120
Ayniqsa, Xususiy bandlik agentliklari tomonidan tuziladigan
xizmatlar koʻrsatish to‘g‘risidagi shartnomada xizmatlar ko‘rsatish
quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
xizmatlarning mazmuni;
xizmatlar koʻrsatish muddatlari;
xizmatlar koʻrsatilganligi uchun haq to‘lash miqdori va shartlari;
shartnoma taraflarining huquq va majburiyatlari;
shartnoma majburiyatlarini bajarmaganlik
yoki lozim darajada
bajarmaganlik uchun taraflarning javobgarligi;
shartnomani bekor qilish tartibi va shartlari;
shartnoma majburiyatlari bajarilmaganda yoki lozim darajada
bajarilmaganda pul mablag‘larini qaytarish tartibi;
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan
shaxslarni ishga joylashtirish boʻyicha xizmatlar koʻrsatilgan
taqdirda
xususiy bandlik agentligida litsenziya mavjudligi to‘g‘risidagi
maʼlumotlar, litsenziyaning tartib (roʻyxatdan o‘tkazish) raqami va
berilgan sanasi koʻrsatilgan holda.
Oʻzbekiston
Respublikasining
“Ish
beruvchining
fuqаrolik
jаvobgаrligini mаjburiy sug‘urtа qilish toʻgʻrisidа”gi qonuniga koʻra esa
ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta
qilishni
amalga oshirish shartlari va tartibi,
ish beruvchining fuqarolik
javobgarligini majburiy sug‘urta qilish boʻyicha sug‘urta hodisasi yuz
berganda sug‘urta tovonini to‘lash, ish beruvchining fuqarolik
javobgarligini majburiy sug‘urta qilish subyektlarining huquq va
majburiyatlari” orqali ham mehnat bozori ishtirokchilari huquqlari
kafolatlangan.
Xususiy korxona (ish beruvchi) va xususiy korxonaning xodimi
o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar mehnat to‘g‘risidagi
qonun hujjatlariga
muvofiq mehnat shartnomasi (kontrakt) bilan tartibga solinadi
(
Oʻzbekiston Respublikasining “Xususiy korxona to‘g‘risida”gi 2003-yil
11-dekabrdagi 558-II son qonunining 18-moddasi
)
Shubhasiz, tadbirkorlik subyektlarining mehnat-huquqiy normalariga
rioya etishi ularning faoliyatini oqilona va samarali tashkil etishning
muhim kafolati hisoblanadi.
Oilaviy korxona ishtirokchilarining shaxsiy mehnatini amalga oshirish
shartlari ular o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra belgilanadi. Oilaviy korxona (ish
beruvchi) va oilaviy korxonaning yollanma xodimi o‘rtasidagi
mehnatga
oid munosabatlar mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq mehnat
shartnomasi
(kontrakt)
bilan
tartibga
solinadi.
(
Oʻzbekiston
Respublikasining
“Oilaviy
tadbirkorlik
to‘g‘risida”gi
2012-yil
26-apreldagi 327-son qonunining 20-moddasi
)
121
Dehqon xo‘jaligining faoliyati xo‘jalik a’zolarining shaxsiy mehnatiga
asoslanadi. Dehqon xo‘jaligidagi muayyan ishni bajarishga boshqa
shaxslar mehnat shartnomasi asosida vaqtincha jalb etilishi mumkin.
Dehqon xo‘jaligining a’zolari dehqon xo‘jaligi tomonidan
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari
Pensiya jamg‘armasiga ixtiyoriy ravishda badallar to‘langan taqdirda
davlat ijtimoiy sug‘urtasidan o‘tkazilishi lozim. Dehqon xo‘jaligida
ishlangan vaqt davlat ijtimoiy sug‘urtasi boʻyicha badallar to‘langanligini
tasdiqlovchi hujjatlar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar)
bo‘limida mehnat daftarchasini belgilangan tartibda rasmiylashtirgan holda
mehnat stajiga qo‘shiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasining “Dehqon
xo‘jaligi to‘g‘risida”gi 1998-–yil 30-–apreldagi 604-I son qonuni
20-moddasi).
Fermer xo‘jaligi (ish beruvchi) va uning xodimlari o‘rtasidagi
mehnatga oid munosabatlar qonun hujjatlariga muvofiq mehnat
shartnomasi (kontrakti) bilan tartibga solinadi. Fermer xo‘jaligidagi ish
tartibi xo‘jalik boshlig‘i tomonidan
qonun hujjatlariga muvofiq
belgilanadi. Fermer xo‘jaligi xodimlarining mehnat faoliyati hisobini olib
borish xo‘jalik boshlig‘i tomonidan tashkil etiladi. Fermer xo‘jaligi
xodimlarining mehnatiga haq to‘lash taraflarning kelishuviga ko‘ra pul
hamda natura tarzida, qonun hujjatlarida mehnatga haq to‘lash yagona tarif
setkasining birinchi razryadi boʻyicha belgilangan miqdordan oz
bo‘lmagan miqdorda belgilanadi
(Oʻzbekiston Respublikasining “Fermer
xo‘jaligi to‘g‘risida”gi 2004-yil 36-avgustdagi 662-II son qonunining
23-moddasi).
Do'stlaringiz bilan baham: