ATROF-MUHITNl MUHOFAZA QILISH TADBIRLARI
Atrof-muhitni muhofaza qilish muhim umumxalq va davlat ahamiyatiga molik vazifa bo‘ lib, nafaqat hozirgi, balki kelajak avlodlar farovonligi ham bu vazifanmg muvaffaqiyatli hal etilishiga bogliqdir. O‘zbekistonda atrof-muhit muhofozasi uchun 1981-1985- yillarda 427,6 million so‘m, shu jumladan 1985-yilda 108,6 million so‘m sarflandi. Bulardan tashqari, kelajakda havodagi zararli moddalardan saqlanish uchun yana qator tadbirlar - jumladan, aholi yashaydigan joy lar bilan sanoat korxonalari orasini ko‘kalamzorlashtirilishiga erishish zarur bo‘ladi. Korxonalarda hosil bo‘ layotgan chiqindilami tutib qolish va ularni qayta ishlashga e’tibomi kuchaytirish salomatlik yolidagi muhim tadbirlardan hisoblanadi. Sanoat korxonalari binolari shamol esib turadigan, iflos chiqindilami o'ziga tortib to ‘ plamaydigan j oyga qurilishi lozim. Sanoat korxonalari loyihalarini tuzishning sanitariya me’yorlariga muvofiq korxonalar bilan aholi yashaydigan joylar orasida ma’lum masofa bo*lishi zarur. Masalan, chiqindilaming zaharli ta’siriga ko'ra I sinf korxonalari uchun mazkur masofa 1000 metrga, II sinf korxonalari uchun 500 metrga, Ш sinf korxonalar uchun 300 metrga, IV sinf uchun 100 va V sinf korxonalar uchun 50 metrga teng. Bunda o‘simliklaming chang, shovqinni ushlab qolishi, havoni kislorod bilan boyitishni nazarda tutib sanitariya-himoya hududlarini ko‘kalamzorlashtirish lozim. Atmosfera havosidagi zaharli gaz va bug(ni zararsizlantirish va ulami har xil moslamalar yordamida ushlab qolib va xalq xo'jaligida qollash yuzasidan 1974- yil 7- fevralda chiqqan «Gaz tozalagich va chang ushlagich moslamalari ishi ustidan davlat nazorati o'matish haqida nizom» asosida amaliy ishlar olib borilmoqda. Olimlarimiz katta ko‘chalar va aholi yashaydigan binolar orasida daraxtlarni uch va to‘rt qator, butalarni ikki qator qilib o‘tkazishni tavsiya qilmoqdalar. Shunda yoz oylarida atmosfera havosi 40-60%, qishda 10-15 % tozalanar ekan. Katta shaharlarda qurilgan halqa yo‘llar, yer osti tunellari va ravonyollar qurilishi atmosfera havosini muhofaza qilishda muhim ahamiyatga ega. Ma’lumki, elektr bilan yuradigan transport vositalari (tramvay, trolleybus, metro va boshqa elektr motorli dvigatellar) atmosfera havosini ifloslamasligi, kam shovqinliligi bilan qulay. Shu tufayli ham shahar ichida tezyurar tramvaylardan, trolleybuslardan foydalansa boladi. Hozir ba’zi shaharlarda avtomobillarga tetroetil qo'rg'oshin qo'shilgan benzin ishlatishga chek qo‘yilib gaz bilan ishlashga o‘tilgan. Respublikamizda YUNESKO ning «Inson va biosfera» dasturi bo'yicha O'zbekiston milliy qo'mitasi 1979- yildan beri faol ishlab turibdi. Yuqorida aytib o'tganimizdek, shaharlarda qozonxonalar, uylaming isitilishi, sanoat chiqindilari, avtotransport ishlab chiqaradigan, gazlar, qishloq xo'jaligida esa zaharli ximikatlar, mineral o'gitlar havo ifloslanishining eng ommaviv manbalari hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasining 1981 - yil qabul qilgan
Nazorat savollari:
Do'stlaringiz bilan baham: |