35
1. Xizmat turlari va ularning sifatlariga bo‘lgan talabning ortishi. Ba’zi bir
zamonaviy banklar sug‘urta kompaniyalari faoliyatida ishtirok etish, sug‘urta savdosida
brokerlik qilish, loyihalarni investitsiyalash, qimmatli qog‘ozlar bilan bo‘ladigan
operatsiyalarda brokerlik qilish, moliyaviy rejalashtirish, soliq tizimiga, xususiy
shaxslarga maslahatlar xizmatini taklif qilmoqdalar.
2. Raqobatning o‘sishi. Banklar va bankdan boshqa moliya institutlari xizmat
turlarini kengaytirishi natijasida ular o‘rtasidagi raqobat kuchayadi. Bu raqobat kelajakda
banklarning xizmat turlarini yanada kengaytirilishiga olib keladi.
3. Texnologiya
sohasidagi
o‘zgarishlar,
ya’ni
to‘lovlarning
yangi
integratsiyalashgan vositalarini yuqori sur’atlar bilan shakllantiradigan bank
operatsiyalarini kompyuterlashtirishning texnologik inqilobi.
4. Banklarning xizmat ko‘rsatish doirasi va uning hududiy jihatdan kengayishi.
5. Bankrotlik (inqiroz) xavfining ortishi va depozitlarning, sug‘urta tizimining
kuchsizlanishi, o‘sib borayotgan raqobat banklarning sinishiga olib keladi, bu esa
sarmoyalar bozorida va investitsiyalar sohasida yangi sharoitlarni vujudga keltiradi.
Mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi uchun banklar samarali faoliyat
ko‘rsatishlari lozim. CHunki, ular davlat korxonalarini moliyaviy jihatdan qo‘llab-
quvvatlaydilar, xususiy shaxslarni moliyalashtiradilar va davlatning pul-kredit siyosatini
amalga oshishini ta’minlaydi.
Bu
o‘rinda,
banklarning
samarali
faoliyat
ko‘rsatishlarida
bank
boshqaruvchilarining tutgan o‘rni juda katta ekanligini esdan chiqarmaslik lozim. Bank
boshqaruvchilari quyidagi fazilatlarga ega bo‘lishi kerak:
professionalizm, ishga ijodiy yondoshish, qat’iylik, o‘ziga ishonch va ishga fidoyilik;
yangicha fikrlash, topqirlik, tashabbuskorlik va g‘oyalarni hayotga tatbiq eta olish
qobiliyati;
odamlarga ruhiy ta’sir ko‘rsata olish salohiyati;
chiqishimli bo‘lish va yutuqni hisob qilish;
hissiyotga berilmaslik va ruhiy zarbalarga chidash;
ochiq ko‘ngillilik, tadbirkorlik va yuz berayotgan o‘zgarishlarga oson moslashish;
vaziyatni boshqara olish va korporativ tuzilmalarda shaxsga xos g‘ayrat-shijoat ko‘rsatish;
o‘zini-o‘zi o‘stirishga va o‘zini safarbar etishga ichki ehtiyoj sezish;
serg‘ayrat va bardoshli bo‘lish;
o‘zini muvaffaqiyatli himoya qilishga moyillik va samarali hujumga o‘ta olish;
o‘z ishi va qabul qilingan qarorlari uchun mas’uliyatni his qilish;
jamoada va jamoa bilan ishlashga o‘zida ehtiyoj sezish.
Do'stlaringiz bilan baham: