O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSITUTI SHAHRISABZ FILIALI
OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI TEXNOLOGIYASI VA SANOAT UZUMCHILIGI” FAKULTETI
“OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI TEXNOLOGIAYSI” KAFEDRASI
“GIGIENA VA SANITARIYA”
fanidan tayyorlangan amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarini bajarish uchun uslubiy ko’rsatmalar.
Mavzu: Atrof muhit va uning kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi.
Ma’lumki, ilmiy-texnika taraqqiyoti awwalo ishlab chiqarishni tubdan o‘zgartirib, sanoat mahsulotlarini ko‘plab yetkazib berishda muhim omil vazifasini o‘taydi. Lekin bunday taraqqiyot xoh sanoatda, xoh qishloq xo‘jaligida bo'lsin ilg‘orlik ahamiyatiga ega boMsada, atrof-muhitning bir qadar o‘zgarishiga va bu o'z navbatida aholi salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shuning uchun hozirgi kundajahon miqiyosida atrof?muhitni avaylab saqlash, tabiiy boyliklami asrash va ulardan oqilona foydalanish talab qilinadi Fan va texnikaning rivojlanishi ishlab chiqarish taraqqiyotiga katta ta’sir ko'rsatadi. Inson texnika, texnologiya jarayonlari hamda mehnat vositalaridan foydalanib, tabiatga o‘z ta’sirini ko‘rsatayapti. Umuman olganda texnika taraqqiyoti inson qolidagi tabiatga ta’sir qilish vositalaridan biridir. Chunki, hozirgi zamon texnika taraqqiyoti ishlab chiqarishning turli tarmoqlarini o‘ziga qamrab olib, butun bir texnologiya, sistemasini o‘zgartirib yuborishi mumkin. Bunga D. P. Nikitin, Yu. V. Novikov (1980) lar fikricha quyidagilami kiritish mumkin: - yangidan-yangi sun’iy polimer, plastmassalardan va tabiiy materiallardan foydalanish natijasida; - energiyaning yangi manbalari (atom, plazmokimiyoviy jarayonlarda hosil boMadigan energiya va boshqaiarjdan foydaianisn orqaii; -texnikani borgan sari murakkablashtirish, texnologik komplekslami qaytaqayta tashkil qilish (energetika sistemasi, transport, aloqa va boshqalar); - oddiy texnika o‘miga avtomatlar, hisoblash mashinalari, kibemetika va boshqalarni xalq xo‘jaligida dadil qollash bilan texnika faoliyatini umuman o‘zgartirish mumkin. Tashqi muhitning ifloslanishi inson sogligiga va tabiatga ham birdek ziyon keltirmoqda. Tirik organizmning atrof-muhit bilan o'zaro munosabatini o‘rganadigan biologik fanga ekologiya deyiladi.
«Ekologiya» atamasini fanga kirgazishni 1866- yili nemis zoologi E. Gekkel taklif etgan. Biroq, E. Gekkelning fikricha, ekologiya tirik mavj udotlaming atrof-muhit bilan o‘zaro munosabati tushunchasini beradi. Qadimgi yunon va Rim tabiatshunoslari asarlarida ham ekologiya to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan. XVIII asr tabiatshunoslari 18 (K.Linney, J.ByufTon) ham qimmatli ekologik kuzatishlar olib borganlar. Ekologiya botanika va zoologiyada bir yo‘nalish sifatida vujudga kela boshlagan. Ekologiya muhit omillarining o‘ simlik va hayvonlar organizmiga ta’sirini, organizm va populatsiyaning muhit omillariga ko'rsatadigan reaksiyalarini, populatsiyalar soni va strukturasini bir xilda saqlovchi mexanizmlami tabiiy guruhlarning biologik mahsulotlarini, biogeotsenozlar hamda ekosistemalarning harakatlanish qonuniyatini, biogeotsenotik jarayonlarda biogeotsenozlar strukturasining roli va biosferani o‘rganadi. Hozirgi zamon ekologiyasi odam va biosfera o’rtasidagi uzviylikni ham jadal o‘rganmoqda. Ekologiya umumiy va xususiy turlari mavjud. Umumiy ekologiya har xil sistema (populatsiyalar, guruhlar va ekosistema)laming tuzilishi hamda vaziyatli jarayonlarini, xususiy ekologiya muayyan toksonomik kategoriyadagi aniq, ekologik guruhlami o‘rganadi. Populatsiya ekologiyasi populatsiyalar - umumiy hudud va genofondga to'plangan bir tur individlami o'iganadi. Tabiiy guruhlar ekologiyasi (biogeotsenologiya) tabiiy guruh (tsenoz) laming tuzilishi vaharakatini, ya’ni har xil turlaming birgalikda hayot kechiradigan populatsiyalami tekshiradi. Biogeotsenologiya umumiy ekologiyaning ekosistema va biogeotsenozlami o'rganuvchi bo'limi. Xususiy ekologiya o‘simliklar ekologiyasi va hayvonlar ekologiyasidan iborat. Tabiiy muhitning kishilik jamiyatiga ta’sirini XX asr o‘rtalarida vujudga kelgan odam ekologiyasi o‘rganadi. Atrof-muhitning tobora radioaktiv mod' dalar bilan ifloslanis t sababli radioekologiya fani kelib chiqdi, bu fan biosferada radioaktiv izotoplaming tarqalish yo‘ llarini va radioaktivlikning ekosistemaga ta’sirini tekshiradi. Biosfera to‘g‘risidagi ta’limotbiokimyota’Umoti bilan bevosita bogMiq. Ekosistema va biogeotsenoz tushunchalarining paydo boMishi, organizmning hayot tarzi jarayonida o'rganilgan ilmiy ishlar, shuningdek kasalliklarningtarqalishi hamda rivojlanishi har xil muhit omillariga bogMiqligi ekologiyaning shakllanishini tezlashtirgan. Ekologiyaning mustaqil fan sifatida shakllanishiga Ch. Darvinning «Turlaming kelib chiqishi...» (1859) asari katta ta’sir ko'rsatdi. 1920-193 0- yillarda V. I. Vemadskiy biosfera ta’limotiniyaratdi. Hozirgi kunda ekologiyabir-biri bilan uzviy bogMiq 3 qismdan, ya’ni faktoral, populatsion va biogeotsenologik ekologiya qismlaridan iborat. Faktoral ekologiya yoki boshqacha aytganda autoekologiya tur yoki jinsni uni o'rab olgan muhit bilan o'zaro munosabatini o'rganuvchi boMimdir. 19 Mazkur bo‘lim ba’zan tur ekologiyasi deb ham ataladi. Faktoral ekologiya organizm fiziologiyasi va morfologiyasi bilan chambarchas bog‘liq. Population ekologiya - tuzilishning shakllanish sharoitini va bir turdan ajralgan guruhlaming populatsiyasini davomli o‘rganadi. Boshqacha qilib aytganda, populatsion ekologiya bir turdagi o‘zgarishlami o‘rganib, uning sabablarini aniqlaydi. Turlaming populatsion ekologiyasini bilmay turib, tabiat va uning omillaridan ilmiy asosda foydalanish mumkin bo‘lmaydi. Biogeotsenozning V. N. Sukachyov asoslab bergan qo‘shimcha juda aniq, tushunchasi yer yuzining muayyan hududida yashaydigan o‘ simliklar, hayvonlar va mikroorganizmlarning shu hudud landshafti, iqlimi, tuproq, hamda gidrologik sharoitlari bilan birligini anglataai. Bu msnunchaianiiiig kii iiilialii ekologiyaning har xil bo‘limlarini bir-birigayaqinlashtirish imkonini beradi va ekosistema doirasida moddalar almashishi va energiya oqimini o‘rganish singari umum ekologiya masalalari yuzaga keldi. Biogeotsenoz tarkibiga quyidagi komponentlar: o‘simlik komponenti - zootsenoz va mikroorganizmlar tegishlidir. Bular tuproqda, suvda yoki ma’lum sharoitda mikroblaming biokimyosini tashkil qiladi. Biotsenoz barcha tur jonivorlar populatsiyasining chiqindisi, ma’lum bir jug‘rofik hududda istiqomat qiladi vayashaydi. Bunday hududlar qo‘shni joylardagi tuproq va suvlaming kimyoviy taridbi va fizik xususiyatlari, ya’ni joyning past-balandligi, quyosh nuri bilan ta’minlanishi va boshqa tomonlari bilan farq qiladi. Biotsenozda yashaydigan o'simlik hamda hayvonlar doim bir-biriga nisbatan ma’lum munosabatda va aioqada bo'iadi. Biotsenoz umumiy tabiiy kompleks bo‘lib, biogeotsenozning bir qismidir. Biotsenoz muntazam ravishda rivojlana boradi va bu rivojlanish jarayoni, odatda, uzoq, davom etadi. Inson o‘zining hayotiy faoliyatida biotsenozni o‘ziga ma’qul boigan tarafga o‘zgartirishi mumkin. Asrimizning ikkinchi yarmidan boshlab umumiy ekologiya shakllana boshladi. Uning rivojlanishiga gidrobiologiyada erishilgan yutuqlar, yerda yashaydigan hayvonlar ekologiyasi va o‘simliklar ekologiyasiga oid to'plangan ma’lumotlar, ekosistema va biogeotsenoz tushunchalarining ifodalanishi, matematik usullaming keng joriy etilishi va boshqalar asos bo‘ldi. Ba’zi olimlar biosferaning elementar struktura birligini ekosistema deb ham ataydilar. V. I. Vemadskiy sayyoramizning hayot yoki uning ko‘rinishlari aks etgan joylarini biosfera deb atadi. Biosferaga atmosfera (20-30 km balandlikkacha), 20 litosfera (7-10 km chuqurlikkacha), shuningdek gidrosfera (suvli muhit) kiradi. Kishilik jamiyati paydo bolishi va rivojlanishi tabiatning biosfera sifatida rivojlanishining yangi bosqichini boshlanishiga olib keldi. V. I. Vemadskiy fikricha, biosfera tirik mavjudotlar bilan mineral unsurlar birligidir. Tabiatni boshqarishni odamzod o‘z qo’liga ola boshladi. Tabiat odamlarga xizmat qiladigan bo’ldi, biosfera noosferagaaylana boshladi. V. I. Vemadskiy talimotiga ko‘ra noosfera boisferaning rivojlanish bosqichi bolib, odam tabiatni ongli ravishda boshqaradi. Shu paytdan boshlab tabiat, biosfera tarixi insoniyat tarixi va uning ijtimoiy-siyosiy rivojlanishi tarixi bilan bogliq bolib qoladi. Odamzod faoliyati tufayli biosferada prinsipial yangi davrlar paydo bo’lmoqda. Bu davrlar quyidagicha tafovut qilinadi: birinchidan, biosfera jarayonlari tezlashib bormoqda, ikkinchidan, biosferada materiya bilan energiyaning tabiiy holda bo‘lmaydigan yangi turlari paydo bo‘ lmoqda, uchinchidan, tabiat kuchlari va qonuniyatlari borgan sari yangi yo'nalishlar olmoqda. Quyosh sayyoramizni hayotbaxsh energiya bilan ta’minlar ekan, biosferada shiddatli biokimyoviy jarayonlami keltirib chiqaradi. Biosferaning hamma qismi moddalar migratsiyasi va energiya bilan o‘zaro boglangan. Shunday qilib, biosferada doimo o‘zaro ta’sirlanib turadigan ko'pgina komponentlaming o‘ta murakkab sistemasi dinamik muvozanatdagi sistemani yuzaga keltiradi. Ko‘p yillar davomida muhitning «sofi» atmosfera havosi, «toza» (chuchuk) suv, unumdor yerlar, o'simlik va hayvonlar dunyosi kabi muhim komplekslar, ya’ni odam hayoti uchun zarur bo'lgan tabiiy muhit shakllanib bordi. Odam yer biosferasining farzandi sifatida faqat o'sha muhit sharoitida hayot kechirishga moslashgan. Biroq boshqa tur tirik organizmlardan farqli o'laroq, odam o'zi yashaydigan muhitga passiv moslashib bormasdan, balki uni o'zining fiziologik va ijtimoiy talablariga ongli tarzda «bo'ysundira» (kiyim-kechak, turar-joy, isitish sistemasi, aholi yashaydigan punktlar va boshqalar) boradi. Inson taraqqiyot bosqichiga qadam qo'ygan davrdan boshlab atrof-muhit, asosan, organik moddalar va mikroorganizmlardan tashkil topgan xo'jalik-turmush chiqindilari bilan ifloslanar va tabiatning «o'zini-o'zi tozalash» xususiyati hisobiga zararli oqibatlar - inson sog'lig'iga deyarli ta’sir etmaydigan asosiy xossalari kam o'zgarar edi. Ammo, insoniyatning «xo‘jayin»lik tuyg'usiga behad erk berib yuborgan taraqqiyot uni tabiat ustidan erkin hukmronga aylantirib qo'ydi. Uzoqni yaqin qiluvchi zabardast, tez uchar samolyotlaming, atom 21 elektrostansiyalarining yaratilishi, atom sir-asrorlarining sekin-asta ochilishi, lazer nurlari bilan inson organizmida murakkab jarrohlik va davolash ishlari olib borilishi, geologiya fani yutuqlari va hokazolar, bir tomondan, insonning ortib borayotgan kundalik talabini ta’minlayotgan boMsa, ikkinchi tomondan, unga salbiy ta’sir etmoqda. Shu sababli 1960- yillardan boshlab ekologik tadqiqotlar butun dunyoda avj ola boshladi. Hozirgi zamon ekologiyasining o‘ziga xos xususiyati butun biosferani qamrab oluvchi jarayonlami tadqiq etishdir. Odam va biosfera o‘rtasidagi hnjjMiqlik sinchiklah o‘rganilmoada. Xalqaro biologik dastur doirasida o.‘tkaziIadigan ishlar 1964- yillardan boshlandi. Uning asosiy maqsadi - yer kurrasining har xil joylaridagi ekosistemalar mahsuldorligini o‘rganish. Ekologiyaning asosiy vazifasi inson yaratgan va tabiiy sistemalaming strukturalari hamda vazifaviy asoslarini miqdoriy usullar yordamida batafsil o‘rganishdan iborat. Kishilik jamiyatining hozirgi rivojlanish bosqichida odamning biosferaga ta’siri ortdi, ekologiyaning amaliy ahamiyati o‘ sdi. Ekologiya tabiiy boyliklarni qo‘riqlash va ulardan foydalanish bilan bogliq bolgan hamma tadbirlar uchun ilmiy asos boMib xizmat qilishi kerak. Biroq insoniy taraqqiyot tabiat bag‘rini ayovsiz tadqiq qilgani sari atrof-muhitni ifloslaydigan omillar ham tez suratlarda ortib bormoqda. Zaharli kimyoviy moddalarning atrof-muhitda barqarorligi va doimiy ko‘chib yurishi kishilar sogligi uchun birmuncha xavf tug'dirdi. Barqaror kimyoviy moddalar havodagi kislorod, yorug‘ lik ta’siriga chidamliligi va tuproq, suv va boshqalardagi mikroorganizmlami parchalay olmasligi bilan xavflidir. Masalan, hozirda Toshkent shahrida xalq xizmatidagi avtotransport vositalari miqdori juda ortib ketgan. Bundan 10-15 yil avval katta ko‘chalaming bir nuqtasidan 1 soatda 600-700 avtotransport o‘tgan bolsa, hozirga kelib bu 2-3 barobar ortgan. Daiyo va dengizlarda yuk va odam tashuvchi transportlar soni borgan sari ko‘payib bormoqda. Temir yoMdagi transport vositalari, parovozlar, teplovozlar, tez uchar samolyotlar, xullas qayerga qaramang, ulkan mexanizm va dvigatellar harakatda. Ma’ lumotlar shuni ko‘rsatadiki, yer kurrasida yiliga 20 milliard tonnadan ziyod ko‘mir yoqiladi. 2,5 milliard tonna neft yonilgi sifatida foydalaniladi. Ulardan havoga 200 million tonna is gazi, millionlab tonna benzin bugi va boshqa zararli gazlar ajralib chiqadi. Hisoblarga qaraganda bitta transatlan22 tik havo laynerining parvozi kislorodning 50 tonnasini yo‘q qiladi. Yiliga atmosfera havosiga 220 million tonna zararli omillar singib ketadi. Ilmiy tekshirishlar shuni ko‘rsatadiki, atmosferani ifloslaydigan zaharli moddalaming 40% ni transportdan, 20% harxil yonilg‘ilardan, 15% ishlab chiqarish jarayonidan, 25% boshqa manbalardan chiqadi. Oqibatda bunday hoi ozon konsentratsiyasini 5%ga kamaytirib, radiatsiyani 26%ga oshirar ekan. C02 gazining havoda ko'payishi sayyoramizdagi issiqlik nuri oqimini ko'paytiradi. Bu esa keyinchalik muzliklaming erishiga sabab boMadi. Pirovardida okean va dengiz suvlari sathining 86 metrga ko'tarilishiga olib kelishi mumkin. Mabodo shunday hodisa ro'y bersa, tabiat iqlimi o'zgaradi. A. M. Ryabchikov keltirgan maдumotlarga ko'ra, butun dunyo mamlakatlari tabiiy muhitga yiliga 3 milliard tonna sanoat va xo'jalik qattiq chiqindilarini tashlaydi, 500 km3 dan ortiq chiqindi oqova suvlar va 2 milliard tonnaga yaqin har xil yoqilgM kuli va qurumlari suv havzalarini, atrof-havo muhitini bulg'aydi. Keyingi 20-30 yillar davomida ko'p mamlakatlarda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot natijalariga qaraganda atrof-muhitning chiqindi, jumladan zaharli moddalar bilan ifloslanishiyildan-yilgaortmoqda. Buning oqbatida sanoati rivoj langan shaharlarda surunkali nafas yoMi va o'pka kasalliklari ko'payib bormoqda. Kasalliklaming kelib chiqishida iflos havoning ta’siri katta. Ilmiy tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, sanoat korxonalari zich joylashgan, iflos havo zonasidayashaydigan aholi o‘rtasidahavf!i o'smalar va o'zga surunkali og'ir xastaliklar ko'p uchraydi. Umuman olganda, atmosfera havosiningtozaligiga erishishda davlatlararo hamkorlikda ish tutilsagina ko'zlangan maqsadga erishiladi. Avtomobil chiqindilarining tarkibi 1-jadvalda keltirilgan. Shuningdek, sanoat korxonalari, issiqlik elektrostansiyalari ham havo qatlamlarini ifloslaydi. Havoning musaffoligiga raxna solganjiddiy omillardan biri toshko'miryoqilg'isi hisoblanadi. Ma’ lumotlarga qaraganda, hozirgi vaqtda butun jahon avtoparklaridagi avtomobillaming umumiy quwati 15 milliard ot kuchiga tengdir. Birgina yuk avtomobili bir soatlik ish mobaynidahavoga 120 kub metrga qadar gaz chiqaradi. Yengil avtomobillar ishlangan gazni bundan ikki baravar kam chiqarishi mumkin (A. Eshmuxamedov, G. Saxarov), 1 kilogramm,yonilg‘iyonishi uchun 15 kilogramm havo talab etiladi. Bu miqdordagi yonilg' i gaz holidagi chiqindi23 Avtomobil chiqindi gazlarining tarkibi (I. Sh. Varshavskiydan olingan) 1- jadval Gaz komponentlari Motordan chiqadigan gazlar tarkibi (% hisobida) Karbyuratorli Dizelli Azot 7 4 -7 7 7 6 -7 8 Kislorod U> 100 2 -1 8 Suv bug‘i 3 -3 ,5 0 ,5 -4 Uglerod oksid 5 -1 2 1— 10 Is gazi 0 ,5 -1 2 0,01-0,5 Azot oksid P © 1 p 00 0,0002-0,5 Kanserogen bo'lmagan uglevodlar p 1 0,009-0,5 Aldegid lar 0,0- 0,2 0,001-0,009 lar bilan 1500kilogrammhavoni ifloslaydi. Aholi salomatligiga nihoyatda zarar yetkazadigan yana bir havfli narsa - havo muhitining radioaktiv moddalar bilan ifloslanishidir. Sun’iy ravishda hosil bo‘ladigan sanoat radioaktiv chiqindilari, shuningdek havoning ifloslanishi aholi salomatligi uchun havflidir. Radioaktiv moddalar bevosita tuproqda yoki havodan tuproqqa tushganida tirik organizmga yomon ta’sir qiladi. Qizig‘i shundaki, radioaktiv chiqindilar atmosferaga tarqalishi bilan uning miqdori kamayganga o‘xshab ko‘rinadi. Biroq, u to‘planib qolish xususiyatiga ega, chunki tuproq va o'simliklarda yig‘ ilib qolgan radioaktiv moddalarda uning salbiy xususiyati saqlanib qoladi. Tabiat va oziq-ovqat mahsulotlarining radioaktiv moddalar bilan zararlanishi rak kasalligiga o‘xshash o‘smalar, nasi aynishi kabi oqibatlarni keltirib chiqaradi. Shuni aytish kerakki, tuproqqa singib ketgan radioaktiv moddalar yer osti suvlariga, o‘simliklar tanasiga singadi. Radioaktiv moddalami albatta gidroizolatsiya qilib, so‘ngra tuproqqa ko‘mish mumkin. A. A. Xankevich keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra, 1966- yildan boshlab radioaktiv moddalar yer qa’riga 1540 metr chuqurlikda ko'mila boshlandi. Bu usul ancha bexavotir hisoblanadi. 24 Ma’lumotlarga qaraganda, hozir dengiz suvlariga tashlangan radioaktiv moddalar miqdori 400 milliard litrga, umumiy reaktivlik 2 million kyuriga yetgan. Shu tufayli ham dengizlami chiqindilar bilan ifloslantirmaslik, chiqindilarni yo‘qotish va zararsizlantirishning xatarsiz yo‘llarini topish lozim. Chunki atom elektrostansiyalari (AES) tobora ko‘plab qurilgani sari radioaktiv chiqindilar miqdori ortib boradi. Bundan tashqari, taraqqiy etgan davlatlarda (AQSh, Germaniya, Angliya va boshqa) qurilgan AES larda falokat (avariya) yuz berishi kuzatilmoqda. Jumladan, 1986- yilning aprel oyi oxirida Ukraine respublikasining Chernobil AESida falokat sodir bo'ldi. Bu AESda reaktor va uning faol doirasining portlashi natijasida tashqi muhitga bir qancha o‘n millionlab kyuri radioaktiv moddalar chiqarib tashlandi. Bundan tashqari, reaktor portlashidan oldin 10 kun davomida reaktor tagiga o‘rnatilgan grafitqatlaminingyonishidan hosil bo‘igan gaz va aerozolsimon yuqori faol birikmaning katta kuch bilan tashqi muhitga chiqarib yuborilishi o‘z yo‘lida ekologik vaziyatni yanada og‘irlashtirdi. Fojianing birinchi kunlari -haftalarida tibbiyot va biologik jihatdan ahamiyatli bo'lgan radionuklidlardan radioaktiv izotop - yod bo‘lgan. Buning natijasida odamlar va hayvonlar qalqonsimon bezining yodga bo‘ lgan (miqdorjihatidan shartli) talabini qisqa vaqt ichida (avariyagacha 2-3 oy davomida) toMdirib turgan. Uzoq yashovchi radionuklidlarqatoriga eng awalo seziy bilan stronsiyni qayd qilish mumkin. Chemobil AESida yuz bergan falokatning boshqa AESlardagi falokatlardan farqi shundaki, bu AESda shikastlangan reaktordan ajralgan katta miqdordagi radioaktiv moddalar uzoq muddat davomida (10 kun) tashqi muhitga chiqib turgan va bu fursatda tegishli chora-tadbirlar ko‘rishga imkoniyat bermagan. Shu sababli fojianing oldini olishda qatnashgan navbatchilar, o‘t o‘chiruvchilar, dozimetristlar orasida yuqori daraja radioizotop ta’sirida o'lganlar boMgan. Fojia sodir bo‘lgandan so‘ng atrof-tevarakda yashovchi 600 ming kishi, shundan 215 ming bola ambulatoriya usulida, 37,5 ming kishi kasalxona sharoitida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi, shulardan 12600 nafarini bolalar tashkil qiladi. Aholining o‘z vaqtida voqea sodir bo‘ lgan hududdan 30 km tashqariga chiqarilishi va profilaktik tadbirlar ko‘rilganligi tufayli tekshirilganlar orasida nurlanish alomatlari qayd qiliranagan. 25 Fojia sodir boMgan yerda eng og‘ir profilaktik tadbirlar - yoMlar, transport vositalari, qurilish inshootlari asbob-uskunalarini radioaktiv moddalardan tozalash boMdi. Shu sababli sanitariya xodimlarining asosiy ishi radiatsiyasi yuqori boMgan hududda radiatsiyani kamaytirish ishlarini uzluksiz olib borish, aholini zararlanmagan ovqat mahsulotlari, ichimlik suv va kerakli uy anjomlari bilan ta’minlashni uyushtirishdan iborat bo‘ lishi kerak. Kelgusida yuz berishi mumkin bolgan fojianing oldini olish maqsadida AESlaming qurilish loyihalarini, ulami ishgatushirish masalalarini kompleks reja bo‘yicha ko‘rib chiqish, AES ishchilari uchun moMjallangan turar joyni reaktordan kamida 30 km uzoqlikda qurish tavsiya etiladi. Favqulodda kuzatilgan fojianing naqadar og‘ ir musibatlar keltirishini hisobga olib AES lar qurilishi va ishga tushirilishi, avariyaning oldini olish, qurilish masalalari bo'yicha BMT tomonidan davlatlararo bitimlar tuzilgan. 1990- yil sentabr oyidajahon atom energiyasi agentligi (MAGATE) tomonidan fransuz variantiga asoslanib tuzilgan (AET shikastlanishiga qarab) jahon shkalasi Moskvada o‘tgan anjumanda muhokama qilindi. Qurilgan AES ustidan yetarli darajada texnik, radiologik, tibbiy va boshqa tadbirlar muntazam ravishda, malakali darajada olib borilgandagina ulardan unumli foydalanish mumkin. 0 ‘zbekiston sharoitining atmosfera havosini ifloslaydigan o‘ziga xos xususiyatlari bor. Masalan, bizda paxta tozalash zavodlari havoni ifloslovchi asosiy manbalardan biri hisoblanadi. Paxtaning 4-5 navlari 20 % gacha cho‘pxas va har xil kimyoviy tarkibli tuproq hilan ifloslangan bolishi mumkin. Qishloq xo‘jaligi zararkunandalari va o‘simlik kasalliklariga qarshi kurashda qoMlaniladigan pestitsidlar hamda hosildorlikni oshirish uchun ishlatiladigan kimyoviy va mineral o‘g‘itlar ham havoni zaharli birikmalar bilan ifloslaydi. Shuningdek, bo‘rdoqichilik, naslchilik va parrandachilik fermalari va komplekslarining chiqindilari chirishidan ammiak, vodorod sulfid va boshqa zararli gazlar hosil boladi. Jahon Sogliqni saqlash tashkiloti (VOZ) va ba’zi olimlarning ma’lumotlariga ko‘ra, havo tirik organizmlar uchun zararli bo‘ lgan quyidagi kimyoviy va boshqa moddalar bilan ifloslanishi mumkin ekan:
1. Qattiq zarralar: uchuvchan kullar, changlar, qurum, rux oksid, silikatlar, qo‘rg‘oshin xlorid.
2. Oltingugurt birikmalari: sulfat va sulfid angidrid, vodorod sulfid, merkaptanlar.
3. Organik birikmalar: aldegidlar, uglevodorodlar va qatronlar.
4. Azot birikmalari: azot oksid, azot (H)-oksid, ammiak.
5. Kislorod birikmalari: ozon, uglerod (II)-oksid, karbonat angidrid gazi.
6. Galogen birikmalari: vodorod ftorid, vodorodxlorid.
7. Radioaktiv moddalar, radioaktiv gazlar, aerozollar.
Yuqorida ko'rsatib o‘tilgan moddalardan tashqari, muhitimizni sanoat korxonalari markazlaridan chiqadigan bir qator kimyoviy moddalar - simob, qo‘rg‘oshin, marganes, berilliy, fenol, kadmiy, izopren, atseton, toluol, benzin va boshqa moddalar zararlashi mumkin ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |