41
kreditlash shaklida, cheklovlar limitlar belgilash orqali o‘rta va uzoq muddatli kreditlar
berish;
– kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlariga aylanma kapitalni to‘ldirish maqsadida
overdraft shaklida yoki kredit yo‘nalishlari ochish orqali kreditlar berish
1
.
Ayrim iqtisodchi-olimlar mikromoliyalashni kredit tarixi mavjud bo‘lmagan, garov
ta’minoti etishmagan, an’anaviy bank xizmatlaridan foydalanishga imkoniyati bo‘lmagan
tadbirkorlarga, mijozlarning ma’lum guruhiga kichik hajmdagi kreditlar taqdim etish
borasidagi faoliyat sifatida e’tirof etadilar, mikromoliyaviy munosabatlarning ijtimoiy
roliga esa alohida e’tibor qaratiladi, shuningdek, mikromoliyalashni mikrokreditlash
sifatida tushunib, uning yuqori miqdori qonun hujjatlari bilan belgilanishini ta’kidlaydilar.
Masalan, A.Taev fikricha: “mikromoliyalash - bu ijtimoiy tengsizlikni qisqartirishga
yo‘naltirilgan, an’anaviy bank xizmatlariga imkoniyati etmagan kichik tadbirkorlik
sub’ektlari va jismoniy shaxslarga kichik hajmdagi, ya’ni 500-1000 AQSH dollari
miqdorida beriladigan kreditlar tushunilib, uning asosiy xususiyati kredit tarixi mavjud
bo‘lmagan, garov ta’minoti etarli bo‘lmagan mijozlarga xizmat ko‘rsatilishidir”.
T.Minakova tadqiqotlarida “mikromoliyalash - mikrokreditlashni anglatib, kichik
biznesni, shu jumladan, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun past foiz stavkalar
asosida kichik hajmdagi kreditlarni garovsiz taqdim etishdir”, deb tariflangan
3
.
Jahon tajribasida mikrokreditlashda qo‘llaniladigan uslubiyotga ko‘ra (1-jadval)
yakka tartibda kreditlash, odatda, tijorat banklari tomonidan qo‘llaniladigan usulning
yangi ko‘rinishidir. Bu jarayonda olinadigan qarzlar mol-mulk bilan kafolatlanadi,
mijozlarning kredit tarixi va ularga berilgan tavsiyalar tekshiriladi, qarz berishda
ta’minlanayotgan biznesning hayotiyligi, istiqboli sinchiklab o‘rganilgandan so‘ng kredit
beriladi. Mikrokredit tashkilotlari mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarni rivojlantirishga
harakat qiladi. Mazkur uslubiyotning odatdagi kreditlashdan farqi unda maslahat berish va
o‘rgatish kabi vositalarning mavjudligidir. Guruh bo‘lib kreditlash uslubiyotiga ko‘ra,
bank xodimlari tomonidan bajariladigan vazifalar kredit guruhi zimmasiga yuklanadi,
uning shakllanishi mikrokredit tashkiloti xodimining tashabbusiga ko‘ra yuz beradi. Guruh
mijozlarni o‘zi tekshiradi va uning tarkibiga kim kirishi mumkinligini o‘zi hal etadi.
Guruh a’zolari bir-birining biznesini va kreditni qaytarish imkoniyatlarini baholashadi,
kreditlash asta-sekin ko‘payuvchi, uncha katta bo‘lmagan miqdorda qarz berish yo‘li bilan
amalga oshiriladi, guruh a’zolarining har biri olingan qarzni qaytarish yuzasidan javobgar
bo‘ladi, qarzni qaytarish muddati buzilganda yoki to‘lanmasa, guruh to qarzini tamoman
uzmagunicha navbatdagi kreditni olish imkoniyatidan mahrum etiladi. Amaliyotda
mikrokredit tashkilotlarida guruhlarga qarzning hamma qismini berish usuli ham
qo‘llaniladi va guruh qarzni a’zolariga qay tartibda berishni o‘zi hal etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: