin muayyan mahsulotning xususiy nomini uning
yaratuvchi ijodkori va egalik qiluvchi sohibi tomonidan berilgan
individual xarakteristikasi va vizual identifikatsiyasi bilan birgalikda
anglatadi. «Brending» – bu mahsulotni iste’molchilarga osonlik bilan
«toptirish» uchun nom, belgi, logotip yoki ularning aralashmasidan
foydalanish. Har gal iste’molchi supermarketga borganda yangi mahsulot
sotib olish uchun «tavakkal» qilishni xohlamaydi, ular ishonchli, o‘zi,
biladigan narsani sotib oladi. Brendni targ‘ibot qilish ham ishlab
chiqaruvchiga, ham iste’molchiga foydali. Yaxshi brend marketing
xarajatlari va sotish vaqtini kamaytiradi.
«Trademark» - ma’lum bir so‘z yoki iboraning faqat bir kompaniya
tomonidan o‘z mahsulotlari uchun ishlatilishining ro‘yxatdan o‘tganligi.
«Service mark» — trademark bilan bir xil, faqat xizmatlar uchun
qo‘llaniladi.
Mahsulot sifati bo‘yicha barcha texnik — iqtisodiy ko‘rsatkichlar
dunyo amaliyotidagi eng oliy darajadagi erishilgan yutuqlar talabiga
javob berishi kerak. Demak, rejada mahsulotlarning standart talablari va
sertifikatlash shartlariga rioya qilgan holda ishlab chiqarish hajmini
mo‘ljallash zarur. Natural ko‘rsatkichlarning ahamiyati yuqori bo‘lishiga
qaramasdan ular korxonada mahsulotning umumiy hajmi, ishlab chiqarish
sur’ati, tarkibini, mehnat to‘lovlari fondi hajmini aniqlash imkoniyatini
bermaydi. Buning uchun qiymat ko‘rsatkichlar ishlatiladi. Ular yalpi tovar
aylanmasidagi mahsulot miqdori, yalpi mahsulot, tovar mahsuloti,
realizatsiya mahsuloti, sof mahsulot shartli normadagi sof mahsulot,
mehnat sarfi (soat-daqiqalar) miqdori bo‘yicha mahsulot hajmi,
xomashyoga ishlov berish bo‘yicha mahsulot hajmi va boshqalar.
235
Agar bozor ishtirokchisi, ya’ni korxona marketingi iste’molni yuzaga
chiqarish, zarur xildagi tovarlarni yaratish, bahosini aniqlash, ularni
taqsimlash va iqtisodiy rag‘batlantirish tizimi ustida yaxshi ishlagan
bo‘lsa, bunday tovarlar sotilmay qolmaydi. Har birimiz bilamizki,
iste’molchilar tez sotiladigan tovarlarni navbatda turib ham olishga tayyor
bo‘ladilar. Shuni ham aytish kerakki, ko‘pchilik marketingni ta’minot va
rag‘batlantirish ishlari bilan bir xil, deb hisoblaydilar.
Marketing – ayirboshlash yo‘li bilan talab va ehtiyojlarni qondirishga
qaratilgan kishilik faoliyatining turi. Masalan, ayollar lab bo‘yog‘ini
«Fabrikada kosmetika ishlab chiqarilsa, do‘konda esa ishonch sotiladi»,
deb ta’kidlaydi firma rahbari Charlz Revson. Shuning uchun ayol kishi
shunchaki lab uchun bo‘yoq sotib olmasligi hammaga tushunarli, yoki
do‘kondan diametri chorakta bo‘lgan parmalash buyumini xarid qilmay,
shu diametrdagi oraliq (teshikni) xarid qilinadi, deb hisoblaydi bilimdon
sotuvchilar. Shunga o‘xshash “faqat bifshteks sotilmaydi, uni iste’mol
qilganda keladigan ishtaha bilan birga huzur-rohat sotilishi kerak”.
Mijozga shu kerak. Shuning uchun bozor ishtirokchilari, sotuvchilari har
qanday tovar ortida yashiringan talablarni yuzaga chiqarib, uning
xususiyatlarini, undan keladigan bahramandlikni, foydani sotishlari
lozim.
Bozor iqtisodiyoti bir xil mahsulotni ishlab chiqarish foydali
boshqasini ishlab chiqarish esa zararli ekanligini belgilovchi iste’molchi
talabi, uning xohishi erkinligini cheklaydi.
Korxona mahsulot ishlab chiqarishni iste’molchi talabi bilan
moslashtirmasa, ishlab chiqarish bankrotga uchraydi. Xomashyo
resurslarini yetkazib beruvchilar ham shunday. Ishlab chiqariladigan
mahsulot qanday bo‘lsa uning uchun shunday resurs kerak bo‘ladi.
Yetkazib beruvchilar mehnat va moddiy resurslar hisobiga maksimal
foyda olishlari uchun bozor tizimi talablariga bo‘ysunib iste’mol
talablaridan kelib chiqib resurslarni tanlashi lozim. Chunki faqat foyda
ko‘radigan firmalargina shu xildagi resurslarga o‘z talablarini qo‘yadilar,
ularni xarid qiladilar. Demak, iste’molni qondiradigan mahsulotlar uchun
resurs yetkazib beruvchilar o‘zlari istagan xildagi va sifatdagi resurslarni
yetkazib berishda «Erkin» emaslar.
Kishilarning talabalari cheksizdir, lekin ularni qondirish uchun zarur
bo‘lgan resurslar cheklangan. Shuning uchun kishilar o‘zlarining
moliyaviy imkoniyatlariga yarasha eng ko‘p qoniqtiradigan tovarlarni
236
tanlab oladilar. Talab – xarid qilish qobiliyati bilan belgilanadigan
iste’moldir. Iste’molchilar kichik, o‘rtacha va katta tipda bo‘lishi mumkin.
Ular korxonalar, kompaniyalar va turli xildagi xo‘jaliklardir. Lekin
talablar o‘zgarib turuvchi ko‘rsatkichdir. Kishilar xilma-xil, yangidan
yangi narsalarni qidirib topishga harakat qiladigan, hamma har doim
ishlatadigan, foydalanadigan bir xil tovarlarni yoqtirmay qoladilar,
me’dalariga tegadi. Tovar tanlashdagi harakat mahsulot bahosining
pasayishi yoki kishilar daromadining ko‘payib borishi bilan ham bog‘liq
bo‘ladi. Xaridorlar o‘z pullariga eng ko‘p qoniqish hosil qiladiganlarini
tanlab oladilar. Masalan, «Volkswagen» avtomobili transport
vositalarining barcha qulayliklarini o‘zida jamlagan, narxi ham nisbatan
past, yoqilg‘ini tejaydigan, Yevropa transport vositalaridagi elementar
talablar standartiga mos bo‘lgan mashinadir. Lekin «Cadillac» avtomobili
yuqori darajadagi qulaylik va afzalliklarga ega. Shu pulga shu mashinani
xarid qilgan kishi bu xususiyatlardan ko‘proq qoniqish hosil qiladi.
Tovarlarga baho berishda uning sifati asosiy o‘rinda turadi. Tovarning
sifati – maqsadiga ko‘ra bu iste’molchilarning talabini qondirishi mumkin
bo‘lgan foydali xususiyatlarning majmuyidan iboratdir. Marketing
nuqtayi nazardan, sifat bu – mahsulotning mijoz talab va istaklarini
qondira olish qobilyatidir. Sifat mahsulotning detallarida emas, balki
xususiyatidadir.
9.
3-rasmda tovarning sifatini ifodalovchi aynan shu xususiyatlar
ko‘rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |