Toshkent moliya instituti "bank ishi" kafedrasi "bank ishi"



Download 3,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/156
Sana04.07.2021
Hajmi3,13 Mb.
#108947
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   156
Bog'liq
bank ishi




 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS  
TA’LIM VAZIRLIGI 
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
“BANK ISHI” KAFEDRASI 
 
 
“BANK ISHI” 
 
fanidan 
 
MA’RUZALAR MATNI 
 
 
Bilim sohasi: 
200 000 
-  Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq 
Ta’lim sohasi: 
230 000 
-  Iqtisod 
 
 
 
Mutaxassislik: 
5230700 
- Bank ishi 
 
5111000 
-Kasb ta’limi (5230700-Bank ishi); 
 
 
                                           
 
 
 
 
TOSHKENT – 2017 y 
 
 
 



 
Kirish 
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida O‘zbekiston bank tizimi ishonchliligi va 
barqaror  rivojlanishini  ta’minlash  hamda  tashqi  inqiroz  holatlarining  salbiy  ta’siriga 
uchramaslikning  oldini  olish  muhim  ahamiyatga  egadir.  Shunga  qaramasdan,  hozirgi 
kunda  banklarda  bozor  talablariga  mos  keluvchi  xizmat  turlarini  tadbiq  qilish, 
mijozlarning  talab  va  takliflarini  hisobga  olish,  ularga  xizmat  ko‘rsatishning  yangi 
usullarini  joriy  etish,  yangi  kredit  vositalarini  qo‘llash,  turli  kredit  institutlarini  tashkil 
etish bilan bog‘liq islohotlarni yanada jadaddashtirish zarurligini yuzaga keltirmoqda.  
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini yuqori va barqaror sur’atlarda o‘sishini va 
raqobatbardoshligini ta’minlash mamlakat bank tizimining va uning muhim tarkibiy qismi 
bo‘lgan  tijorat  banklari  faoliyatining  barqarorligini  ta’minlash  zaruriyatini  yuzaga 
keltiradi. Bu esa “Bank ishi” fanini o‘rganishga nisbatan yangi talablarni qo‘yadi. 
Ushbu  majmuada  tijorat  banklari  faoliyatining  barcha  soha  va  yo‘nalishlari, 
xususan,  banklarning  aktiv  va  passivlari,  likvidliligi,  to‘lovga  qobilligi  va  moliyaviy 
barqarorligi,  tijorat  banklari  faoliyatini  tartibga  solish  va  nazorat  qilish  masalalari  o‘z 
aksini topgan. 
“Bank  ishi”  fanining  maqsadi  bo‘lib,  talabalarda  tijorat  banklari  tomonidan 
mijozlarga  ko‘rsatilayotgan  moliyaviy  xizmatlar,  banklarning  likvidliligi,  to‘lovga 
qobilligi,  moliyaviy  barqarorligini  ta’minlash  yo‘llari,  Markaziy  bank  tomonidan  tijorat 
banklari  faoliyatini  tartibga  solish  va  nazorat  qilish  bo‘yicha  chuqur  bilim  va 
ko‘nikmalarni hosil qilishdan iborat. 
Bu fanning maqsadi va vazifasi talabalarni bank tizimida mustaqil faoliyat yuritishga 
tayyorlash  va  hozirgi  sharoitda  mustaqil  qarorlar  qabul  qilish  ko‘nikmasini  vujudga 
keltirishdan iboratdir.  
“Bank  ishi”  fani  bank  tizimi  uchun  iqtisodchi  bankirlarni  tayyorlashda  etakchi 
maxsus ixtisoslik fani hisoblanadi. Unda bank ishining aniq masalalari, bozor iqtisodiyoti 
sharoitida  kreditni  rivojlantirish  qonuniyatlari,  kreditning  asosiy  tamoyillari  asosida 
xo‘jalik  sub’ektlarini  kreditlash,  kredit  ressurslari  va  kreditlarni  boshqarish  asoslari, 
mijozning kreditga layoqatliligi, likvidliligi, tijorat banklarining likvidligi, foydasi, valyuta 
va  boshqa  operatsiyalarini,  banklarning  foiz  siyosati  va  risklari  kabi  masalalar  ko‘rib 
chiqiladi. 
Bank  ishi  fani  Toshkent  Moliya  Instituni  Kredit-iqtisod  fakulteti  3-4  kurs 
talabalariga asosiy mutaxassislik fani sifatida o’qitiladi. 
“Bank  ishi”  fani  institutda  o‘rganiladigan  boshqa  iqtisodiy  fanlar  bilan  uzviy 
bog‘liqdir. “Bank ishi” fanini chuqur va mukammal egallab olish uchun talabalar quyidagi 
fanlar  bo‘yicha  bilimlar  olishlari  zarurdir:  “Pul,  kredit  va  banklar”,  “Bank  statistikasi”, 
“Pul-kredit  orqali  muvofiqlashtirish”,  “Xalqaro  valyuta-kredit  munosabatlari”,  “Bank 
auditi”, “Banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika”, “Moliyaviy va boshqaruv 
tahlili”,  “Investitsiyalarni  tashkil  etish  va  moliyalashtirish”,  “Bank  menejmenti  va 
marketingi” va boshqalar. 
Mamlakatimizda 
faoliyat 
yuritayogan 
tijorat 
banklarining 
bajarayotgan 
operatsiyalari va ko‘rsatayotgan xizmat turlari hamda ajratayotgan kreditlari iqtisodiyotni 
rivojlantirishda  muhim  ahamiyatiga  ega.  O‘z  navbatida,  iqtisodiyotda  tarmoqlarini 



 
rivojlantirishda  bank  tizimi  asosiy  bo‘g‘indir.  SHunga  ko‘ra,  bank  ishi  faoliyatida  ish 
yuritadigan mutaxassislarga alohida talablar qo‘yiladi. Bank ishi fani asosiy ixtisoslik fani 
hisoblanib,  iqtisodiyot  bo‘g‘imining  ajralmas  qismi  hisoblangan  bank  timiziga  kadrlar 
etkazib berishda muhim rol o‘ynaydi. 
Fanni  o‘zlashtirishda  darslik,  o‘quv  va  uslubiy  qo‘llanmalar,  ma’ruza  matnlari, 
tarqatma materiallar, elektron materiallar va virtual stendlardan foydalaniladi. Ma’ruza va 
amaliy  mashg‘ulot  darslarida  mos  ravishdagi  ilg‘or  pedagogik  texnologiyalardan 
foydalaniladi. 
Talabalarning  “Bank  ishi”  fanini  o‘zlashtirishlari  uchun  o‘qitishning  ilg‘or  va 
zamonaviy  usullaridan  foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tatbiq 
etish  muhim  ahamiyatga  egadir.  SHuningdek,  fanni  o‘zlashtirish  jarayonida  kompyuter 
texnikasidan foydalangan holda ba’zi tijorat banklar faoliyatida qo‘llaniladigan mijozlarni 
kreditlash  va  loyihalarni  moliyalashtirish,  xo‘jalik  sub’ektlari  o‘rtasida  hisob-kitoblarni 
olib  borish  bilan  bog‘liq  kompyuter  dasturlari  bilan  tanishadilar.  Fanning  ba’zi 
mavzularini yoritishda audio va video texnikadan foydalaniladi. 

Download 3,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish