Aholi yashash joylarini obodonlashtirish
|
1kishi uchun o'rtacha kunlik suv sarfi, dm3 / kun.
|
Binolarni qurishda markazlashgan suv va kanalizatsiya (hammomi yo'q) bilan ta’minlash
|
125-160
|
Vannalar va mahalliy suv isitgichlari uchun
|
160-230
|
Markazlashtirilgan issiq suv ta'minoti uchun
|
250-350
|
Gigiyenik nuqtai nazardan, shuningdek kelib chiqishi va joylashishi bo'yicha barcha suv manbalarini uch guruhga bo'lish mumkin: yer osti, yer usti, va atmosfera.
"Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to'g'risida" (2015) qonunga muvofiq, aholining yashash joylarida ichimlik suviga bo'lgan ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan chora-tadbirlar markazlashtirilgan yoki markazlashtirilmagan (mahalliy) ichimlik suvi ta'minoti tizimlari bilan amalga oshiriladi.
Dunyo mamlakatlarida kuniga 1 nafar aholiga ichimlik va uy-ro'zg'or ehtiyojlari uchun suv sarfi quyidagicha: Manchester, Myunxenda - 200 litr, Glazgoda, Xelsinkida - 25 litr. Faqatgina Rimda suv iste'mol qilish kuniga bir kishi uchun 1000 litrni tashkil qiladi. Bu shaharda favvoralar va suv omborlarining ko'pligi bilan bog'liq.
Suvning tabiiy mineral tarkibi
Suv kislorodning vodorod bilan eng sodda turg'un kimyoviy birikmasidir va ko'plab kimyoviy elementlar bilan osonlikcha reaksiyaga kirishadi. U ko'plab birikmalar uchun eng yaxshi erituvchidir va deyarli barcha kimyoviy reaktsiyalar uchun talab qilinadi. Tabiiy sharoitda deyarli hech qachon sof holatda bo'lmaydi. Suv tarkibida natriy, kaltsiy, magniy, uglerod, oltingugurt, azot, kislorod, vodorod va boshqalar kabi elementlar mavjud. Tabiiy suvlar tarkibida rux, qo'rg'oshin, molibden, mishyak, ftor, yod va boshqa elementlar ma’lum miqdorda mavjud.
Tabiatda, turli mintaqalarda "qattiq" va "yumshoq" holdagi suvlar mavjud. "Qattiq" suvda ko'p miqdordagi kaltsiy, magniy, litiy, selen va boshqa mineral elementlar mavjud. "Yumshoq" suv ularda juda kam bo’lib, ammo natriy ko'p miqdorda mavjud. Ikkala suv ham sog'liq uchun zararli.
Doimiy ravishda minerallashgan "qattiq" suvdan (1,5-3 g/l quruq qoldiq) foydalanadigan aholi to'qimalarning gidrofilligi oshgani, tanada suvni ushlab turishini, siydik chiqarishni 30-60 foizga kamaytirgani qayd etilgan. Mineral tuzlar ko’proq suv oshqozonning sekretor faoliyatiga salbiy ta'sir qiladi, organizmdagi suv-tuz muvozanatini buzadi va chanqoqni yomonlashtiradi. Tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, xloridlar, ayniqsa, natriy xloridni ortiqcha iste'mol qilish me'da sekretsiyasini kuchaytiradi, siydik ajralihini kamaytiradi va qon bosimini oshiradi.
Ichimlik suvidagi sulfatlarning ko'pligi suv-tuz almashinuvining buzilishiga olib keladi, dispeptik alomatlarni keltirib chiqaradi. Organizmning gomeostazini saqlab turadigan minerallarning pastki chegarasi 100 mg/l quruq qoldiq bo'lib, minerallashuvning optimal darajasi 200-400 mg/l ga to'g'ri keladi. Bunday holda, kaltsiy miqdori kamida 25 mg/l, magniy - 10 mg/l bo'lishi kerak.
Suvda ftor, molibden, stronsiy, uran, simob, yod va boshqalar kabi elementlarning mavjudligiga alohida e'tibor qaratish lozim, ularning suvda ko'pligi yoki yetishmasligi odamlarda va hayvonlarda endemik kasalliklarga sababchi bo’ladi.
Agar suvda ftor miqdori 1,5 mg/l dan ortiq bo'lsa, flyuroz kasalligi rivojlanishi mumkin, 0,7 mg/l dan kam bo'lsa- tish kariyesi rivojlanadi.
Suvdagi molibdenning ortiqcha miqdori qon va siydikda siydik kislotasining ko'payishiga, ichki organlarda patomorfologik o'zgarishlarga olib keladi.
Yod ko'plab o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lgan eng muhim galogen hisoblanadi. Yodning tanadagi biogen xususiyatlari turli biokimyoviy jarayonlarda namoyon bo'ladi, xususan, uning ta'siri oksidlanish jarayonlari kuchayadi, fermentativ jarayonlarning borishi o'zgaradi. Tanada yodning asosiy qismi qalqonsimon bez va mushaklarda to'planadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |