Toshkent kimyo-texnologiya insituti shahrisabz filiali oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi va sanoat uzumchiligi fakulteti


Ovqatlanish korxonalarining sanitariya epidemiologik tekshiruvi



Download 4,82 Mb.
bet97/117
Sana07.03.2022
Hajmi4,82 Mb.
#485988
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   117
Bog'liq
УМИДА (2)

Ovqatlanish korxonalarining sanitariya epidemiologik tekshiruvi.
Ovqatlanish koxonalarida oʼtkaziladigan joriy sanitariya nazoratining asosiy vazifasi, bundan oldin taʼkidlanganidek, xodimlarning shaxsiy gigiena va ishlab chiqarish gigiena qoidalariga rioya qilishlari, ular tomonidan korxona hududi, sex va xonalariga qoʼyiladigan sanitariya talablarining bajarilishi ustidan sanitariya nazoratini oʼrnatish va amlga oshirish yoʼli bilan ovqatlanish korxonalarida oziq-ovqat mahsulotlaridan ommaviy yuqumli kasalliklarning va zaharlanishlarning oldini olish hamda mahsulotni ishlab chiqarishda amaldagi meʼyoriy hujjatlarda (taomnomalar, standartlar, texnik shartlar) koʼrsatilgan barcha asosiy va qoʼshimcha xom ashyo va mahsulotlardan toʼliq sifatli xom ashyolardan foydalanilayotganligini fizikakimyoviy, bakteriologik va organoleptik koʼrsatkichlari orqali baholash yordamida isteʼmolchilar sogʼligi va hayoti uchun xavfsiz, ular organizmining fiziologik talablarini qondiradigan sifatli kulinar va xamirli konditer va bulochka mahsulotlarini ishlab chiqarishni va realizatsiya qilishni taʼminlashga qaratilgan boʼlib, yil davomida oldindan tasdiqlangan reja boʼyicha oʼtkziladi. Sanitariya-epidemiologik tekshiruv esa yilda bir marta oʼtkaziladi va uning asosiy maqsadi korxona faoliyatini kelgusi yilda davom ettirish uchun ishlab chiqarilayotgan va realizatsiya qilinayotgan mahsulotlar assortimentiga sanitariyaepidemiologik xulosani tuzish maʼlumotlar olishdan iborat.
Sanitariya-epidemiologik tekshiruv ham joylardagi SES xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Tekshiruv natijasi korxona sanitariya holatini har tomonlama baholashga imkon beradi. Baholash bir necha guruh sanitariya-epidemiologik koʼrsatkichlar orqali amalga oshiriladi.



Ovqatlanish korxonalari sanitariya holatini baholash koʼrsatkichlarining guruhlari.
Chizma maʼlumotlaridan koʼrinib turibdiki, ovqatlanish korxonalarining sanitarik holati sanitariya-epidemiologik koʼrsatkichlarining besh guruhi orqali baholanadi: oziq-ovqat mahsulotlarini tashish, qabul qilish va saqlash; oziq-ovqat mahsulotlariga kulinar ishlov berish; tayyor taomlarni realizatsiya qilish va saqlash; sanitariya saranjomligi va korxonaning tozaligini taʼminlash; xodimlar shaxsiy gigienasi, sanitarik savodxonligi va sogʼligi.
Korxonaning sanitarik holati maksimum 100 ballda baholanadi. Baholashda tayyor taomlarni saqlash va realizatsiya qilish masalalariga oʼta katta ahamiyat beriladi.

Ovqatlanish korxonalarining sanitariya holatini baholash koʼrsatkichlari guruhlarining baholashdagi oʼrni.
Korxonada qoʼyilgan barcha sanitariya-gigiena talab va qoidalariga rioya qilingan boʼlsa, obʼektning sanitarik holati 100 ballga baholanadi. Sanitariya holati qoniqarli obʼetlarga 91-99 ball qoniqarsizlarga 81-90 ball, sanitarik holati eng qoniqarsizlarga 80 va undan keyin ball olgan korxonalar kiritiladi.
Sanitariya epidemiologiya tekshiruvi asosida kelgusi yilda faoliyatini davom etkazish uchun 91-100 ball olgan korxonalarga kulinar konditer va bulochka mahslotlarining assortimentiga tekshiruv oʼtkazgan sanitariya-epidemiologiya nazorati organlari tomonidan sanitariya-epidemiologik xulosa beriladi. Sanitariyaepidemiologik xulosa kelgusi yilda sanitariya nazorati organlari tomonidan ishlab chiqarish uchun ruxsat berilgan kulinar, xamirli konditer va bulochka mahsulotlarining assortimentidan iborat.
Korxonaning sanitariya holatiga, ishlab chiqargan mahsulotlarining sifatiga, ular assortimentining kengayishiga va qisqarishiga qarab sanitariya-epidemiologik xulosa har yili yangilanishi mumkin.
Odamlarning gavjum dam olish joylarida va koʼchalarda taomlarni tayyorlab realizatsiya qilish ham sanitariyaepidemiologik xulosa asosida amalga oshiriladi. Koʼrsatilgan joylarda taomlarni tayyorlash va realizatsiya qilish uchun pavilьon (doʼkon, ayvon) boʼlishi lozim. Ular suv va kanalizatsiya quvurlariga ulangan, yarim tayyor mahsulotlarni vaqtincha saqlash uchun sovutish jihozlari bilan jihozlangan, inventar, tara va idishlarni yuvish hamda xodimlar tomonidan shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilishi uchun sharoitlari mavjud boʼlishi shart. Bundan tashqari yarim tayyor mahsulot statsionar bino sexlarida tayyorlanib, keltirilishi lozim. Xuddi shuningdek, goʼsht mahsulotlaridan, parranda va baliq goʼshtlaridan yuqori epidemiologik riska (xavfga) ega boʼlgan muloyimxunuk, pashtet va sardakli tamlarni, qiymalangan goʼshtli va oʼpka-jigarli blinchiklar, pirojkalarni va shunga oʼxshagan mahsulotlarni tayyorlash va realizatsiya qilish ham joylardagi sanitariya-epidemiologiya xizmatlari xulosasi asosida amalga oshiriladi.
Ovqatlanish korxonalarida yarim tayyor mahsulotlarni, dudlangan goʼsht mahsulotlarini, tovuq va oʼrdak goʼshtlarini, tuzlangan va dudlangan baliq mahsulotlarini, germetik yopiladigan idishlarda tuzlangan sabzavotlarni, kvas va non mahsulotlarini ishlab chiqarish va realizatsiya qilishga ham sanitariya-epidemiologiya xulosasi boʼlishi kerak.

Download 4,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish