Uy- joy va jamoat binolari havosining gigienik xususiyatlari.
Mikroiqlimni yaxshilash vositalari
Zamonaviy odamlar turmush tarzi va ish sharoitiga qarab turar joy binolari va jamoat binolarida kunning 52 dan 85% gacha vaqtini sarflaydi.
Uy-joy va jamoat binolaridagi havoning kimyoviy tarkibi atmosfera havosi va o'ziga xos ifloslantiruvchi moddalar tarkibi bilan belgilanadi. Bu antropogen kelib chiqadigan ifloslantiruvchi moddalar, ya'ni inson faoliyati natijasida yuzaga keladigan gazsimon mahsulotlari, polimer qurilish va pardozlash materiallaridan havoga chiqadigan toksik moddalar, uy xo'jaligi jarayoni bilan bog'liq ifloslantiruvchi moddalardir.
Turar joy va jamoat binolarida havoning tozaligini baholash uchun karbonat angidrid miqdorini aniqlash orqali amalga oshiriladi. Ushbu birikma yopiq turdagi bino xonalarining havosida sezilarli darajada to'planishi sanitariya-gigienik muammolarni ko'rsatadi. Xona havosida karbonat angidridning ruxsat etilgan maksimal kontsentratsiyasi (REMK) 0,1% ga teng bo'lib, bu ko’rsatgich xona havosini tozaligini bildiradi. Biroq, hozirgi vaqtda bu ko'rsatkichning o’zi etarli emas, chunki polimerlar to'planishi tufayli kelib chiqadigan ifloslantiruvchi moddalar uglerod oksidining maqbul darajasiga ham sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Uy ichidagi havoning holatini baholash uchun, karbonat angidriddan tashqari, havodagi ammiak va ammoniy birikmalarini ham aniqlash kerak.
Bundan tashqari, havodagi polimerlardan kelib chiqadigan moddalarning tarkibini ham hisobga olish kerak, chunki polimerlardan ajralib chiqadigan mahsulotlar asosan insonlar uchun zaharli hisoblanadi.
Muassasalarda mikroiqlimni gigienik baholashda sub'ektiv va ob'ektiv baholash orqali amalga oshiriladi.
Subyektiv baholash bir guruhga mansub bo’lgan odamlar o'rtasida o'tkazilgan so'rov natijalariga asoslanadi. Issiqlikni sezshning 7 xususiyati mavjud – “juda sovuqdan” “juda issiq” gacha.
Ob'ektiv baholashda mikroiqlimning barcha fizik ko’rsatkichlarini asboblar yordamida tahlil qilib, olingan natijalarni binolar uchun belgilangan sanitar me’yorlar bilan taqqoslanadi.
Binolarning mikroiqlimini me’yorlashtirish. Mikroklimatning inson hayotidagi eng muhim ahamiyati - bu organizmning haroratini doimiy saqlab turishidir.
Aholining sog'lig'ini saqlashda va ish faoliyatini samaradorligini oshirishda mikroiqlim ko’rsatgichlarini me’yorlashtirish kerak.
Yilning qish davrida turar-joy binolarida optimal havo harorati 17-18 dan 21-22 °C gacha deb hisoblanadi.
Uy-joy binolarida havo harakatining o’rtacha tezligi 0,1-0,25 m/s tezlik sifatida qabul qilinadi. Havoning normal harakat tezligi tetiklashtiruvchi ta'sirga ega bo’lib, yuqori harakat tezligi esa nojo’ya ta’sir etib, salbiy hodisalarning keltirib chiqaradi.
Nisbiy namlik insonning faoliyatida nisbiy ahamiyatga ega. Quruq havoning nojo'ya ta'siri uning quruqligida bo’lib, haddan tashqari quruq havo nisbiy namlik kamayganda (20% dan kam) burun, tomoq va og'izning shilliq qavatini quritadi. Havoning namligining maqbul qiymati 40-60%, ruhsat etilgan qiymati 30-70% bo'lishi kerak.
Mikroiqlimni yaxshilash va havoning tozaligini saqlashda tabiiy ventilyatsiya orqali xonani shamollatish muhim ahamiyatga ega.
Uy-joy va jamoat binolarida mikroiqlimni yaxshilash uchun isitish moslamalari orqali qulay havo haroratini ta'minlash mumkin.
Qulay mikroiqlim sharoitlarini yaratish uchun markazlashtirilgan va mahalliy havoni isitish tizimlaridan foydalanilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |