4
1-mavzu: Bank ishi fanining predmeti vavazifalari.
Reja:
1.“Bank ishi” fanining predmeti va metodi.
2. Fanning boshqa fanlar bilan uzviy bog‘liqligi.
3. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida fanning maqsadi va vazifalari.
4. Fanning tarkibiy tuzilishi.
«Bank ishi» fani kadrlar tayyorlash bo‘yicha Davlat ta’lim standartlarida belgilangan
talablar asosida ishlab chiqilgan namunaviy o‘quv dastur bo‘yicha o‘qitiladi.
Fanni o‘qitishning predmeti - bank tizimi va banklar faoliyati bilan bog‘liq jarayonlar,
metodlari - klassik yondashuv, matematik, analitik-statistik, tahlil, qiyosiy-tahlil va
boshqa
usullar hisoblanadi.
Bank ishiga ilmiy-amaliy taraqqiyotni o‘zida mujassamlashtiruvchi fan sifatida qarash
mumkin. Hozirgi kundagi banklar oldingi banklardan ko‘ra, ilg‘or, yangi shakllarda va
yangi texnologiyalar asosida iqtisodiyotning talablariga mos keluvchi operatsiyalar
qo‘llash orqali faoliyat olib bormoqdalar.
talabalar fanni o‘rganish davrida har bir o‘tiladigan mavzu bo‘yicha o‘qituvchi tomonidan
so‘raladigan “tayanch” ibora, test savollariga
javob berib, tegishli masalani echa olishi;
o‘qish davrida yozma nazorat ishlarini bajarishi va
referatlar tayyorlashi;
fanni o‘zlashtirish natijasida va kelajakda talaba bank faoliyatida bo‘ladigan o‘zgarishlarni
tahlil qilishni bilishi lozim.
«Bank ishi» mustaqil fandir. Chunki u o‘zining mustaqil predmeti, ob’ekti va
metodiga ega. u:
bank faoliyatining huquqiy asoslari;
banklarni tashkil etish va ularning faoliyatini tugatish tartibi;
bank faoliyatini tartibga solish;
banklarning huquq va majburiyatlari;
banklarga vasiylik qilish tartibi;
banklarning moliyaviy ahvoli;
bank operatsiyalarini amalga oshirish tartiblari;
pul tizimi hamda pul muomalasini tashkil etish qoidalari;
valyutani tartibga solish va
xalqaro rezervlarni boshqarish;
banklarni nazorat qilish;
banklarda hisob yuritish va hisobot;
bank menejmenti;
bankning rivojlanish tarixi kabi masalalarni o‘rganuvchi fandir.
Aynan shular «Bank ishi» fanining
predmeti bo‘lib hisoblanadi. Bank va uning
turli ko‘rinishlari «Bank ishi» fanining o‘rganish
ob’ekti bo‘lib hisoblanadi.
Har qanday fan o‘z ob’ektini ma’lum usullarni qo‘llash yordamida o‘rganadi. Bank
faoliyati, undagi sir-sinoatlarni ilmiy asosda o‘rganish, tahlil qilishda «Bank ishi» fani
quyidagi
usullardan foydalanadi
5
Ilmiy jihatdan asoslangan tahlil qayd qilingan usullarni chambarchas ravishda
bog‘lab olib borilishini taqozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: