Tayanch iboralar:
tibbiyot koʼrigi; katta tibbiyot koʼrigi; taomlar tayyorlash bilan bogʼliq boʼlmagan ishlar.
Nazorat savollari:
1. Xodimlar tibbiy koʼrigiga qoʼyiladigan talablar?
2. Xodimlarning tashqi koʼrinishiga qoʼyiladigan talablar?
3. Xodimlarning gigienasiga qanday talablar qoʼyiladi?
Mavzu: Mexnat sharoiti va rejimiga sanitariya talablari.
Inson uchun har kuni ovqatlanish qanday zarur boʼlsa, mehnat qilish ham uning shunday kundalik ehtiyojiga aylanishi kerak. Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq mehnatga qobiliyatli har bir fuqaro, millati, irqi, jinsi va qaysi dinga itoat qilishidan qatьiy nazar, mehnat qilish, erkin ish tanlash, haqqoniy mehnat sharoitlari asosida ishlash va qonunda belgilangan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga ega. Shaxsning mehnatga boʼlgan huquqlarini kafolatlash maqsadida respublikada mehnatga oid munosabatlarni tartibga soladigan meьyoriy hujjatlar majmui yaratilgan. Ularga koʼra har bir xodim xavfsizlik va gigiena talablariga javob beradigan sharoitlarda mehnat qilishi kerak. Oʼzbekiston Respublikasi mehnat kodeksining 211 – moddasiga koʼra, mulkning qaysi shakliga taalluqli boʼlishidan qatьiy nazar, barcha ishlab chiqarish korxonalarida xavfsizlik va gigiena talablariga javob beradigan mehnat sharoiti yaratilgan boʼlishi kerak. Bunday sharoitlar ovqatlanish korxonalarida ham barpo qilinishi zarur.
Ovqatlanish korxonalarida xodimlarning ishlashi uchun yaratilgan ish sharoitlari mehnat gigienasi talablariga toʼliq mos kelishi lozim. Аks holda, ishlab chiqarish korxonalariga xos ba’zi bir omillar va tashqi muhit xodimlar organizmlariga salbiy taʼsir koʼrsatishlari mumkin. Mehnat sharoitiga qoʼyiladigan gigiena talablari xodim kasbidan kelib chiqadigan turli xil zararliklarning oldini olishga, yaʼni mikroiqlimni yaratishga qaratilgan.
Kasb bilan bogʼliq zararliklar deganda xodimlarning sogʼligi va hayotiga salbiy taʼsir koʼrsatadigan ishlab chiqarish omillari tushuniladi. Kasbiy zararliklar, kelib chiqishiga qarab, ikki katta guruhga boʼlinadi. Birinchi guruhga mehnat jarayonining notoʼgʼri tashkil qilinishi sababli nerv sistemasining, sezish va harakat qiluvchi organlarning kuchli toliqishga hamda xodim tanasining noiloj bir xil holatda boʼlishiga olib keladigan omillar kiradi, ikkinchi guruhni esa tashqi muhitning salbiy oʼzgarishi bilan bogʼliq kasbiy zararliklar tashkil qiladi. Ularga mikroiqlim sharoitlari, magnit maydonlarining va atmosfera bosimining taʼsiri, shovqin – suronlar, tebranishlar, havoning zararli moddalar va mikroorganizmlar bilan ifloslanishi va hokazalar kiradi.
Korxonaning mikroiqlimi yoki metrologik sharoiti deganda xodimlar organizmining issiqlik holatini belgilaydigan ishlab chiqarishning fizikaviy omillari tushuniladi. Ularni ovqatlanish korxonalarida ishlab chiqarish sexlarining, ishlov berish yoki isteʼmolchilarga xizmat koʼrsatish xonalarining holati, havosining harorati, namligi, havo almashinuvi va boshqa fizik koʼrsatkichlar tashkil qiladi. Ish joylarining mikroiqlim sharoiti u yerda oʼtkaziladigan texnologik jarayonlar xossalariga va havo almashish tezligiga bogʼliq boʼladi. Umumiy ovqatlanish korxonalari turlarining har birida zararli kasbiy sharoitlar boʼlishi mumkin. Ular quyida koʼrib chiqilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |