2. Nobank kredit tashkilotlari faoliyatining huquqiy asoslari
1
Савинова Д.В. О формировании механизма привлечения кредитных ресурсов в малый бизнес //Деньги и кредит. -
Москва, 2009. - № 5.
3
Минакова Т.В. Стратегия и развития малых и средних предприятий промышленности в условиях социально
ориентированной экономики. Aвтореф. дисс. на соиск. учен. степ. к.э.н. -М.: МГУ,2008.
42
O‘zbekiston Respublikasida aholi va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning
mikromoliyaviy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishda tijorat banklari bilan birga
nobank kredit tashkilotlarini ham o‘rni va ahamiyati oshib bormoqda. Bu borada so‘nggi
davrlarda keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston
Respublikasining 2006 yil 15 sentyabrdagi 50-sonli “Mikromoliyalash to‘g‘risida”gi, 2006
yil 20 sentyabrdagi 53-sonli “Mikrokredit tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonunlari va ularga
asoslangan holda Markaziy bank tomonidan ishlab chiqilgan 2006 yil 7 oktyabrdagi
№24/4 “Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida”gi me’yoriy
hujjatlar nobank kredit tashkilotlari uchun zarur huquqiy mexanizmni yaratib, ular sonini
tez sur’atlarda o‘sishiga xizmat qilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining “Mikromoliyalash to‘g‘risida”gi Qonuni qabul
qilinishiga qadar fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarini mikrokreditlash Markaziy bank
tomonidan ishlab chiqilgan va Adliya vazirligida tasdiqlangan nizomlar, tartiblar va
yo‘riqnomalar, shuningdek, mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlarning ichki
siyosatlari doirasida amalga oshirilar edi.
Mazkur qonunnning qabul qilinishi bilan fuqarolarni va tadbirkorlik sub’ektlarini
mikromoliyalashning xuquqiy bazasi yanada takomillashdi. CHunki ushbu qonunnning
asosiy maqsadi mikromoliyaviy xizmatlar bozorini rivojlantirish, fuqarolar va tadbirkorlik
sub’ektlari faoliyatini kuchaytirish uchun ularni moliyaviy mablag‘lar va xizmatlarga
bo‘lgan ehtiyojlarini ta’minlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat, deb
ko‘rsatib o‘tilgan.
Mazkur qonunda mikromoliyalash, mikrokredit, mikroqarz va mikrolizing
tushunchalari to‘liq ochib berilgan.
Xusuan, mikromoliyalash-mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlarning
qonun hujjatlarida belgilangan miqdordan oshmaydigan summada mikrokredit, mikroqarz,
mikrolizing berish, shuningdek mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi
shartnomaga muvofiq boshqa xizmatlar ko‘rsatish borasidagi faoliyatidir. Mikromoliyaviy
xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlar jumlasiga banklar, mikrokredit tashkilotlari, lombard
tashkilotlari va boshqa kredit tashkilotlarini kiritish mumkin.
Mikrokredit-qarz oluvchiga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun eng kam
ish haqining ming baravari miqdoridan oshmaydigan summada to‘lovlilik, muddatlilik va
qaytarish shartlari asosida beriladigan pul mablag‘laridir. Mikrokredit qarz oluvchiga pul
mablag‘larini shartnomaga muvofiq muayyan maqsadlar uchun ishlatish shartlari asosida
(maqsadli mikrokredit) beriladi.
Mikroqarz-mikrokredit tashkilotlari tomonidan jismoniy shaxs bo‘lgan qarz
oluvchiga eng kam ish haqining yuz baravari miqdoridan oshmaydigan summada
muddatlilik va qaytarish shartlari asosida, shartnomada nazarda tutilgan hollarda esa,
to‘lovlilik sharti asosida ham beriladigan pul mablag‘laridir.
Mikrolizing-mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilot tomonidan lizing
oluvchining topshirig‘iga binoan uchinchi tarafdan mol-mulk olish hamda uni egalik qilish
va foydalanish uchun lizing oluvchiga shartnomada belgilangan shartlar asosida haq
evaziga berish nazarda tutiladigan xizmatdir. Mikrolizing tadbirkorlik faoliyatini amalga
43
oshirish uchun lizing to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq eng kam ish haqining ikki
ming baravari miqdoridan oshmaydigan summada beriladi.
Mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlardan biri–bu mikrokredit
tashkilotidir. Mikrokredit tashkilotlari 2006 yil 26 avgustdagi “Mikrokredit tashkilotlari
to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq o‘z faoliyatlarini amalga oshiradilar. Unga ko‘ra
mikrokredit tashkiloti - Mikrokredit, mikroqarz, mikrolizing berish sohasida
xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va “Mikrokredit tashkilotlari
to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq boshqa mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik
shaxs deb ko‘rsatib o‘tilgan. Mikrokredit tashkiloti ishlab chiqarish, sug‘urta, savdo-
vositachilik va mazkur qonunda nazarda tutilmagan boshqa faoliyat bilan bevosita
shug‘ullanishga haqli emas.
Mikrokredit tashkilotlari yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar tomonidan qonun
hujjatlariga muvofiq har qanday tashkiliy-huquqiy shaklda tashkil etilishi mumkin. Ushbu
tashkilotlar davlat organlari, siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari va diniy tashkilotlar
tomonidan tashkil etilishi mumkin emas.
Mikrokredit tashkiloti ta’sis hujjatlari asosida faoliyat ko‘rsatadi.
Mikrokredit tashkilotining ta’sis hujjatlarida muayyan tashkiliy-huquqiy shakldagi
yuridik shaxslar uchun qonun hujjatlarida belgilangan ma’lumotlarga qo‘shimcha ravishda
quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:
- mikrokreditlar, mikroqarzlar, mikrolizing berish va boshqa mikromoliyaviy
xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha faoliyat to‘g‘risidagi;
- boshqaruv organlarining tuzilishi va vakolatlari to‘g‘risidagi;
- mikrokreditlar, mikroqarzlar, mikrolizing berish va boshqa mikromoliyaviy
xizmatlar ko‘rsatish uchun mablag‘larni shakllantirish manbalari to‘g‘risidagi;
- mikrokredit tashkilotida audit o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi.
Mikrokredit tashkilotining ustav fondi pul mablag‘laridan, shuningdek
mazkur tashkilot ustav fondi miqdorining yigirma foizidan oshmaydigan boshqa mol-
mulkdan shakllantiriladi. Mikrokredit tashkilotining ustav fondini shakllantirishda
kreditga, garovga olingan mablag‘lardan va boshqa jalb qilingan mablag‘lardan
foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Mikrokredit tashkiloti ustav fondining eng kam miqdori
litsenziya olish uchun murojaat qilingan kunga qadar faqat pul mablag‘laridan
shakllantirilgan bo‘lishi kerak.
Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda mikrokredit tashkiloti mikromoliyaviy
xizmatlar ko‘rsatish faoliyatini litsenziya olganidan keyin amalga oshiradi. Mikrokredit
tashkilotiga litsenziya berish to‘g‘risidagi yoki litsenziya berishni asoslantirilgan holda rad
etish to‘g‘risidagi qaror litsenziya berish haqidagi ariza bilan murojaat qilingan va
litsenziya olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar taqdim etilgan kundan e’tiboran o‘ttiz
kalendar kun ichida qabul qilinadi.
Mikrokredit tashkiloti litsenziya olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy
bankiga yoki uning hududiy boshqarmalariga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:
- litsenziya berish haqidagi ariza;
- mikrokredit tashkilotining ta’sis hujjatlari;
44
-
mikrokredit tashkiloti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi
guvohnomaning notarial tartibda tasdiqlangan nusxasi;
- mikrokredit tashkiloti boshqaruv organlarining tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
- mikrokredit tashkilotining ustav fondi shakllanganligini tasdiqlovchi bank hujjati.
Mikrokredit tashkiloti quyidagilar hisobidan mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatadi:
o‘z mablag‘lari, shu jumladan olgan daromadlari; investorlar, shu jumladan chet ellik
investorlar tomonidan investitsiya shartnomalari asosida berilgan mablag‘lar; banklarning
kreditlari va davlat maqsadli jamg‘armalarining mablag‘lari; xalqaro moliya institutlari,
nodavlat notijorat tashkilotlarining, shu jumladan chet el nodavlat notijorat
tashkilotlarining grantlari va qarz mablag‘lari; qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa
manbalar.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mikrokredit tashkilotlari faoliyatini
tartibga solishni amalga oshiradi. Jumladan:
- O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan
tartibda:
- mikrokredit tashkilotlari ustav fondining eng kam miqdorini hamda moliyaviy va
kassa operatsiyalari o‘tkazishning, buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritishning mazkur
tashkilotlar uchun majburiy bo‘lgan qoidalarini belgilaydi;
- mikrokredit tashkilotlarining faoliyatini tekshiradi va ularning faoliyatida
aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etishga oid bajarilishi majburiy bo‘lgan
ko‘rsatmalar beradi;
- mikrokredit tashkiloti ijro etuvchi organi rahbarining malakasiga doir talablarni
belgilaydi;
- mikrokredit tashkiloti tomonidan ayrim moliyaviy operatsiyalar o‘tkazishni uch
oygacha bo‘lgan muddatga cheklaydi;
- mikrokredit tashkiloti litsenziyasining amal qilishini to‘xtatib turadi, tugatadi yoki
litsenziyani bekor qiladi.
Aholining faol qismi o‘z biznesini tashkil etishi va boshlashi uchun qulay shart-
sharoitlar yaratish, ayniqsa qishloq joylarda aholi bandligini oshirishga ko‘maklashuvchi
kichik va mikrobiznes sub’ektlari faoliyatini rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining
“2010
yilgacha
O‘zbekiston
Respublikasidamikromoliyalashtirishnirivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi Qarorining
qabul qilinishi kichik biznesni mikrokreditlashni rivojlantirishda yangi sahifa ochdi.
Mazkur Dasturga ko‘ra quyidagi vazifalarni bosqichma-bosqich amalga oshirish asosiy
yo‘nalishlari etib belgilangan va ijro etilgan.
- mikromoliyaviy xizmatlarga muhtoj bo‘lgan aholi to‘liq qamrab olinishini
ta’minlagan holda mamlakatning barcha mintaqalarida mikrokredit tashkilotlari tarmog‘ini
kengaytirish uchun iqtisodiy va tashkiliy shart-sharoitlar yaratish;
- normativ-huquqiy bazani takomillashtirish hamda mikrokredit tashkilotlarining
barqaror rivojlanishini ta’minlovchi ular faoliyatini tartibga solishning samarali tizimini
yaratish;
45
- moliyalashtirishning tijorat manbalari, xususan xalqaro moliya institutlari, tijorat
banklari va davlat maqsadli jamg‘armalarining kredit liniyalari hisobiga mikrokredit
tashkilotlarining resurs bazasini shakllantirishga ko‘maklashish;
- mikromoliyalashtirish xizmatlarini kengaytirish, xususan mikrolizing xizmatlarini
rivojlantirish;
- mikrokredit tashkilotlari professional xizmatlarga va zarur kredit axborotlariga
kirib borishini ta’minlovchi yordamchi xizmatlarni va infratuzilmani rivojlantirish.
Undan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi
«2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish, uning
barqarorligini oshirish va yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor
yo‘nalishlari to‘g‘risida»gi PQ-1438-sonli Qarorida, aynan, mikrokredit tashkilotlari
faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari belgilandi. Uni 3-jadval ma’lumotlaridan
ko‘rish mumkin:
O‘zbekiston Respublikasining Qonunlari, Prezident Farmonlari, Vazirlar
Mahkamasining Qarorlari va Markaziy bankning kichik biznesni mikrokreditlashga oid
qator yo‘riqnomalari kichik biznes faoliyatining huquqiy asoslarini mustahkamladi, kichik
biznes sub’ektlari uchun ma’lum kafolatlar va imtiyozlar belgilandi, kichik biznesni
qo‘llab-quvvatlovchi infratuzilma tizimi shakllandi. SHu bilan birga, fikrimizcha, kichik
biznesning qonuniy asoslarini zamon talablaridan kelib chiqib, doimiy ravishda
takomillashtirib borish uning rivojlanib borishiga va taraqqiyotiga xizmat qiladi.
Xulosa qilib aytganda, mikrokredit tashkilotlari faolityaining tashkiliy-huquqiy
asoslarini shakllantirish bo‘yicha qonunlarning qabul qilinishi: 1) mikromoliyalash bilan
bog‘liq faoliyatni tartibga soluvchi yagona huquqiy bazaning shakllanishiga; 2)
mikromoliyaviy xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar mablag‘laridan foydalanish imkonini
ta’minlashga; 3) aholining keng qatlamlariga mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatishga
ixtisoslashgan mikromoliyaviy tashkilotlar tuzish va faoliyatini rivojlantirishga; 4)
mikromoliyalash jarayonini tartibga solish asosida mikrokredit tashkilotlari hamda kichik
biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli munosabatlarni
rivojlantirishga imkoniyat yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |