Toshkent moliya instituti "bank ishi" kafedrasi "bank ishi"



Download 3,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/156
Sana04.07.2021
Hajmi3,13 Mb.
#108947
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   156
Bog'liq
bank ishi

 
 


36 
 
2-mavzu. O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi va boshqa kredit muassasalari 
Reja: 
1.Nobank kredit tashkilotlari va ular faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari 
2. Nobank kredit tashkilotlari faoliyatining huquqiy asoslari 
3.Mikrokredit tashkilotlari faoliyatiningasosiy yo’nalishlari 
4. Lombard tashkilotlari faoliyati tahlili 
 
Bugungi  kunda  mamlakatimiz  aholisining  moddiy  jihatdan  qo‘llab-quvvatlash, 
ularning hayotlari farovonligini ta’minlashda mikromoliyaviy xizmatlarning o‘rni muhim 
ahamiyat  kasb  etmokda.  O‘z  navbatida,  aholi  o‘rtasida  mikromoliyaviy  xizmatlarga 
bo‘lgan talabning kuchayishi mahalliy  mikrokredit tashkilotlari va lombardlar faoliyatini 
xalqaro talablar darajasiga olib chiqish va sifatli xizmat turlarini taklif etishni talab etadi. 
Jahon  tajribasidan  ma’lumki,  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  korxonalari 
faoliyatinining  dastlabki  davrlarida  ularning  kreditlarga  bo‘lgan  ehtiyojlarini  qondirishda 
tijorat banklariga muqobil ravishda nobank kredit tashkilotlarining ham ahamiyati kattadir.  
O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  tomonidan  respublikada  faoliyat 
ko‘rsatayotgan  nobank  kredit  tashkilotlari,  xususan,  mikrokredit  tashkilotlari  hamda 
lombardlar  faoliyatini  tartibga  solish  va  nazorat  qilish  borasida  amalga  oshirilayotgan 
chora-tadbirlar,  shuningdek,  ular  faoliyatining  me’yoriy-huquqiy  bazasi  yanada 
takomillashtirilishi  nobank  kredit  tashkilotlarining  moliyaviy  barqarorligini  va  faoliyati 
ko‘lamini kengaytirishga mustahkam zamin yaratmoqda. 
O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2010  yil  26  noyabrdagi  «2011-2015 
yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish, uning barqarorligini oshirish 
va  yuqori  xalqaro  reyting  ko‘rsatkichlariga  erishishning  ustuvor  yo‘nalishlari 
to‘g‘risida»gi  PQ-1438-sonli  Qarorida,  aynan,  nobank  tashkilotlari  faoliyatini 
takomillashtirish  chora-tadbirlari  belgilab  berildi.  Bunda  nobank  tashkilotlari  faoliyatini 
yanada  rivojlantirish,  mikrokreditlash  va  boshqa  mikromoliyaviy  xizmatlar  ko‘rsatish 
hajmlarini  kengaytirish,  nobank  tashkilotlari  va  ular  tomonidan  ko‘rsatiladigan  xizmat 
turlari  tarmog‘ini  kengaytirish,  nobank  tashkilotlarida  hisob  yuritilishini,  ular  faoliyatini 
tartibga  solish  va  nazorat  qilish  usullarini  yanada  takomillashtirish,  axborot-aloqa 
texnologiyalarini  joriy  etish,  nobank  tashkilotlari  xodimlarining  malakalarini  oshirish, 
mikromoliyalash sohalarini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni keng yoritish 
shular jumlasidandir.  
2015  yilda  mikrokredit  tashkilotlarining  asosiy  ko‘rsatkichlari  barqaror  o‘sish 
tendensiyasiga  ega  bo‘lib,  jami  aktivlari  qoldig‘i 2014  yildagiga  nisbatan  30,2  foizga 
oshib, 2016 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, 67,5 mlrd. so‘mga, kapitali 25,3 foizga oshib, 
46,7 mlrd. so‘mga va ajratilgan kredit va ko‘rsatilgan lizing xizmatlari qoldig‘i 24,2 foizga 
oshib, 54,4 mlrd. so‘mga etdi
1

SHuningdek,  2016  yilning  1  yanvar  holatiga  ko‘ra,  lombardlarning  jami  aktivlari 
o‘tgan  yilning  shu  davriga  nisbatan  36,0  foizga  oshib, 41,5  mlrd.  so‘mni,  kredit 
                                                           
1
2015 yilda pul-kredit sohasidagi vaziyat va monetar siyosatning 2016 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari. Bozor, pul va 
kredit jurnali. 2016. №1. 


37 
 
qo‘yilmalari  qoldig‘i  44,7  foizga  oshib,  34,6  mlrd.  so‘mni  va  jami  kapitali  hajmi  29,6 
foizga oshib, 35 mlrd. so‘mni tashkil etdi. 
Nobank  kredit  tashkilotlari  tarmog‘i  va  ular  tomonidan  ko‘rsatilayotgan 
mikromoliyalash xizmatlari ko‘lamining kengayib borayotganligi kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, ayniqsa, aholini kreditlash hajmlarining oshib 
borishiga xizmat qilmoqda. 
Jahon  bankining  ma’ruzasida  O‘zbekiston  keyingi  yillarda  tadbirkorlik  faoliyati 
uchun  ishbilarmonlik  muhitini  yaxshilash  sohasida  eng  yaxshi  natijalarga  erishgan 
dunyodagi o‘nta davlat qatoridan joy olgani qayd etilgan. 
Ana shu yo‘nalishdagi islohotlar natijasida yalpi ichki mahsulotimizda kichik biznes 
va  xususiy  tadbirkorlikning  ulushi  2000  yildagi  31  foizdan  bugungi  kunda  56,7  foizga 
etgani yoki 1,8 barobar oshgani alohida ta’kidlandi
2

Bugungi kunda mamlakatimizda axolining kam ta’minlangan katlamini moddiy 
jixatdan ko‘llab kuvvatlash, ularning xayotlari farovonligini ta’minlashda mikromoliyaviy 
xizmatlarning o‘rni muxim kasb etmokda. O‘z navbatida axoli, o‘rtasida mikromoliyaviy 
xizmatlarga bo‘lgan talabning kuchayishi  maxalliy mikrokredit tashkilotlari va lambardlar 
faoliyatini xalkaro talablar darajasiga olib chikish va sifatli xizmat turlarini taklif etishni 
talab etmokda. 
Nobank  kredit-moliya  institutlari  -  bu  rasman  bank  emas  (bank  litsenziyasiga  ega 
emas),  ammo  asosiy  faoliyati  moliyaviy  hizmatlar  ko‘rsatish  bo‘lib,  ko‘p  jihatdan 
banklarnikiga  bog‘liq  va  muqobil  hisoblanadi.  SHuning  uchun  nobank  kredit-moliya 
institutlari ko‘plab ingliz tilidagi adabiyotlarda banklarga asosiy raqobatchi deb aytiladi va 
bular:    lombard  tashkilotlari,  mikrokredit  tashkilotlar  va    kredit  uyushmalari  (hozirgi 
kunda faoliyati to‘xtatilgan). 

Download 3,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish