Toshkent davlat yuridik universiteti


 Tadbirkorlik subyektlarining mol-mulki obyektlari va ularning



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/194
Sana19.03.2022
Hajmi3,59 Mb.
#500968
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   194
Bog'liq
Бизнес ҳуқуқи дарслик 2020

4.3. Tadbirkorlik subyektlarining mol-mulki obyektlari va ularning 
mazmuni 
O‘zR FKning 85-moddasiga ko‘ra butun korxona mulkiy kompleks 
sifatida ko‘chmas mulk hisoblanadi. Butun korxona yoki uning qismi 
olish-sotish, garovga qo‘yish, ijara hamda ashyoviy huquqlarni belgilash, 
o‘zgartirish va bekor qilish bilan bog‘liq boshqa bitimlarning obyekti 
bo‘lishi mumkin. 
Mulkiy kompleks bo‘lgan korxona tarkibiga uning faoliyati uchun 
mo‘ljallangan hamma mulk turlari, shu jumladan yer uchastkalari, binolar, 
inshootlar, uskuna, inventar, xomashyo, mahsulot, talab qilish huquqi, 
qarzlar, shuningdek, korxonani, uning mahsuloti, ishlari va xizmatlarini aks 
ettiruvchi xususiy alomatlarga (firma nomi, tovar belgilari, xizmat 
ko‘rsatish belgilari) bo‘lgan huquqlar va boshqa mutlaq huquqlar agar 
qonun yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, kiradi. 
Asosiy va mansub ashyolar.
Foydalanish tufayli vujudga keladigan 
munosabatlarning mohiyati bilan boshqa ashyo (mansub ashyo)ga bog‘liq 
mustaqil ashyo asosiy ashyo hisoblanadi. 
Asosiy ashyoga xizmat qilishi kerak bo‘lgan va u bilan umumiy 
xo‘jalik vazifasi orqali bog‘liq ashyo mansub ashyo hisoblanadi. 
Mansub ashyo, agar qonunlar yoki shartnomada boshqacha tartib 
belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, asosiy ashyoning taqdiriga bog‘liq bo‘ladi. 
Murakkab ashyolar agar turli xil ashyolar birikmaning mohiyati bilan 
belgilanadigan vazifasi boʻyicha foydalanish imkonini beradigan yaxlit bir 
butunni tashkil etsa, ular bitta ashyo (murakkab ashyo) hisoblanadi. 


116 
Hosil va daromadlarga bo‘lgan huquq ashyodan keladigan hosil va 
daromadlar, agar qonun yoki shartnomada boshqacha tartib belgilab 
qo‘yilgan bo‘lmasa, ashyo egasiga tegishli. 
Pul mablag‘lari ham tadbirkorlik faoliyatida, obyekt sifatida muhim 
ahamiyatga egadir. Ayniqsa, to‘lovlarni amalga oshirish jarayonida pul 
mablag‘lari asosiy vosita hisoblanadi. To‘lovlar naqd pul bilan va naqd 
pulsiz hisob-kitoblar tarzida amalga oshiriladi. 
Hisob-kitoblarni chet el valyutasida amalga oshirish hollari, tartibi va 
shartlari qonun hujjatlari bilan belgilab qo‘yiladi. 
“Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining 
kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunning 24-moddasiga koʻra davlat mulkini 
xususiylashtirish jarayonida vujudga kelgan xususiy mulk daxlsizdir. 
Xususiylashtirish natijalari qayta ko‘rib chiqilmaydi va bekor qilinmaydi. 
Qimmatli qog‘ozlar mulkiy huquqlarni belgilangan shaklga va 
majburiy rekvizitlarga amal qilgan holda tasdiqlovchi hujjatlar qimmatli 
qog‘ozlar hisoblanib, ularni taqdim etgan taqdirdagina mazkur huquqlarni 
amalga oshirish yoki boshqa shaxslarga berish mumkin bo‘ladi. 
Qimmatli qog‘ozlar boshqa shaxsga berilishi bilan ular tomonidan 
tasdiqlanadigan hamma huquqlar ham o‘sha shaxsga o‘tadi. 
Qimmatli qog‘ozlar jumlasiga quyidagilar kiradi: obligatsiya, veksel, 
chek, depozit va jamg‘arma sertifikatlari, konosament, aksiya hamda 
qonun hujjatlari bilan qimmatli qog‘ozlar jumlasiga kiritilgan boshqa 
hujjatlar kiradi. Mutlaq huquq obyekti bo‘lgan intellektual faoliyat 
natijalari va o‘ziga xos vositalaridan uchinchi shaxslar huquq egasining 
ruxsati bilangina foydalanishlari mumkin.
Xulosa qilib aytganda, tadbirkorlik subyektlari faoliyatining mulkiy 
asoslari ularning huquqlarini amalga oshirishning muhim kafolat boʻlib 
xizmat qiladi. 

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish